Universiteti ro’yxatga olindi №


Download 295.74 Kb.
bet13/15
Sana11.05.2023
Hajmi295.74 Kb.
#1454140
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Tolibon

AQSh tashlab ketmoqda
G‘arb maxsus xizmatlari koalitsiya qo‘shinlari Afg‘onistonni butunlay tark etgach Ashraf G‘ani boshchiligidagi mamlakatning hozirgi hukumati olti oy ichida qulashini va Afg‘oniston butunlay “Tolibon” qo‘liga o‘tishini taxmin qilmoqda. 24-iyun kuni Vashingtonda Ashraf G‘ani hamkasbi Jo Bayden bilan uchrashuvidan oldin AQShning 650 nafar harbiysi Afg‘onistonda qolishi ma’lum qilindi. Ular asosan Qobuldagi AQSh elchixonasi hamda Hamid Karzay nomidagi xalqaro aeroport va undagi harbiy obyektlarni qo‘riqlashga xizmat qilishi kutilmoqda. Aeroportni kengroq ko‘lamda qo‘riqlash va nazorat qilish Turkiyaga taklif qilinishi mumkin.
G‘ani bilan uchrashuv chog‘ida Bayden mamlakat taqdiri afg‘onlarning o‘z qo‘llarida ekanligini eslatib, AQSh qo‘shinlarini olib chiqish to‘xtatilmasligini, keyingi yordam asosan moliyaviy ko‘rinishda bo‘lishini tasdiqladi. “Bizning qolishimiz tinchlik o‘rnatilishiga yordam bermayapti”, — degan AQSh rahbari.
Og‘ir oqibatlarga qaramay aytilgan ramziy sana – 11-sentabrgacha qo‘shinlarni chiqarish qarorini o‘zgartirmayotgani tufayli AQSh prezidenti Jo Bayden ham tanqidlarga uchramoqda. Jumladan, Bayden aynan ramziylikni o‘ylab Afg‘onistonni “qurbon” qilayotgani ham ta’kidlangan. Shuningdek, AQSh Bagramdan chiqib ketishni Afg‘oniston rasmiylari va harbiylari bilan muvofiqlashtirmagan, shunchaki chiqib ketgan.
Afg‘onistonliklar koalitsiya qo‘shinlari bunchalik tez chiqib ketayotganidan qattiq xavotirda – so‘nggi kunlarda pasport idoralarida navbatlar keskin ko‘paygan. Pasporti kuchi eng pastki o‘rinlarda bo‘lishiga qaramay aholi “Tolibon” qo‘li ostida yashashdan ko‘ra qanday qilib bo‘lsa ham mamlakatni tark etish yo‘llarini izlamoqda.


Download 295.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling