Universiteti ro’yxatga olindi №
Tolibon” changalidagi Afg‘oniston
Download 295.74 Kb.
|
Tolibon
Tolibon” changalidagi Afg‘onistonShunday qilib “Tolibon” hatto 1990-yillarda ham uddalamagan ishi — butun Afg‘oniston ustidan nazorat o‘rnatishga erishgani aytilmoqda. Biroq hozir “Tolibon” ham, Afg‘oniston ham avvalgidek emas. “Tolibon” Dohadagi siyosiy byurosi orqali xalqaro hamjamiyat bilan faol aloqa qilyapti — AQSh bilan hujum qilmaslik bo‘yicha kelishuvga erishgan, barcha qo‘shnilari va Rossiya bilan gaplashmoqda, Xitoyda mehmon bo‘lmoqda. Afg‘oniston xalqi esa 25—30 yil oldingidan farqli ravishda “Tolibon” mamlakatni korrupsiyadan qutqarib, yaxshi hayot sari yetaklaydi, deb o‘ylamaydi. Reallikni ko‘rib bo‘lgan. Shu sababdan millionlab afg‘onlar o‘z yurtini tashlab ketishga majbur bo‘lyapti. AQSh boshchiligidagi koalitsiya esa o‘ta xudbinlik va mas’uliyatsizlik bilan harakatlanib, 20 yilda erishilgan barcha yutuqlar sarobga aylanishini indamay kuzatmoqda. Bu nafaqat prezident Baydenning, balki AQShning davlat sifatidagi yirik strategik mag‘lubiyati sifatida tarixga kirishi mumkin. Vaziyat shunchalik jiddiylashganda ham o‘z odamlarini evakuatsiya qilishdan boshqa chora ko‘rilmayotgani bundan keyin ham vaziyatga katta ta’sir o‘tkazilmasligini anglatadi. Vaholanki, havodan qo‘llab-quvvatlashning o‘zi bilan ham “Tolibon”ni tiyib turish mumkinligi harbiy ekspertlar tomonidan ta’kidlangandi. “Tolibon” Kobulni ham egallagach, Afg‘oniston hukumatini ham qo‘lga olishi kutilmoqda. Ayni paytda 1990-yillardagidan farqli ravishda Shimoliy Alyans ko‘rinishidagi muqobil hukumat ham, “Tolibon”dan xoli hudud qolmagan taqdirda qo‘shnilar ham, xalqaro hamjamiyat ham toliblar bilan ishlashdan o‘zga chorasi qolmaydi. Garchi ular hukumat tinch yo‘l bilan egallangan taqdirdagina “Tolibon”ni tan olishini takrorlab kelayotgan bo‘lsa ham. Markaz “Tolibon”ga hukumatni tinch yo‘l bilan topshirishi kutilmoqda, demak, bu qanchalik kulgili bo‘lmasin, xalqaro hamjamiyatning talabini qondirgan hisoblanadi. “Tolibon” hukumatni kuch bilan egallagan taqdirda ham tashqi kuchlardan birortasi 20 yil avval bo‘lgani kabi kuch ishlatishini kutish deyarli imkonsiz. Barchasi “Tolibon”ning boshqaruv qobiliyati va aholining munosabatiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Birinchidan, “Tolibon”ning joylardagi tarqoq vakillari uning nomidan xalqaro hamjamiyat bilan ish olib borayotgan siyosiy byuroni har doim ham eshitavermaydi — siyosiy byuroning Kobulni bosib olmaslik bo‘yicha bayonoti va Kobulga hujum boshlangani haqidagi xabarlar bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Shunday bo‘lgan taqdirda joylarda kuch ishlatishdan boshqa narsani bilmaydigan toliblar ozmi-ko‘pmi shakllangani siyosiy va ijtimoiy institutlar orqali boshqarishni eplay olmasligi ehtimoli yuqori. Ikkinchidan, aholining katta qismi “Tolibon”ga xayrixoh emas va bunday sharoitda uzoq boshqarish oson emas, ayniqsa, faqat kuch va zulm bilan harakat qilinganda. Ertami-kechmi aholining sabr kosasi to‘lib, qarshilik ko‘rsatishni boshlaydi. Uchinchidan, hozir chekka hududlarga va boshqa davlatlarga qochgan 1990-yillar qahramonlari, shuningdek, yangi paydo bo‘lgan yetakchilar o‘z hududlarini qaytarib olish bo‘yicha harakat boshlashi va buning uchun tashqaridan ham ko‘mak topishini kutish mumkin. Afg‘onistonning qo‘shnilari, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlarida ayni paytda “Tolibon” bilan gaplashishdan boshqa variant qolmagan. Biroq vaqt o‘tishi bilan kuchlar muvozanati o‘zgargan taqdirda “Tolibon”ni oxirigacha tan olishni ma’qul ko‘rmasliklari ehtimoli yuqori. Ammo avval ham aytilganidek, “Tolibon” Afg‘onistonning shimoldagi qo‘shnilari bilan (boshqalari bilan ham) harbiy ziddiyatga borishi ehtimoli juda past (butunlay yo‘q emas, albatta). Markaziy Osiyo uchun asosiy ta’sir o‘n minglab afg‘on muhojirlari va iqtisodiy aloqalardagi o‘zgarishlar bilan cheklanishi mumkin. Download 295.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling