Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


Rim imperiyasining g‘arbiy va sharqiy imperiyalarga


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109
Rim imperiyasining g‘arbiy va sharqiy imperiyalarga 
boiinishi, 
uning 
sabablari. 
Milodiy 
312-yilda 
Konstantin 
imperiyaning 
g'arbiy 
qismida 
boshqaruvni 
q o ig a
oladi 
va 
Diokletianning ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini davom ettiradi.
278


Milodiy 324-yilga kelib Konstantin Sharqda ham boshqaruvni qo‘lga 
oladi va shu tariqa yagona hukmdor degan tushunchani qayta tiklaydi.
Konstantin uzoqni ko‘ra oladigan aqlli siyosatchi edi. U 200 
yildan beri ta ’qib etilayotgan xristianlik dinining kuch-qudrati davlat 
hokimiyatini mustahkamlashda muhim o ‘rin egallashini anglab etdi. 
Shu sababli, u 313-yil o ‘zining Milan edikti bilan xristianlik dinini 
boshqa dinlarga tenglashtirdi. Shu lahzadan boshlab xristian cherkovi 
imperator hokimiyatining ittifoqchisi va himoyachisiga aylandi.
Milodiy 330-yilga kelib imperiya uchun katta ahamiyatga ega 
bo‘lgan qadamni q o ‘ydi. U poytaxtni hozirgi Turkiyadagi yunon 
koloniyasi bo‘lgan Vizantiya shahriga ko‘chiradi. Yangi poytaxt 
Bosfor bo‘g ‘ozida G ‘arb va Sharq o‘rtasidagi savdo va mudofaa 
uchun qulay bo ‘lgan strategik muhim nuqtada joylashgan edi.
Uning poytaxti Vizantiya bilan birga imperiyadagi qudrat markazi 
Rimdan sharqqa ko‘chadi. Tez orada yangi poytaxt Rimdagi kabi yirik 
himoyalangan devorlar va imperiya binolari bilan to id irilad i. Oxir- 
oqibatda poytaxt yangi - Konstantinopol yoki Konstantin shahri degan 
nom oldi. Shaharga rasmiy ravishda nom 330 -yil 11-mayda berildi.
Shu tariqa Rim o ‘zining qadimgi o ‘tmishi, majusiy xudolari va 
sobiq imperatorlari shahri bo‘lib qoldi. Konstantinopol yangi davrga 
asos soldi. Keng miqyosli qurilishlar boshlandi: bor y o ‘g ‘i olti yil 
davomida devorlar, forumlar, ippodrom va hattoki imperatorlik saroyi, 
shuningdek, faqat xristian senatorlar uchun m o‘ljallangan yangi senat 
binosi qad ko‘tardi. Bundan tashqari shahar Konstantin maqbarasi 
bilan ham faxrlanishi mumkin edi. Xristian cherkovlari haqida 
to'xtalganda ko‘pchilik Avliyo Sofiya ibodatxonasining prototipi 
aynan Konstantin davrida qurilgan deb taxmin qilishadi. Biroq, 
Evseviyning guvohliklariga qaramasdan, Konstantin nomini olgan 
shahar faqat xristianlardan iborat boim agan. Imperator shahrini butun 
dunyodan olib kelingan xazinalar bilan to ‘ldirib, yangi imperiyaning 
ulkan ko'rgazm a zaliga aylantiradi. Shuni ta’kidlash joizki, u 
poytaxtni Konstantinopolga ko'chirm adi, uni Rimda qoldirdi. Abadiy 
shaharda senatorlar davlat boshqaruvida ishtirok etishda davom 
etdilar. 
Konstantinopol 
Trir 
va 
Milan 
shahridagi 
imperiya 
markazlaridan biri hisoblanardi. Yagona farqi hukmdor unga 
bog‘langanligida edi. Konstantin o‘zining boshqaruvining so‘nggi 
yetti yilining asosiy qismini shu shaharda o ‘tkazadi.
279


Dominat boshqaruv idoralari Konstantin taxt tepasida bo‘lgan 
davrda tugallangan. Imperiyaning butun territoriyasida yagona 
m a’muriy taqsimot vujudga keldi. Fuqarolik hokimiyati harbiy 
hokimiyatdan ajratilib, hokimiyatni zo‘rlik y o ii bilan tortib olish 
imkoniyatiga barham berildi.
Milodiy 325 - 326 -yillarda shahar aholisi kuriallar istiqomat 
qilib turgan joyga biriktirilgan. Milodiy 332 -yilida kolonlar uchun 
yangi farmon chiqariladi. Farmonga ko‘ra kolonlar o ‘z yerini tashlab 
ketmasligi, shahar hunarmandlari esa qo‘shin va m a’muriyatni 
mahsulot bilan ta’minlab turishga majbur bo‘lgan. Rim 
va 
Konstantinopolga g ‘alla va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib 
berish savdogarlar zimmasiga yuklangan. Shahar kuriallari jam oat 
binolarini ta ’mirlash va soliq to‘lamaganlaming qarzini to ‘lashga 
majbur etilgan.
Harbiy 
islohot 
zodagonlaming 
hukmronlik 
mavqeini 
mustahkamlagan. Ular davlat ixtiyoridagi yerlami emfitevs sifatida 
yoki yengil shartlar bilan sotib olib, yer-mulklarini kengaytirganlar. 
Shuningdek, xristian cherkovi katta yer egasi b o iib olgan. U barcha 
soliqlardan ozod etilgan.
Konstantin 237-yil 22-mayda vafot etadi. U birinchi imperator 
Avgustdan boshlab barcha imperatorlardan ko‘ra ko‘proq hokimiyat 
tepasida turadi. Vafotidan biroz oldin u e ’tiqodining ramzi sifatida 
suvda cho‘qintiriladi. Bundan keyin u qizil imperatorlik togasini 
umuman kiymadi va xristian an’analarida qabul qilingan oq kiyimni 
kiyadi. Uni dafn qilish marosimida 13 yil avval Linitsiyni bosib 
olinishida ozod qilingan va unga ko‘pincha hamrohlik qilgan 
Nikomediya yepiskopi qatnashadi.
Konstantin o iim id an so ‘ng uchta o ‘g ‘il qoldirdi. Ular o ‘zaro 
hokimiyatni b o iib olishga kelishib olishdi, lekin bunga qanoat 
qilmasdan bir-biriga dushmanlik qilib, o id irish uchun harakat qila 
boshladilar. Shu tariqa Konstantin butun umr yaxshilashga harakat 
qilgan Rim imperiyasi yana yemirila boshlaydi. 50 yil o ‘tib ular 
imperiyani yana jarlikka yetaklaydilar. 364-yilda Valentinian I yangi 
sulolaga asos soladi. Uning davrida mamlakat yana g‘arbiy va sharqiy 
imperiyalarga b o iib idora qilinadi. G 'arbda Valentinian I (364-375- 
yy), sharqda esa Valent (364-378-yy) imperator deb e io n qilinadi. 
Aka-ukalar oldida qiyin vazifalar turar edi. A w algi imperatorlar 
tomonidan boshlangan islohotlar imperiyani qiyin ahvolga solib
280


qo‘ygan edi. Undan tashqari mamlakatda diniy nizolar avj oladi. 
Imperiyadagi ichki tartibsiziiklardan foydalangan Dunayning chap 
qirg‘og‘ida yashovchi varvarlar, birinchi navbatda vestgotlar Bolqon 
provinsiyalariga talonchilik yurishlarini uyushtiradilar. Undan tashqari 
365- yilda Prokopiy qo‘zg‘oloni ko'tariladi. Shu tariqa markaziy 
hokimiyat kuchsizlanib, chegarada varvarlaming asosiy kuchlari 
to‘plana boshlaydi. IV asm ing 60-70-yillarida eng o ‘tkir muammo 
gotlar masalasi b o iib qoladi. Xunnlar va alanlar tomonidan o‘z 
yerlaridan siqib chiqarilgan 200 mingga yaqin vestgotlar imperiya 
chegaralaridagi qishloqlarga kelib o ‘m ashishga ruxsat so‘raydilar. 
Buning evaziga ular Rim qo‘shinlarida xizmat qilib berishlari kerak 
edi. 376-yilda vestgotlar Frakiyaga kelib o ‘mashadilar. Biroq, yuzaga 
kelgan oziq-ovqat muammosi, rim amaldorlarining ochko‘zligi 
vestgotlami Rim hokimiyatiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarishiga olib 
keladi. Vaziyat murakkablashganidan tashvishga tushgan Valent 
g‘arbdan hukmdor Gratsianni yordamga chaqiradi. 378-yil 9-avgustda 
Frakiyadagi Adrianopol shahri yonida vesgotlar Rim qo‘shinlariga 
kuchli zarba berdi. Imperator Valent jang maydonida qattiq yaralanib 
halok b o id i. Jangda qo‘mondon bilan birga 35 ta tribun va 13 mingga 
yaqin askarlar halok b o iad i. Adrianopoldagi jan g rimliklaming o‘zga 
yerliklardan, jumladan, Gannibaldan keyingi eng og‘ir m agiubiyati 
b o iad i.
Imperiyaning g‘arbiy yarmi taqdiridan tashvishga tushgan 
imperator Gratsian o ‘zining qo‘shinlarini g‘arbga olib chiqib ketadi. 
Dahshatli gotlar bilan kurashish uchun o ‘zining eng yaxshi 
qo‘mondonlardan biri Feodosiyni Sharqqa imperator etib tayinlaydi.
Yangi imperator Rim armiyasini mustahkamlash uchun bir 
qancha chora-tadbirlami ko‘radi. Katta tanlov e io n qilinib, barcha 
jangga yaroqli erkaklar askarlikka olinadi. Shu bilan birga Feodosiy 
gotlar aslzodalami boshini aylantirib, ulami kelajakda imperiyaning 
hukmron tabaqasi safiga kiritish kabi va’dalami berib, o ‘z tarafiga 
og‘dirishni boshlaydi. Feodosiy shu va yana boshqa va’dalami berib, 
ular bilan 382 -yil 3 -oktyabrda tinchlik shartnomasini imzolashga 
muvaffaq b o iad i va gotlar imperiyaning federatlari sifatida tan 
olinadi. Y a’ni, ular imperiya fuqarolari hisoblanmay, Rimning 
mustaqil ittifoqchilari sanalgan. Ular aw aliga Meziya va Frakiyaga, 
so‘ngra Illiriya viloyatiga joylashtiriladi.
281


Shu bilan Konstantinopolni bosib olinishidan saqlab qoldi. 
Feodosiy 394-yil tarixda so‘nggi marta imperiyaning har ikkala 
qismini ham bir qo‘lga to ‘pladi. U o ‘limi oldidan 395-yil boshida 
yangi sulolaga asos solishga qaror qildi. Uning ikki o‘g ‘illari Arkadiy 
va Gonoriy Sharqiy va G ‘arbiy Rim imperiyalari hukmdorlariga 
aylanadi. 0 ‘sha vaqtda Arkadiy 17 yoshda, Gonoriy 10 yoshda 
bo‘lishiga qaramasdan qaror qabul qilindi.

Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling