Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Glossariy Italiklar
- Mavzu: Rim respublikasi inqirozi va Ilk imperiya davri Reja
- Rim respublikasining tushkunligi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1.Puni urushlarining boshlanishiga olib kelgan asosiy omillar nimalardan iborat? 2. Puni urushidan so‘ng 0 ‘rtayer dengizi havzasidagi vaziyatga qanday ta’sir qilgan? 3.Rimdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat og‘irlashuviga nimalar sabab boMgan? 4. Rim va Karfagenning 0 ‘rtayer dengizi havzasidagi hukmronlik qilish maqsadida olib borgan kurashi va uning oqibatlari. 5. Karfagen davlati vujudga kelishi va uning ilk rivoji. 6. Karfagen - Rim munosabatlari, Puni urushlarining qisqacha mohiyati, 7. Rim-Karfagen urushlarining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy oqibatlari. 240 Glossariy Italiklar- Apenin yarimorolida istiqomat qilgan qadimiy qabilalar Puni-Rim liklar karfagenni shu nom bilan ataganlar Sam nit-Rim ning qadimgi aholisi, Janubiy Italiyada yashagan aholi. Strateg- strategiyani yaxshi biladigan mohir lashkarboshi Qarzdorlik qulligi- qarzni vaqtida qaytarmagan erkin fuqarolarning qullarga aylantirish jarayoni Mavzu: Rim respublikasi inqirozi va Ilk imperiya davri Reja: 1. Rim respublikasining tushkunligi. 2. Sulla diktaturasining o‘matilishi. Spartak boshchiligidagi qullar qo‘zg‘oloni. 3. Pompeyning Sharq Yurishlari. I triumvirat. 4. II triumvirat. Respublikaning qulashi. 5. Yuliy Sezar diktaturasi. 6. Ilk Rim imperiyasi. Oktavian Avgust hukmronligi. 7. Milodiy I asrda Rim imperiyasida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar. Rim respublikasining tushkunligi. Rim respublikasi o ‘z hududini kengaytirib borgan sari boshqaruvning respublika shakli shuncha beqaror bo‘lib boraverdi. Oxir-oqibatda respublika shakli o ‘z o ‘m ini Rimda diktatorlar tomonidan boshqariladigan qudratli imperiyalarga bo‘shatib berdi. Boylik va Rim chegaralarining kengayishi ko‘plab muammolami keltirib chiqardi. Eng jiddiy norozilik jamiyatning quyi tabaqalari orasida o ‘sib bordi va harbiy buyurtmalarda ham pasayish boshlandi. Bu muammolar respublikani larzaga kelishiga va yangi siyosiy tuzumni vujudga kelishiga olib keldi. Rim rivoj langani sari boylar va kambag‘allar orasidagi farq yana ham kengayib bordi. Rimning ko‘plab yirik yer egalari farovon sharoitlarda yashashardi. Turli xil urushlar davomida egallangan xalqiarga mansub bo‘lgan minglab kishilar shunday sharoitlarda 241 ishlashga majbur bo‘lganlar. Mil. a w . 100-yilga kelib qulga aylantirilgan fuqarolar Rim aholisining 1/3 qismini tashkil qilar edi. Mayda dehqonlar qullar mehnatidan foydalanadigan katta imkoniyatga ega b o ‘lgan kishilar bilan raqobatlashishga majbur bo‘lardilar. Ulaming katta qismi o‘z yerlarini boy yer egalariga sotdilar va uysiz, ishsizga aylanadilar. Katta qismi qishloq joylarda qolganlar va mavsumiy ishchilar sifatida ishlay boshladilar. B a’zilari Rimga va boshqa shaharlarga ish qidirib ketadi. U lar Rim jamiyatining to ‘rtdan bir qismini tashkil qiladigan shahar kambag‘allari toifasiga qo‘shiladilar. Ikki aka-ukalar Tiberiy va Gay Grakxlar Rim kambag‘allariga yordam berish uchun harakat qildilar. Qullaming dahshatli harakatlari va Ispaniyadagi harbiy muvaffaqiyatsizliklar Rim davlatining kuchsizlanganini ko‘rsatdi. Nobiletetning nazoratsiz yakka hukmronligi erkin aholining katta qatlamini tashkil qilgan mayda yer egalarining xonavayron bo‘lishi jam iyatda o‘tkir norozilik kayfiyatini vujudga keltirib, davlat tuzumi va boshqaruvini sogiom lashtirish, jamiyatdagi birlikni mustahkamlash, tashqi siyosatni kuchaytirish borasidagi islohatlar o‘tkazishni talab qildi. Dastlab xalq tribuni Tiberiy Simproniy Grakx tamonidan mil. a w . 133-yili qonun loyihasi tayyorlandi. Tiberiy Simproniy Grakx ( mil. a w . 162-133 -yy) Rimning taniqli urug‘ nobilitetlaridan biri edi. Tiberiyning fikricha radikal islohatlar o ‘tkazish zarur bo‘lib, ular Rim hukmronligini mustahkamlash, ichki va tashqi dushmanlarga qarshi tura oladigan jamiyatning-tayanch kuchini yaratishdan iborat edi. Tiberiyning bu intilishlari Rim nobilitetlari - mil. avv. 133-yilgacha konsul b o ig a n Appiy Klavdiy, Mutsiy Sevola, Lutsiniy Krasslar tomonidan qoilab-quvvatlangan. Tiberiyning qarashlariga ko ‘ra, Rim hukmdorligining qulashini asosiy sababi mayda yer egalarining qashshoqlashuvi b o ig an . Tiberiy bu jarayonni to ‘xtatish uchun agrar islohot oikazishni zarur deb topdi. Bundan oldin ham agrar islohot haqida bir qancha g‘oyalar mavjud b o ig an . Masalan, mil. a w . II asr o‘rtalarida Mark Porsiy Katon agrar islohot o ‘tkazish taklifi bilan chiqqan edi. Mil. a w . 141-yilda Gay Liliy m a’suliyatli qonun loyihasini tayyorlagan ham edi. Ammo o ‘shanda agrar islohatga qarshi yirik yer egalari va quldorlardan iborat qarshilik kuchlari vujudga kelib, ulaming ta’siri ostida Liliy yer islohati haqidagi 242 taklifini xalq yig‘ilishiga kirita olmadi. Bu harakati uchun nobilitet o‘rtasida ”Dono” degan laqabga sazovor bo‘ldi. Mil. a w . 134-yil dekabrda Tiberiy xalq tribuni vazifasini bajaruvchi lavozimiga ko'tarildi. Tez orada u agrar islohot haqidagi qonun loyihasini xalq muhokamasiga qo‘ydi. Qonun loyihasida yer egaligining miqdorini cheklash, davlatdan fuqarolaming yerlarini ijaraga olish tizimini y o ig a qo‘yishni belgilar edi. Ijaraga yer olish normasi shudgor qilinadigan 500 yugemi olish, agar dehqonning voyaga yetgan o‘g‘illari b o is a ular uchun ham 250 yugerdan ijaraga olish mumkin bo iad ig an b o id i. Bir oila 1000 yugerdan ko‘p yer bilan shug‘ullanishi mumkin emas edi. Agar yer qo‘yilgan normadan ko‘payib ketsa davlatga qaytarilishi nazarda tutildi. Tortib olingan yerlardan davlatning yangi yer fondlari shakllantirilib, ular ham o‘z navbatida 30 yugerdan kichik uchastkalarga b o iin ib , yersiz va kam yerli fuqarolarga b o iib beriladi. Ushbu yer uchastkalarini olgan Rim fuqarolari uncha katta b oim agan davlat solig‘ini to ia s h i kerak b o ig an , ushbu yemi sotish va birovga hadya qilish huquqiga ega boim agan. Bu islohot yer uchastkalaarini sotish va may da yer egaligiga b o iin ib ketishiga qarshi qaratilgan edi. Muhokamadan keyin qonun loyihasi xalq ovoziga qo‘yilishi kerak edi. Ammo yirik yer egasi, xalq tribunlaridan biri Mark Oktaviy o‘zining veto huquqidan foydalanib, qonun loyihasiga qarshi chiqdi. Shunda Tiberiy Grakx o ‘z fikrini himoya qilib, xalq tribuni xalq manfaatlariga qarshi chiqishi mumkinmi dedi. Keyin Mark Oktaviy xalq muhokamasiga qo‘yilib, u o ‘z lavozimidan ozod qilindi. Shundan keyin agrar islohot haqidagi qonun xalq yigilish id a qabul qilindi. Bu qonunni amalga oshirish uchun uch kishidan iborat b o ig a n komissiya tuzildi. Komissiya tarkibi Tiberiy Grakx, uning ukasi Gay Grakx, Tiberiy Appiy Ю avdiydan iborat b o id i. Ammo islohatlaming keyingi bosqichi katta qiyinchiliklarga uchradi. Chunki, qonunni hayotga tadbiq etish senatning m a iu m huquqlarini cheklar edi. Shundan keyin islohatlarga qarshi kuchli oppozitsiya vujudga keldi. Mil. a w . 132-yilda Tiberiy Grakx va uning yuzlab tarafdorlari oidirildi. Yangi demokratik harakat va agrar islohot faoliyati Tiberiy Grakxning kichik ukasi Gay Grakx (mil. a w . 153-121-yy) nomi bilan b o g iiq . 0 ‘z oldiga agrar islohot masaiasini tugatish, Tiberiyning qotillarini jazolash vazifasini qo‘ygan. Gay Grakx Rim oligarxlari hokimiyatiga zarba berishga harakat boshladi. Chunki, Rim nobiliteti va senatorlar demokratik harakatning asosiy qarshilari bo‘ldilar. 0 ‘z dasturini amalga oshirish uchun Gay Grakx o ‘z atrofiga rimning turli aholi qatlamlarini jamladi. Gay Grakx yersizlarga yer ajratib berish masalasini davom qildirdi. U agrar komissiyaning ishini qayta tikladi va ularga sudlov huquqini berdi. Gay tribunligi davrida Italiyada bir qancha koloniyalarga asos solindi. Gay tushunardiki, faqat qishloq plebeylarining qoilab-quvvatlashlari kamlik qilardi. U o ‘z tomoniga shahar aholisini ham og‘dirishi kerak edi. Gay davlat xazinasidan juda past narxlarda yer uchastkalarini Rimning shahar aholisiga sota boshladi. Chunki u Rim aholisining qashshoq qatlamini yer bilan ta’minlashni maqsad qilib qo'ygan edi. Aholi manfaatlarini ta ’minlashga qaratilgan yana bir islohot Osiyodagi provinsiyalardan soliq yig‘ishga qaratilgan edi. Gay Grakxning yechimlariga ko‘ra Osiyodagi aholidan hosilning 10/1 qismi hajmida soliq undirilgan. Qisqacha aytganda, Gay Grakx islohatlari k o ‘plab ijobiy xususiyatlarga ega bo‘ldi. Ammo, bu islohatlar ham katta qarshilikka uchrab, o‘z nihoyasiga yetmay qoldi. mil. a w . 121-yilda Gay Grakx ham o‘ldirildi. Download 7.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling