Universiteti ro’yxatga olindi №
Download 295.74 Kb.
|
Tolibon
Kanada
Kanada xavfsizlik nuqtayi nazaridan Kobuldagi elchixonasi faoliyatini to‘xtatgan. Tashqi ishlar vaziri, immigratsiya ishlar vaziri va mudofaa vaziri Kanada dipmissiyasi xodimlari hayoti birinchi o‘ringa qo‘yilishini bildirgan va xodimlar «Kanadaga sog‘-salomat qaytajagi»ni qo‘shimcha qilgan. «Biz bugun afg‘on xalqi boshiga tushgan vaziyatdan g‘amga botdik», degan Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo. «Bu ayniqsa Afg‘oniston kelajagiga ishongan va ishonishda davom etayotgan kanadaliklarning qurbonliklarini hisobga olsak, yanada ahamiyatli. Biz ittifoqchilarimiz va xalqaro hamjamiyat bilan bu sa'y-harakatlarimiz behuda ketmasligi uchun hamkorlikni davom ettiramiz». Fransiya Fransiya hukumati ham elchixonasini Kobul aeroportiga ko‘chirib o‘tkazishga qaror qildi. «Fransiya afg‘on fuqarolik jamiyati, huquq himoyachilari, xavf ostida qolgan rassomlar va jurnalistlar himoyasi uchun barcha ishni qiladi. Ayni vaqtda Kobul aeroportidan viza berish imkoniyatini saqlab qolish ustida ishlanmoqda. Fransiya ozodlikni himoya qilganlar bilan birdamligini bildiradi», deyilgan Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iva Le Drianning bayonotida. Respublika mudofaa vazirligi bayonot berishicha, Fransiya yaqin vaqtlar ichida Afg‘onistondan fransuz fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga ikki harbiy transport samolyoti yuboradi. Rossiya RF TIV xabariga ko‘ra, Rossiya diplomatlarini Kobuldan evakuatsiya qilmoqchi emas. Qayd etilishicha, Rossiya elchixonasi odatiy rejimda faoliyatini davom ettirmoqda, «Tolibon» boshqa davlatlar diplomatlari bilan bo‘lgani kabi, rossiyalik diplomatlarning ham xavfsizligini kafolatlagan. Shuningdek, Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi shahardagi vaziyat keskinligicha qolayotgani, lekin shaharda janglar bo‘lmayotganini va dipmissiyaga tahdid yo‘qligini bildirgan. Keyinroq TASS agentligi Kobuldagi elchixonaga asoslangan holda, Rossiya Afg‘onistonning o‘tish hukumati bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ma'lum qildi. Kreml saytida Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilish uchun qo‘ng‘iroqlashgani haqida xabar berildi. Moskva hozircha toliblarni Afg‘onistonning qonuniy hukumati sifatida tan olmagan. «Barchasi o‘z vaqti bilan», deya izohlagan Rossiya TIVdagilar. «Interfaks»ning yozishicha, Rossiya TIV Dohada «Tolibon» siyosiy ofisi rahbari mulla Abdulg‘ani Barodar bilan aloqa o‘rnatishni rejalashtirmoqda. 16 avgust kuni Nyu-York vaqti bilan soat 10:00da (Toshkent vaqti bilan 19:00) BMT Xavfsizlik kengashi Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi. Bu yig‘ilish Norvegiya va Estoniya tashabbusi bilan chaqirilmoqda. Kobul aeroportidan xalqaro aviakompaniyalarning barcha yo‘lovchi reyslari vaqtincha bekor qilingan, bu haqda NATO vakili ma'lum qildi. Alyans kuchlari aeroport xavfsizligini ta'minlamoqda. Hozirda aeroportdan faqat harbiy samolyotlar uchishiga ruxsat berilgan. Britaniyaning British Airways aviakompaniyasi Afg‘oniston osmonidan uchib o‘tishni vaqtincha to‘xtatgan. Irlandiyaning KLM kompaniyasi rahbariyati ham shunday ko‘rsatma bergan, Bangkok va Singapur yo‘nalishida uchuvchi yo‘lovchilar Afg‘onistonni aylanib o‘tish zarurati tufayli parvoz vaqti uzayishidan ogohlantirilmoqda. Download 295.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling