Universiteti jismoniy tarbiya va sportni boshqarish va turizm fakulteti sport menejmenti va iqtisodiyot kafedrasi


Menejment nazariyasining tamoyillari


Download 37.26 Kb.
bet3/6
Sana07.05.2023
Hajmi37.26 Kb.
#1440738
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
abdulaziz

1.2. Menejment nazariyasining tamoyillari
Menejment predmeti xo‘jalik yuritishning barcha darajalarida boshqarishning qonunlari (qonunyatlari), tamoyillari va munosabatlarini o‘rganishdan iborat bo‘lsa, jismoniy tarbiya va sport menejmenti soha jarayonlarida mavjud barcha boshqaruv kategoriyalarni mashg‘ulot va musobaqa jarayonlariga joriy etishni o‘rganadi. Boshqaruv munosabatlari ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarining ajralmas qismi bo‘lib, turli iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, mehnat, psixologik va boshqa ko‘rinishlarda bo‘ladi. Boshqaruv munosabatlari rahbar qo‘lostidagi xodimlar o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro ta’sirning murakkab majmuini ifodalaydi, demak, jismoniy tarbiya va sport menejmenti – bu eng avvalo Ishchilarni, personalni, sportchi va trener-murabbiylarni boshqarishdir.
Iqtisodiyotni yurgizishda bevosita boshqaruv obyekti mehnat jamolari va alohida personal (xodim)lardan iboratdir. Jismoniy tarbiya va sportda faqat personalning mehnat faoliyati vositasida sport tovarlari ishlab chiqarishning, hamda sport mashg‘ulotlarining moddiy unsurlari, ya’ni mehnat qurollari va predmetlariga ta’sir etiladi.
Boshqaruvning eng asosiy bilish uslubi – dialektik uslub bo‘lib, u menejmentga o‘rganilayotgan ijtimoiy hodisalarning, jismoniy tarbiya va sport jarayonlarining mohiyatini ochishga yordam beradi.
Jismoniy tarbiya va sport menejmentiga quyidagi boshqa uslublar ham xos, masalan, voqe’lik hodisalarini o‘rganishga aniq tarixiy yondashuv; xo‘jalik mexanizmi barcha elementlarini bir vaqtning o‘zida tahlil qilish va to’liq boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish imkonini beruvchi tarkibiy yondashuv, tarkibiy tahlil, iqtisodiy-ijtimoiy usullar va boshqalar.
Jismoniy tarbiya va sport menejmentining mahorati uning barcha uslublarini egallash, ularni jismoniy tarbiya va sportga to‘g‘ri bog‘lab qo‘llash, har bir aniq vaziyatda boshqaruvning eng samarali variantini topish qobilyatiga ega bo‘lishdan iboratdir.
Jismoniy tarbiya va sport menejmenti kursining mazmunini iqtisodiyotni yurg‘izishning, boshqarish tizimlari va ularni tuzishning tashkiliy shakllari, xo‘jalik mexanizmi va boshqaruv uslublari, boshqaruv texnika va texnologiyasining nazariy va metodologik asoslarini o‘rgangan holda ularni jismoniy tarbiya va sport tarmog‘iga joriy etishni tashkil etishdan iboratdir. Jismoniy tarbiya va sport menejmenti boshqaruv faoliyatining umumiy qonunyatlari va prinsiplari, boshqaruv tizimiga ta’sir usullarini shakllantiradi, boshqaruv apparatining aniq vaziyatlaridagi harakatlari va o‘zini to’tish hollarini umumlashtiradi. Jismoniy tarbiya va sportda iqtisodiy jarayonlarni boshqarishning nazariy va amaliy tomonlarini o‘rganadi. Boshqaruv nazariyasi boshqaruv faoliyatining qirralarini butun bir majmua ko‘rinishida, nazariy tahlil va mantiqiy uslub asosida boshqarishning asosiy qonunyatlari va usullarini ajratib o‘rganadi.
Jismonimy tarbiya va sport menejmentining amaliy tomonlari quyidagi aniq vazifalarni hal etishga: bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tishiga, foyda olishga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, aholi ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga, Ishchilar ma’naviy darajalarini o‘stirish sharoitida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga va boshqalarga qaratilgandir.
Jismoniy tarbiya va sport menejmentining bu amaliy qismi faqatgina boshqaruv prinsiplarining o‘zini emas, balki ularni boshqaruv amaliyotida qo‘llash qobilyati, ya’ni ularning aniq ko‘rinishlaridan yorqin vaziyatda foydalana olish qobilyatini o‘rganadi. Uning boshqarish nazariyasidan farqi u iqtisodiyotni, jumladan, jismoniy tarbiya va sportni boshqarish amaliyotida qonunyatlar, prinsiplar va uslublardan foydalanish namunalarini ishlab chiqarishdadir.
Jismoniy tarbiya va sport menejmentining asosiy vazifasi jamiyat rivojlanishining obyektiv qonunlari talablarini hisobga olgan holda va iqtisodiyotni boshqarish amaliyotini umumlashtirish asosida jismoniy tarbiya va sportni samarali boshqarish uchun zarur bir maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar prinsiplarini ishlab chiqish, rivojlantirish va soha tarmog‘iga tatbiq etishdan iborat.
Menejmentning jismoniy tarbiya va sportga keng tatbiq etilishi ayni muddaodir, chunki biz yuqorida keltirlgan menejmentning har bir elementlari sportchilar, murabbiylar, sport jamolari va ularning rahbarlari, turli boshqa jismoniy tarbiya va sport jamolari orasida o‘z yechimini kutayotgan masalalarni hal etishda har doim, har soat va har daqiqada uchrab turishi, mavjudligi, ularni o‘z vaqtida to‘g‘ri hal etish lozimligi hech kimda shubha tug‘dirmaydi.
Shuning uchun menejment qoidalarining jismoniy tarbiya va sportga ilmiy asosda joriy etilishidan juda katta samara kutilishi aniq.
Jismoniy tarbiya va sport menejmentida talabalami quyidagi masalalarni hal etishga o‘rgatish ko‘zda tutiladi:
1. Jismoniy tarbiya va sport menejmentida zamonaviy nazariy bilimlar asosini shakllantirish va ularni rahbarning amaliy faoliyatida qoilay olish.
2. Talabalarni sport tashkilotlaridagi moliya menejmenti, jismoniy tarbiya sohasidagi tadbirkorlik va biznes asoslarining asosiy xususiyatlari bilan tanishtirish.
3. Sport menejmentining nazariyasi va amaliyotidagi asosiy qoidalami o‘zlashtirish, bozor sharoitida jismoniy tarbiya sohasi haqida ijobiy tasavvumi shakllantirish.
4. Sport tashkilotlaridagi insonlar o‘rtasida psixologik muhit va o‘zaro munosabatlami yaxshilash usullariga talabalarni o‘rgatish va jismoniy tarbiya sohasidagi boshqaruvning asosiy aspektlari bilan tanishtirish. Sport menejerining vazifasi personalning muhim sifat ko‘rsatkichlari haqida tasavvurga ega boiish, ulardan jismoniy tarbiya va sport rivoji uchun unumli foydalanishdan iboratdir.
M’alumki, biror ashyo (zahira yoki tovar) qancha kamyob boisa, uning narxi shuncha baland boiadi va binobarin, uni sotib olmoqchi boiganlar shuncha kam boiadi. Iqtisodchilar buni narxning cheklovchilik samarasi deb ataydilar.
Naf - bu mahsulot (xizmat)ning iste’molchilarga qanchalik ijobiy natija keltirishidir. Xaridor xarid qobilyati doirasida eng nafli molni tanlashga intiladi. Shundagina u qoniqadi. Ammo tovaming nafliligi qancha yuqori boisa, uning narxi ham shuncha baland boiadi. Bu esa, o‘z navbatida, xaridoming sotib olish qobilyatini pasaytiradi. Xarajat - bu mahsulotni ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) va uni sotish hamda ish haqi toiashga sarflanadigan mablagiar yigindisidir. Xarajat tarkibiga quyidagilar kiradi:

  1. Mahsulot (xizmat) yoki sport tashkilotlarida ma’muriy xarajatlar;

  2. Jismoniy tarbiya va sport korxonalarida ijara va foiz toiovlari;

3. Jismoniy tarbiya va sport korxonalaridagi personalning ish haqi;
4. Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlaridan olinadigan barcha soliqlar.
Bozor iqtisodiyotida jismoniy tarbiya va sport korxonalari ishlab chiqargan tovarlami tanlash qoidasi yanada jiddiylashadi. Zero, jismoniy tarbiya va sport korxonalari ishlab chiqargan tovarlar turlarini to‘g‘ri tanlanib, ulardan samarali foydalandagina xarajatlar o‘z qiymatini qoplab, yuqori foyda keltirishi mumkin. Narxning oshishi ishlab chiqaruvchilar safming kengayishiga, narxning tushishi esa ishlab chiqaruvchilar safining kamayishiga, ulaming bir qismini bozordan bezdirishga olib keladi. Iqtisodchilar bunday ta’simi narxning ishlab chiqarrishiga turtki vazifasi deb ataydilar.
Sport menejmenti faoliyatida asosan quyidagi tamoyillar amalga oshiriladi:
1. Amaliy natijalarning so‘ngi yutug‘iga qaratilishi;
2. O‘zoq muddat davomida natijalarga erishishga qaratish;
3. Bozor muvozanatlari talablariga strategik va taktik jihatdan moslashishda o‘zaro hamkorlik va aloqadorlikni oshirish.
Menejmenti an’anaviy funksiyalari (vazifalari):
1. Atrof-muhit va bozor tadqiqotining tahlili.
2. Talabgorlarni tahlil qilish
3. Mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirish
4. Bor mahsulotlarni tahlil qilish
5. Harakatlarni yuritishni rejalash
6. Narx-navoni rejalashtirrish
7. Ijtimoiy ma’suliyat, uni boshqarishni ta’minlash v.x.k.
Qayd etilgan maqsadlar va vazifalarni O‘zbekistonda amalga oshiralayotgan bozor iqtisodiyoti munosobatlari, tijorat va tadbirkorlik sohasidagi faoliyatiga qiyoslash, ularni muhit sharoitiga qarab tahlil qilish hamda qo‘llash yo‘llarini o‘rganish zarur bo‘ladi. Shular asosida futbol, kurash, tennis, sharqona yakka kurashlar hamda boshqa sport turlari bo‘yicha sport klublari, komandalarida menejment faoliyatlarini shaklantirish zarur bo‘ladi. Menejer o‘z faoliyatida ishni yaxshi tashkil qilishda ,albatta, teleradio, matbuot va sport inshootlarida reklama usullaridan keng foydalanishiga to‘g‘ri keladi. Chet mamlakatlarida faoliyat ko‘rsatayotgan sport menejmentida, sport xizmatlari ko‘rsatish, sport mollarini sotishda; shaxslar, tashkilotlar, hududlar va g‘oyalar kabi turlarga bo‘linadi. Ma’lumki ularning negizida ishlab chiqarilgan sport jihozlari, buyumlari asbob uskunalar hamda ularni bozor talablari asosida o‘tkazish (sotish) tushunchalari yotadi. Shuningdek, ishlab chiqarish, o‘tkazish va ular bilan bog‘lik bo‘lgan xizmatlar ham e’tiborda bo‘ladi. Sport menejmenti faoliyatini yuritishda aloqador xaridor tashkilotlar, jamiyatlar, shaxslar bilan ishlash, ayniqsa, sport mollariga ehtiyoj sezgan hududlar bilan ishlash avvaldan ko‘yilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ko‘l keladi. Shuni ham e’tirof etish kerakki, sport molllarni ishlab chiqarish industriyasi eng muhim ahamiyat kasb etadi.
Sportchilarni oziq-ovqat va boshqa (sport kiyimi, jihozi, sport inshooti, yotog‘i, transporti va h.k.) masalari sport menedjerining muhim tarmog‘i sifatida inobatga olinadi. Turli xil yirik sport musobaqalarini tashkil qilishda ,avvalo, qatnashchilar uchun oziq-ovqat, turli tuman ichimliklar sotishni ko‘paytirish menejment faoliyatining asosiy vazifasi hisoblanadi. Shu o‘rinda, Germaniya misolida ba’zi bir dalillarni keltirish maqsadga muvoqdir. Bozorning sportchilar ozuqasida 4,6 million sportchi ishtirok etadi. Ularning taxminicha, ushbu sportchilarning 1990-1995 yillarda sportchilar ichimligi iste’molining hajmi 20% dan 40% ga oshishi hisobiga 1995 yilda 120 million markali daromad ko‘rishgan.
Sport menejmenti jismoniy tarbiya va sport harakatining ko‘pgina tarmoqlarida maxsus faoliyat sifatida xizmat qiladi. Xalqaro sport taraqqiyotida, ayniqsa qit’alar, mamlakatning yirik musobaqalarida bu ko‘proq uchraydi. Ya’ni, sport uyushmalari assosatsiyalari o‘rtasida komandalarni yetuk sportchilar bilan ta’minlash, ularning talab va ehtiyojini qondirish, sportchilar bilan shartnoma (kontrakt) tuzish kabi faoliyatlar jarayonida xilma-xil usullar, muloqotlar, munosabatlar, kelushuvchilik kabi faoliyat mavjud bo‘ladi. Shu o‘rinda quyidagi holatni keltirish mumkin, sport assotsatsiyasi muhitida menejmentning majmuriy xususiyatlari mavjud.


Download 37.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling