Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
Imperiyaning boshlanishi. Sezaming o iim id an so ‘ng qaytadan
fuqarolar urushi boshlandi va Rim Respublikasi qoldirgan barcha narsalar vayron b o id i. Sezar vafotidan keyin uning dushmanlari Rimda va viloyatlarda respublikani qayta tiklash uchun kurash boshlaganlar. Rim aholisining ko‘pchiligi fitnachilami q o ilab - quw atlam agan. Aksincha, ulam ing Rimdan ko‘chib ketishini talab qilganlar. Rim senatida ikki oqim paydo b o ig an . Biri Sitseron boshliq respublikachilar b o isa , ikkinchisi Sezaming sobiq yordamchisi Antoniy boshliq sezarchilar oqimi edi. Mil. a w . 50-40-yillarda bu ikki 251 oqim tarafdorlari o ‘rtasida qattiq kurash davom etgan. Bu esa mamlakatda fuqarolar urushining avj olishiga sabab b o ig an . Sezaming uchta tarafdori fitnachilami yo‘qotish uchun birlashishdi. Sezaming 18 yoshli jiyani va asrandi o ‘g i i Oktavian tajribali lashkarboshi M ark Antoniy va kuchli siyosatchi Lepid bilan birlashdi. Mil. a w . 43- yilda ular Rimni egallashdi va keyingi o ‘n yil davomida Ikkinchi tirumvirat sifatida boshqarishdi. 4. II triumvirat. Respublikaning qulashi. Ittifoqchilar respublikachilarga qarshi kurashib, Sezaming qotillariga berilgan avfni bekor qilganlar. Mil. a w . 40-yillar oxirida Italiyada respublikachilar va sezarchilar o ‘rtasidagi kurash kuchayib ketgan. Rim, Italiya va uning g‘arbiy viloyatlarida hokimiyat sezarchilar q o iig a o‘tgan b o isa , qolgan viloyatlarda respublikachilar ustunlikka ega edilar. M amlakat esa fuqarolar urushi girdobiga tortilgan. Pompeyning o ‘g ‘li Sekot Pompey esa Sitsiliya, Sardiniya va Korsika orollarini bosib olgan. Uning floti Italiya qirg‘oqlaridagi shaharlami qamal qilib, Rimga oziq-ovqat keltirilishiga to‘sqinlik qilgan. Mil. a w . 42 -yilda Makedoniya, Yunoniston, Kichik Osiyo va Suriya yerlarini bosib olgan Brut va Kassiylar sharq tomondan Rimga jiddiy xavf solganlar. Umumiy dushmanga qarshi kurashish uchun Oktavian Antoniy bilan yarashib oladi. Shu yili Oktavian va Antoniy qo‘shinlari dushman ustiga bostirib borib, Filipp shahri yaqinida b o ig a n jangda ulami tor-mor qilganlar. Kassiy o ‘z chodirida oidirilgan. Brut esa dushmanlariga asir tushishni xohlamay, o ‘zini qilich tig ig a tashlab halok b o ig an . Filipp shahri yonidagi jangda respublikachilar qo‘shini tor-mor etilgach, Rim saltanatining yerlari uch qismga taqsimlangan. Antoniy 0 ‘rtayer dengizining sharqiy sohillaridagi boy va madaniy o ik ala m i olgan. Galliya, Illiriya va Ispaniya Oktavianga topshirilgan. Emiliy Lepidga esa Shimoliy Afrika taqdim etilgan. Italiya uchalasining boshqaruvida b o is a ham, u yerda asosan Oktavian hukmronlik qilgan. Uchlar ittifoqi uzoqqa cho‘zilmagan. Toj-taxt ulami bir-biriga qarshi qilib qo'ygan. Antoniy 0 ‘rtayer dengizining sharqida katta bir davlat tuzishni ko‘zda tutib, Parfiya va Midiya ustiga yurish qilgan. Ammo jiddiy g‘alabaga erisha olmagan. U Misr malikasi Kleopatra bilan ittifoq tuzib, Rimga qarshi kurashga tayyorgarlik ko‘rgan, hatto u Misr malikasi Kleopatraga uylangan. Antoniyning bu hatti-harakati 252 Oktavianga yoqmagan. Oktavian Kleopatra va Antoniyga qarshi urush e’lon qilgan. Har ikki tomon urushga tayyorlanganlar. Antoniy o‘z flotini Yunonistonning g‘arbidagi Aksiya burni yoniga olib kelib, dengiz jangiga shay b o iib turgan. Oktavian floti va qo‘shinlari ham shu yerga yetib keladi. Mil. a w . 31 -yilda Aksiya bumi yonida shiddatli dengiz jangi bo‘lib o ‘tgan. Dengiz jangida Oktavian floti porloq g ‘alabaga erishgan. Kleopatra bilan Antoniyning floti va qo‘shinlari Iskandariyaga chekinishga majbur bo‘lgan. Mil. a w . 31-30-yillarda Oktavian qo‘shinlari qishni Italiyada o‘tkazganlar. Mil. a w . 30-yili Rim qo'shinlari qarshilikka uchramay, Suriyani ishg‘ol qilib, Falastinga bostirib kirganlar. Shundan keyin Rim qo‘shinlari Misrga qarab yurganlar. Antoniy ulam ing bu harakatini qaytarmoqchi bo‘lgan. Ammo rimliklar istehkomlami yorib o‘tib, M isrga intilganlar. Shu vaqtda kimdir Antoniyga: Kleopatra o ‘zini o ‘zi o id ird i, degan xabami yetkazgan. Antoniy o‘zini qilich tig ‘iga tashlab, og ‘ir jarohatlangan. Jarohatlangan Antoniy o ‘zini Kleopatra yoniga olib borishni buyurgan. Ammo malika o im agan edi. Bu yerda Antoniy o ‘lgan. Kleopatra Rimga zanjirband holda borishdan o‘limni afzal ko‘rib, o‘zini o‘zi o idirgan. Shundan keyin M isr ham Rim viloyatiga aylantirilgan. Shu bilan Rim saltanatidagi fuqarolar urushi ham nihoyasiga etgan. Shu vaqtdan boshlab Oktavian g'oyat katta Rim saltanatining tanho hukmdoriga aylandi. Oktavian Mismi istilo qilgach, mil. a w . 29-yilda Rimga qaytib kelgan va zafar bayramini o‘tkazgan. Mil. a w . 27-yilda senat yig‘ilishida imperator unvonini olgan. Rim davlatida mil. a w . 27-yil Prinsipiat tartibini o ‘m atgan vaqtidir. Prinseps - “birinchi kishi” demakdir. U mamlakatni viloyatlarga b o iib , u yerlarga o ‘ziga sodiq b o ig a n kishilardan noiblar tayinlagan. Shuningdek, senatni saqlagan holda davlat ishlarini o‘z q o iid a tutib turgan. Oktavian Avgust ichki siyosatda davlatni qayta yangilash y o iid a n bordi hamda o‘z siyosiy faoliyatini boshlanishida xalqning suverinitetini himoya qildi, lekin davlatda yagona monarx edi. Avgust senatorlar tarkibini 600 taga kamaytiradi, natijada senat tarkibida 2 ta senatorlar tabaqasi qoldi. Senatorlarga mulki senzi qilib 1 million sester o ‘matildi va senatorlaming otasi yoki bobosi senator b o iish i shart etib belgilandi. Qolgan fuqarolar mulki senziga ega b o is a ham boshqa tabaqadan boiganligi sabab, senatdan chiqarildi. 253 Oxirgi mulk senzi 4000 sesterga tushirilgan edi. Beboniklar va senatorlaming bolalari birinchi magistr darajasigacha ko‘tarilgan. Oktavian Rim va Italiya shaharlarining aholisiga ko‘p homiyliklar qilgan. Italiyaning Rimdan boshqa shaharlardagi aslzoda kishilarga ham Rim fuqarolik huquqi berilgan. Oktavian Avgust mamlakat hayotining nafaqat siyosiy, balki ijtimoiy- iqtisodiy jabhalarga ham alohida e ’tibor qaratgan. Oktavian davlati quldorlik saltanati edi. U o ‘z faoliyati davomida ko‘proq quldorlar manfaatini ko‘zlab ish yuritgan. Shuning uchun qullami asoratda saqlash va ular ustidan nazorat o ‘rnatishni kuchaytirgan. U tasodifan qul qilingan kishilami ozod qilishga senat qarorini chiqartirgan. Oktavian Rim va Italiya shaharlarining aholisiga ko‘p homiyliklar qilgan. Shu davrdan boshlab butun Apennin yarim oroli Italiya deb atala boshlagan. Italiyaning Rimdan boshqa shaharlaridagi aslzoda kishilarga ham Rim fuqaroligi huquqi berilgan. Oktavian davrida qurilish, diniy va madaniy ishlarga ham alohida e ’tibor berilgan. Rimda 82 ta ibodatxona qurilgan va tiklangan. Oktavian o‘zining tashqi siyosatida Rim saltanati va zamonasining aslzodalari manfaatlarini ko'zlab ish yuritgan. U Italiyaning shimoli-sharqiy tomonidagi Italiya va Dunay daryosining boshlarida yashovchi qabilalami o‘ziga itoat ettirgan. Bu davrda Rim saltanatining yerlari Ispaniyadan Suriya va Misrgacha bo‘lgan maydonlami egallagan. Ammo joylardagi qabilalar Rimga qarshi ko‘p marta qo‘zg‘olonlar ko‘tarishgan. Biroq, bu harakatlar qattiqqo‘llik bilan bostirilgan. Oktavian qo‘shinlari mil. a w . 36-yilda Sekst Pompeyning Sitsiliya, Sardiniya va Korsikadagi orol davlatini tor-mor keltirgan. Oktavian hukmronligining oxirlariga kelib, Rim davlati asta-sekin zaiflashadi. Shimoldan german qabilalarining hujumi boshlangan. Endilikda Rimning istilochilik urushlariga qurbi etmay qolgan. U o‘zini-o‘zi arang mudofaa qilib turgan. Milodiy 14-yilda Oktavian Rim shahri yaqinidagi Nole shaharchasida vafot etgan. Imperator vafotidan so’ng saltanatdagi ahvol yanada og‘irlashib ketgan. Koloniya va viloyatlarda katta-katta qo‘zg‘olonlar boshlangan. Imperatorlikka da’vogar kishilar ko‘payib, ular o‘rtasida qonli kurash boshlangan. 254 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling