Universiteti jismoniy tarbiya va sportni boshqarish va turizm fakulteti sport menejmenti va iqtisodiyot kafedrasi


II.BOB. Menejmentning jismoniy tarbiya va sportga keng tatbiq etilish


Download 37.26 Kb.
bet4/6
Sana07.05.2023
Hajmi37.26 Kb.
#1440738
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
abdulaziz

II.BOB. Menejmentning jismoniy tarbiya va sportga keng tatbiq etilish
2.1. Sport menejmenti muhiti
Boshqaruv tushunchasi insonlar yer yuzida paydo bo‘lishlari bilan birga paydo bo‘lgan. U mehnatni taqsimlanishi va kooperatsiyalanish jarayonida faoliyatning mustaqil turiga ajralgan. Bu odamlarning ijtimoiy ishlab chiqarishdagi faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish zarurligi bilan asoslanadi. Bunda ulardan birlari rahbar, ya’ni boshqaruvchilar, boshqalari esa ularning tobelari, ya’ni boshqariladiganlar bo‘ladilar. Boshqaruv muammosini birinchi bo‘lib hal qilishga qadimgi misrliklar kirishganlar. Olti ming yillar oldin ular odamlar faoliyatini maqsadga yo‘naltirilgan holda tashkil qilish, uni rejalashtirish va natijasini nazorat qilish zarurligini tan olganlar, hamda boshqaruvni markazlashtirmaslik masalasini ilgari so`rganlar. Boshqaruvga antik davrda ham ma’lum ulush qo‘sxilgan, bizning eramizdan 400 yil avval Suqrot boshqaruvning universalligi tamoyilini shakllantirgan. Uning zamondoshi Eron shohi Kir odamlarni harakat qilishga undashni, ya’ni motivatsiyani maxsus tadqiqot qilish zarurligi haqidagi g‘oyani ilgari so`rgan. U yana boshqaruv axborotlarini ishlab chiqish va rejalar tuzish muammosini ham ko‘rib chiqqan. Gretsiyada mehnat operatsiyalarini bajarish va ularning bir maromdaligini ta’minlash usullari bilan shug‘ullanganlar. Platon ixtisoslashish tamoyilini shakllantirgan.
Eramizdan avvalgi 325 yillarda Iskandar Zulqarnayn birinchi marta jangovar harakatlarni boshqarish markazi sifatida shtabni tashkil etgan va birinchilardan bo‘lib boshqaruvchini darajalarga ajratgan. Quldorlik davrida ham boshqaruv elementlari mavjud bo‘lgan, ammo mehnatga majbur qilishning asosiy vositalari sifatida to‘g‘ridan to‘g‘ri majbur qilish va jazo bilan qo‘rqitish usullari ustunlik qilgan. Keyinchalik, ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlanishi bilan, bunday mehnat o‘ziga uzviy ravishda xos bo‘lgan samarasizligini ko‘rsatgan. 250 yil avval G‘arbiy Yevropaning bir qator mamlakatlarida vujudga kelgan savdo kapitalizmi butunlay boshqa asosga – boshqaruvni pul kapitali orqali hal etish davrini boshlab berdi. Mehnatga majbur qilishning to‘g‘ridan to‘g‘ri va qurol shakllari o‘rniga kapitalizmda o‘lchov qiymatlarini almashtirish asosida harakat qiluvchi va rasmiy shaxsiy mustaqillik va almashtiruvchi tomonlarning tengligini ko‘zlovchi bozor mexanizmi shakllandi va boshqaruvning barcha jabhalarida bu usuldan foydalanila boshlandi. Lekin bu davr, xodimlar va tashkilotlarni qanday samarali boshqarish bilan emas, balki qanday qilib ko‘p pul ishlash va siyosiy hokimiyatni egallash qiziqtirganligi bilan tarixda qoldi.
Globallashuv, sport mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarga katta ta’sir o‘tkazmoqda. Iqtisodiyotda o‘sib borayotgan integratsiya, ishlab chiqaruvchi va iste`molchi orasidagi munosabatni tezlashtirib, uni xilma-xillashtirmoqda. Sport esa bundan faqat foyda ko‘rmoqda. Bugun tomoshabinlar dunyoning eng muhim voqealariga guvox bo‘lishlari uchun misli ko‘rilmagan imkoniyatga ega. Misol uchun: Olimpiya o‘yinlari, regbi,futbol bo‘yicha jaxon chempionatlari, basketbol, tennis va golf va boshqa sport turlari bo‘yicha nufuzli musobaqalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rishi zavq olshishi mumkin. Musobaqa jarayonida muxlislar nafaqat bellashuvlarni maydonda turib kuzatishlari, shuningdek gazeta va jurnallar, radio kanallar, televidinya, internet, elektron pochtaga va telefonga keluvchi SMS xabarlar hamda turli onlayn raqamli texnalogiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan dasturlarga ulangan holda o‘z sevimli sportchilari, jamoalari haqida ma’lumot olishlari mumkin. Xozirgi kunda global ravishda sport bozorlari rivojlanmoqda, bu esa sport menejerlari o‘zi faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan sohalarini yaxshi bilishlarini talab etadi. Ko‘pchilik davlatlar sportni o‘zini tanitish, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning muhim omillaridan biri deb hisoblaydi. Ular sport tashkilotlarini qo‘llab-quvatlash, nazorat qilish va boshqarishga doir ko‘plab me`yoriy hujjatlar qabul qiladilar. Davlat boshqaruv organlari yuqori malakali sportchilarni tayyorlovchi tashkilotlarni, milliy sport tashkilotlarini, katta sport tadbirlari tashkilotlari va katta sport inshootlarini har jihatdan qo‘llab-quvvatlaydilar. Yaratib berilgan imkoniyatlar evaziga davlat sportning ommaviy bo‘lishini, jamiyatning barcha qatlamlari uchun sport erkin bo‘lishini, alkogol va narkotiklarga qarshi targ‘ibotlar o‘tkazishni, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishini talab qiladi. Sport tashkilotlarini mehnat shartnomasi, soliqqa tortish, korparativ boshqaruv sohalarini litsenziyalash va qonuniylashtirish, davlat miqyosida olib boriladi. Sport tashkilotlarini boshqarish sunggi 30 yil ichida yuqori darajaga ko‘tarildi. Sport iqtisodning muhim tarmoqlaridan biriga aylanishi, musobaqalarning tijoratlashishi, havaskor sport tashkilotlarining to‘lovli boshqaruvchilarning paydo bo‘lishi va ularning soni ortishi, sport tadbirlarida ishtirok etib daromad topadigan insonlar sonining ortishi, sport tashkilotlari va ularning menejerlarining o‘z professsionalizmini oshirib borishiga majbur qilmoqda. Natijada sport menenjerlarini tayyorlovchi o‘quv maskanlarining soni oshdi, shu soha mutaxasislariga talablar oshdi, endilikda ular iqtisodning bu tarmog‘ida bilim, ko‘nikma malakalarga ega bo‘lishlari talab etila boshlandi, bu sohada professional va ilmiy assotsiatsiyalar soni oshdi, sport menenjerlarining ish aloqalari kengaydi. Ular hisobchilar, huquqshunoslar, soliqchilar, davlat siyosati maslahatchilari, boshqa soha menenjerlari, arxitektorlar, bozorni o‘rganuvchilar, OAV mutaxasislar, sport agentlari, olimlar, murabbiylar, hukumat rahbarlari, volontyor va boshqa soha vaqillari bilan birgalikda ishlaydilar.
Telekomunikatsiyadagi rivojlanishlar bilan bir qatorda boshqa sohalarda ham yangiliklar, jadal sur’atda o‘zgarishlar kuzatilyapti: mashg‘ulot uslublari va natijalarni oshirish yo‘llari mukammallashtirilmoqda (shuningdek, medekomentlarni ishlatish bilan ham), informatsion texnologiyalar, musobaqa o‘tkaziladigan joylar, sport anjomlari, hattoki musobaqa natijalariga qarab belgilanadigan pul mukofotlari ham. Buning hammmasi sport menenjerlarini yangi strategiyalarini izlashlariga, intellektual mulkga egalikni himoya qilishlariga, yuzaga kelayotgan yangiliklarga, zamon talabiga mos o‘z rejalarini ishlab chiqishlari, izlanishlariga undaydi. Sport menenjerlari nafaqat texnik rivojlanishning yo‘nalishlarini tushinib yetishlari, balki uning ta’sirini ham ko‘ra bilishlari zarur.


    1. Download 37.26 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling