Universiteti Qoraqalpoq filologiyasi jurnalistika fakulteti Fan nomi: Jurnalistika va ommaviy
Download 96.64 Kb.
|
Jurnalistika prinsiplari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoraqalpoq davlat
- Bajardi
- 1- Jurnalistika prinsiplar haqida umumiy tushuncha
- 2-JURNALISTNING KASB MAJBURIYATI
- AXBOROTNING ISHONCHLILIGI
- AXBOROT MANBAI VA UNING MAXFIYLIGI
- MILLIYLIK VA MAʼNAVIYAT
- SHAXSIY HAYOTGA HURMAT. SHAXS SHAʼNI VA QADR-QIMMATINI HIMOYALASH
- JURNALISTLAR BIRDAMLIGI
- OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI BOʻYICHA JAMOATCHILIK KENGASHI
- Foydalanilgan web-saytlar ro’yxati
Qoraqalpoq davlat universiteti Qoraqalpoq filologiyasi jurnalistika fakulteti Fan nomi: Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya asoslari 1-B guruh talabasining tayyorlagan Mavzu : Jurnalistika prinsiplari Bajardi : Abdullayev Aziz Mavzu : Jurnalistika prinsiplar Reja : Muqaddima JURNALISTIKA PRINSOPLARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA JURNALISTNING KASB MAJBURIYATI SHAXSIY HAYOTGA HURMAT. SHAXS SHAʼNI VA QADR-QIMMATINI HIMOYALASH MUQADDIMA Inson manfaatlari, huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblangan demokratik jamiyatni soʻz va axborot erkinligisiz tasavvur etib boʻlmasligini eʼtirof etib, biz — Oʻzbekiston Jurnalistlari mazkur kasb etikasi kodeksini (keyingi oʻrinlarda – Kodeks) qabul qildik. Kodeks Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (BMT Bosh Assambleyasi, 1948-yil), Jurnalistikada kasb etikasi xalqaro prinsiplari (YUNESKO, 1983-yil), Jurnalistlar odob-ahloqi prinsiplari xalqaro deklaratsiyasi (Xalqaro jurnalistlar federatsiyasining kongressi, 1954-yil) va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda qonunchiligi inobatga olingan holda ishlab chiqildi. Kodeks jurnalistlar va barcha ommaviy axborot vositalari xodimlari oʻz kasb majburiyatlarini bajarishda rioya etishi shart boʻlgan maʼnaviy-axloqiy yoʻnalishlarni belgilaydi. 1-Jurnalistika prinsiplar haqida umumiy tushuncha Tadqiqot va tajriba asosida ishlab chiqilgan jurnalistika prinsiplari, tahririyat rahbarlari va xodimlari tomonidan sayqallangan va ma’lum ko’rinishga keltirilgan qonun-qoidalar majmuidir. Bu qoidalarni chetlab o’tish esa jurnalistikaning ta’siriga va uning ijtimoiy yo’naltirilganligiga putur yetkazadi. Zamonaviy o’zbek jurnalistikasi umum qabul qilingan xalqaro prinsiplarga asoslanadi va shu ko’rinishda o’zining faoliyatini olib boradi. Tabiiy ofat, baxtsiz hodisa, avtohalokat va jinoyatlar qurbonlarining shaxsini ularning qarindoshlari va yaqinlari roziligisiz namoyish qilishdan tiyinish prinsiplaridan biri hisoblanadi. Davlat sirlari, davlatning yuritayotgan siyosatiga qarshi, xizmatga va bozor iqtisodiyotiga ziyon keltiruvchi ma’lumotlarni tarqatish, inson huquqlari va ruhiy holatiga o’z ta’sirini o’tkazishga urunish, umuminsoniy qadriyatlarni tahqirlash qonunga zid hisoblanib, jurnalist prinsiplari doirasini buzib yuboradi. 1997-yilda bir guruh amerikalik jurnalistlar OAV ning jamiyatga salbiy ta’siri va unga bo’lgan ishonchni pasayganligi munosabati bilan “Tashvishlangan jurnalistlar qo’mitasi”ni tuzishadi. Keyingi bir necha yil mobaynida qo’mita qator uchrashuv, seminarlar tashkillashtirildi, jurnalist, muharrir va o’quvchilarga so’rovnomalar tarqatilib ularning fikrlari bilan tanishib chiqishdi. Bu muhokamalarda 3000 dan ortiq mutaxasislar ishtirok etdi. Qo’mita natijalarga asoslanib quyidagi to’qqiz asosiy tamoyillarni ishlab chiqdi: 1. Haqqoniylik – jurnalistning birinchi muhim vazifasi hisoblanadi; 2. Jurnalistika eng avvalo insoniyatga sodiq bo’lishi lozim; 3. Jurnalistika mohiyati haqiqatnamolik hisoblanadi; 4. Jurnalistlar yoritayotgan voqea-hodisalaridan qat’iy nazar mustaqilligini saqlab qolishi kerak; 5. Jurnalistika rahbariy organlar faoliyatini mustaqil ravishda monitoring qilishi kerak; 6. Ochiq munozara, jamiyat tanqidiy fikrini bildirish va murosaga kelish uchun mo’ljallangan axborot maydonni ta’minlashi kerak; 7. Jurnalistika qiziq va muhim materiallarni tayorlashi kerak; 8. Axborotni umumiy qarash bilan yoritish; 9. Jurnalistlarni vijdonan ish ko’rishga va faoliyat olib borishga shart-sharoitlar yaratilishi kerak. Yuqorida berilgan jurnalistikaning ixtiyoriy tamoyiliga asoslanishdan avval eng asosiy bo’lgan tamoyil – xaqqoniylik tamoyilidan chetlashish mumkin emas. Zero, tarixda xaqqoniylikni chetlab o’tgan jurnalistik ishlarning natijasida bo’lib o’tgan mojarolar va qurbonlar soni kam bo’lmagan. Agar bir tamoyil ikkinchi tamoyilga qarshi xizmat qilayotgan vaziyat kelib chiqsa va boshqa har qanday qarama-qarshilikda faqat va faqat birinchi tamoyilni ustun qo’yish ta’minlanishi lozim!!! 2-JURNALISTNING KASB MAJBURIYATI Haqqoniylik, xolislik, adolat, fikrlar xilma-xilligi va inson huquqlariga hurmat Oʻzbekiston jurnalistlari faoliyatining asosiy qoidasi hisoblanadi. Jurnalist oʻzining soʻz va axborot erkinligini taʼminlash yoʻlidagi faoliyati jamiyat oldidagi burchi ekani va uning materiallari jamiyat manfaatlariga xizmat qilishi kerakligini toʻliq anglaydi. Jurnalist Oʻzbekistonning amaldagi qonunlari va xalqaro huquq normalariga asoslanib ish olib boradi, media makonda ijtimoiy masʼuliyat muhitini yaratgan holda sohada oʻzini-oʻzi boshqarish tizimini vujudga keltirish va mustahkamlashga munosib hissa qoʻshadi, jurnalist obroʻ-eʼtibori va shaʼnini himoya qiladi. JURNALISTNING IJTIMOIY MASʼULIYATI Jurnalist jamiyat uchun axborot toʻplashi, tayyorlashi, tarqatishi, shuningdek fuqarolarning oʻz fikrlarini bildirishlari uchun erkin maydon yaratadi. BETARAFLIK VA XOLISLIK Jurnalist betaraf boʻlishi, voqea-hodisalarni xolisona va haqqoniy yoritishi, muomala madaniyati va ochiqlik tamoyillariga amal qiladi. Jurnalist oʻz kasb majburiyatlarini bajarishda axborot olishning qonunga zid usullaridan foydalanmasligi (qoʻrqitish, taʼmagirlik, tovlamachilik, igʻvogarlik, mukofot vaʼda qilish yoki odob-axloq normalariga zid boshqa usullardan foydalanish), shuningdek oʻz xizmat vakolatlaridan shaxsiy maqsadlari yoʻlida foydalanmaydi. Jurnalist har qanday sharoitda ham yolgʻon axborot eʼlon qilmasligi, dalillarni buzib koʻrsatmasligi va ijtimoiy ahamiyatga ega axborotni ataylab yashirmaydi. AXBOROTNING ISHONCHLILIGI Oʻzi tarqatayotgan axborotning ishonchliligini tekshirish va xolis axborot taqdim etish jurnalistning majburiyatidir. Jurnalist haqqoniyligiga ishonch hosil qilgan axborotnigina tarqatadi va sharhlaydi (kamida ikkita mustaqil manba orqali axborotni tekshirib koʻrishi tavsiya etiladi). Ishonchsiz va dalillarga asoslanmagan axborot tarqatgan taqdirda jurnalist zudlik bilan oʻz xatosini tan olishi, uzr soʻrab, xatosini tuzatish chorasini koʻradi. Jurnalist fikr va nuqtai nazar xilma-xilligini hurmat qiladi. AXBOROT MANBAI VA UNING MAXFIYLIGI Jurnalist jismoniy yoki yuridik shaxslarning axborot taqdim etishni rad etish yoki taqdim etishdan tiyilish huquqini tan oladi. Jurnalist axborot manbaining ruxsatisiz maʼlumotlarni oshkor qilmasligi, axborotdan gʻarazli yoxud uchinchi shaxs manfaatlarini koʻzlab foydalanmaydi. Jurnalist maxfiy yoʻl bilan olingan axborot manbaiga nisbatan kasb sirini saqlaydi. Jurnalistdan axborot manbani oshkor etishga majburlashga hech kimning haqqi yoʻq. MILLIYLIK VA MAʼNAVIYAT Jurnalist qanday mavzuga qoʻl urmasin milliy oʻziga xoslik, milliy maʼnaviyat va axloqiy qadriyatlarga, shu bilan birga boshqa millat va elatlarning urf-odat va madaniyatiga nisbatan hurmat saqlaydi. Materialni tarqatishda adabiy til qoidalariga amal qiladi. Jurnalist hech bir xalq va elatning milliy, diniy yoki irqiy kamsitilishiga yoʻl qoʻymaydi. Jurnalist mamlakatning axborot makonidagi nufuzi va jahon axborot maydonidagi imijiga putur yetkazmaslikka intiladi. SHAXSIY HAYOTGA HURMAT. SHAXS SHAʼNI VA QADR-QIMMATINI HIMOYALASH Jurnalist odamlarning shaxsiy hayot daxlsizligi huquqini hurmat qiladi. Shaxs shaʼni va qadr-qimmati kamsitilishiga yoʻl qoʻymaydi. Jurnalist odamlarning shaxsiy hayoti haqidagi maʼlumotlarni faqat ularning roziligi va hujjatlarning sir saqlanishiga rioya qilgan holda eʼlon qiladi. Jurnalist noqonuniy yoʻl va nomaqbul vositalar yordamida odamlarning shaxsiy hayoti haqida axborot toʻplash, ovoz yozib olish va materiallar toʻplashi mumkin emas. Jurnalist jinoiy ishni yorituvchi materialni tayyorlayotganida aybsizlik prezumpsiyasiga amal qiladi.
Jurnalist oʻz faoliyatida plagiatga yoʻl qoʻymaydi. Plagiat (koʻchirmakashlik) hech bir havola koʻrsatmay oʻzga manbaning matni, ovozi, kadri hamda tasvirini oʻzlashtirib olishdir. Jurnalist boshqa ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar muallifligidagi materiallardan foydalanganida yoki ularga murojaat qilganida aniq manbani koʻrsatishga burchlidir.
Jurnalistlar kasbiy birdamlik talablariga rioya qiladilar. Jurnalist professional obroʻ-eʼtiboriga putur yetkazadigan va ijtimoiy burchiga zid boʻlgan ishlarga qoʻl urmaydi, ommaviy axborot vositalaridan gʻarazli maqsadlarda va hamkasblari oʻrtasida kelishmovchiliklar keltirib chiqarish yoʻlida foydalanmaydi. Professional faoliyati uchun taʼqib ostiga olingan jurnalist jurnalistlar birdamligi tuygʻusi va prinsiplaridan kelib chiqqan holda hamkasblari himoyasida boʻladi.
Jurnalist kasb etikasi talablari va meʼyorlari buzilish holatlarini kuzatish, tahlil qilish va tegishli xulosa chiqarish maqsadida ommaviy axborot vositalari boʻyicha Jamoatchilik kengashi tuziladi. Jamoatchilik kengashi nizomi Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi konferensiyasida tasdiqlanadi. Jamoatchilik kengashi yetti kishidan iborat tarkibda besh yillik muddatga Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi konferensiyasida saylanadi. Jamoatchilik kengashi: — milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan (tarqatilgan) materiallarni jurnalistning kasb etikasi meʼyorlari nuqtai nazaridan oʻrganadi, tahlil qiladi, baholaydi, xulosa chiqaradi; — jurnalistlik faoliyati bilan bogʻliq bahsli holatlarga oydinlik kiritilishida yordamlashadi; — Kodeks meʼyorlariga rioya etilmaslik holatlari yuzasidan taqdim etilgan murojaatlarni koʻrib chiqadi va qaror qabul qiladi; jurnalist kasb etikasiga taalluqli boshqa masalalarni jamoatchilik eʼtiboriga havola etadi. Koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan Jamoatchilik kengashining qarori Ommaviy axborot vositalarida chop etiladi. Jamoatchilik kengashi qarori jurnalistni intizomiy, maʼmuriy yoki boshqa turdagi javobgarliklarga tortish uchun asos hisoblanmaydi, u tavsiya xususiyatiga ega.
https://uzswlujournalism.blogspot.com/2019/06/jurnalistika-prinsiplari_23.html http://xs.uz/uz/post/ozbekiston-zhurnalistlarining-kasb-etikasi-kodeksi [] Download 96.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling