Universiteti g. N. Axunova, N. N. Shamshiyeva
Download 0.72 Mb.
|
RAQOBAT STRATEGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Farg‘ona azot” korxonasining strategik biznes birligi va kompetentlik yadrosini taqqoslash
DEHQONOBOD KALIYLI O‘G‘ITLAR ZAVODI QURISH LOYIHASI
Loyiha maqsadlari: Tubequton silvinit koni negizida respublikada kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarish quvvatlarni yaratish; Qishloq xo‘jaligi kaliyli o‘g‘itlarga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘liq qondirish, mazkur o‘g‘itlar importini to‘xtatish va uning eksportini ta’minlash. Korporatsiya haqidagi muqobil konsepsiyalar. Korporatsiyalar kompetentlik yadrosi negizida tashkil etilishi mumkin. Shuningdek ular strategik biznes birliklari asosida tashkil etiladi. Kompetentlik yadrosi va strategik biznes birligining ta’riflari. Kompetentlik yadrosi deb asosiy ko‘nikma yoki qobiliyatga aytiladi va u biznesni yuritish uchun chegara hamda asos bo‘ladi, yangi biznesni rivojlantirish uchun yuritgich bo‘ladi. Tashkilotni jamoa shaklida o‘rganish zarur. Strategik biznes birligi deb kompaniyaning shunday faoliyatlariga aytiladiki, ular uchun boshqa bo‘limlardan istisno tarzida strategiya tuzish mumkin. Sanoat bir xil faoliyatlarni qamrab olgan strategik biznes birliklaridan tashkil topgan.Strategik biznes birliklarin aniqlash yoki differensiyalash mezonlari: ular uchun narxlar mustaqil ravishda o‘zgarishi mumkin;ular uchun mijozlar turli xil; ular uchun raqobatdosh mahsulotlar va xizmatlar turlari har xil; mahsulot yoki xizmatlar turli sifat darajalariga ega;mahsulotlar bir-birining o‘rnini bosa olmaydi;kompaniyada mahsulotni o‘zgartirish boshqa mahsulotlarga kuchli zarar yetkazishi mumkin. 10-jadval “Farg‘ona azot” korxonasining strategik biznes birligi va kompetentlik yadrosini taqqoslash
Kompetentlik yadrosining belgilari: keng miqyosdagi bozor turlariga kirib borishni ta’minlaydi; xaridorning oxirgi mahsulotdan yuqori naf olishiga katta hissa qo‘shadi; raqobatchilar uchun noqulaylik tug‘diradi (mahsulotlarni nusxasini chiqara olmaydi); yangi bizneslarni rivojlantiruvchi manba; kompaniyaning eng asosiy resursi hisoblanadi. Kompetentlik yadrosining strategik arxitekturasi: qanday turdagi kompetentlik yadrosini tuzishni ifodalovchi “yo‘l xaritasini” tanlash; resurslarni taqsimlashni butun tashkilot bo‘yicha shaffof qiladi; tashkilotning SBB lari orasida texnikaviy va ishlab chiqarish aloqalarini yaxshilash orqali uning raqobatbardosh ustuvorligini ta’minlash; iste’molchilar va boshqa tashqi bo‘linmalar bilan oraliq qadamlarni tark etmagan holda muloqot qilish vositasi. Kompetentlik yadrosini yaratish: kelgusidagi qulay imkoniyatlarni qaerda ekanligini ko‘ra bilishdan boshlanadi; uzluksiz rivojlanish va zamondan ilgari yurishni talab etadi: investitsiyalarni kamayishi kompetentlikni (omilkorlikni) susaytiradi va innovatsiyalarni joriy etishga to‘sqinlik qiladi; muvaffaqiyatli global raqobat uchun zarur; korxonaning barcha darajalardagi: kompetentlik yadrosida, yadroviy mahsulot va pirovard mahsulotlarni ishlab chiqarishda barqaror karvonboshiligini ta’minlash uchun zarur. Kompetentlik yadrosini yaratishda yuqori darajadagi boshqaruvning ahamiyati: global miqyosda korxonaning kompetent karvonboshilik darajasini yaratish va himoyalashda; umuman korxonaning kompetentlik yadrosini belgilash, rivojlantirish va undan foydalanishda; Bu o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: kelajakni oldindan ko‘ra bilish; kerakli kompetentlikni belgilash; barqaror doimiy rivojlanish imkoniyatlarini aniqlash; kompetentlikni yaratuvchi va ta’minlovchi insonlarni belgilash; insoniy va moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling