Universiteti ro’yxatga olindi №


Markaziy Osiyo uchun xavf bormi?


Download 295.74 Kb.
bet14/15
Sana11.05.2023
Hajmi295.74 Kb.
#1454140
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Tolibon

Markaziy Osiyo uchun xavf bormi?
Afg‘oniston shimolidagi 8 viloyat (Badaxshon, Toxar, Qunduz, Balx, Juzjon, Foryob, Badgis va Hirot) Markaziy Osiyo davlatlari — Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston bilan chegaradosh. 1990-yillardagi fuqarolar urushi davrida asosan aynan shu viloyatlarda “Tolibon”ga qarshilik ko‘rsatgan Shimoliy Alyans yetakchilari 2001-yildan keyin Afg‘onistonning muvaqqat va muntazam hukumatlari asosini tashkil qilib keladi.
Umuman, Afg‘oniston shimoli yaqin yillargacha mamlakatning nisbatan tinchroq hududi hisoblanar edi. Biroq 2013-yildan boshlab “Tolibon” ushbu hududlarni ham nazoratga olishga urina boshladi. Jumladan, 2014-yilda “Tolibon” jangchilari Murg‘ob daryosini kesib o‘tib Turkmanistonga kirgach va chegarachilarni o‘ldirgach Ashxobod qo‘shnilari va Rossiyadan yordam so‘ragan edi. Keyinchalik Abdurashid Do‘stum qo‘shinlaridan qochib Turkmanistonga kirmoqchi bo‘lgan “Tolibon” jangchilari qaytarib yuborilgan. 2019-yilda esa “Tolibon”dan qochib Turkmanistonga o‘tmoqchi bo‘lgan 100 ga yaqin afg‘on hukumati harbiylari qaytarib yuborilgach “Tolibon” tomonidan o‘ldirilgan edi.
Tojikiston bilan chegaradosh Qunduz viloyatida esa “Tolibon” 2015—2016-yillarda faollashib, ikki marta viloyat markazining bir qismini egallagan va har safar AQSh havo kuchlari yordamida chiqarib yuborilgan edi.
Iyun oyidagi jadallashuv natijasida “Tolibon” Afg‘oniston shimolidagi sakkizta viloyatning barchasida qator tumanlarni egallagan. Foryob viloyatida, Turkmaniston chegarasidan 10 kilometr uzoqlikdagi Andxoy shahri va bir qator tumanlar, Juzjon viloyatida 6 ta tuman (ikkitasi Turkmaniston bilan chegaradosh) “Tolibon” nazoratiga o‘tgan. Qunduz viloyatining Tojikiston bilan chegaradosh uchala tumani ham, jumladan, Sher Xon Bandar chegara punkti bilan birga, Toxar viloyatidagi 12 ta tumanning 8 tasi “Tolibon”ga o‘tgan.
O‘zbekiston bilan chegaradosh yagona viloyat – Balxning Sho‘rtepa tumanidan O‘zbekiston hududiga dastlab 53 nafar, keyin 47 nafar afg‘on harbiylari qochib o‘tgani va qaytarib yuborilgani ma’lum qilingan edi. Tojikiston esa Sher Xon Bandar chegara punktidan qochib o‘tgan afg‘on harbiylari qolishiga ruxsat bergan; Tog‘li Badaxshon viloyati rahbari Yodgor Fayzov 5000 dan 10 minggacha qochqinlarni qabul qilishga tayyorligini, biroq ularning soni 30 minggacha chiqishi mumkinligidan xavotirdaligini aytgan.
Tolibon” yuzlab tumanlarni bunchalik tez va oson nazoratga olayotganining asosiy sabablaridan biri sifatida aksariyat hollarda bu jangsiz amalga oshayotgani aytilmoqda. “Tolibon” jangchilari kirgan hududdagi hukumat xodimlari va harbiylari ko‘pincha shunchaki o‘sha hududni tashlab ketmoqda, ba’zida hatto qurollarini ham qoldirib ketmoqda.
Hukumat bu holatni rasman taktik chekinish deb atab, asosiy maqsad tinch aholiga zararni minimallashtirish ekanligi bilan izohlagan va “Tolibon” bilan aholi yo‘q joyda urushishini ma’lum qilgan. Bir qator tumanlar haqiqatan ham 1-2 kun ichida hukumat nazoratiga qaytarilayotgani bu bayonotni qisman tasdiqlashi mumkin, biroq aksariyat egallangan tumanlar baribir “Tolibon” nazoratida qolmoqda.


Download 295.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling