Universiteti ro’yxatga olindi №


Download 295.74 Kb.
bet1/15
Sana11.05.2023
Hajmi295.74 Kb.
#1454140
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Tolibon



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATISIYALAR VAZIRLIGI
______________________________________ UNIVERSITETI
____________________________________________

Ro’yxatga olindi №__________ Ro’yxatga olindi №__________
_____” ____________23 y. “_____” ____________23 y.

_____________________________“ KAFEDRASI


_____________________________ “ FANIDAN
KURS ISHI Mavzu:____________________________________________________________
________________ fakulteti, __________________guruh talabasi
Bajardi:__________________________
Tekshirdi:_________________________


GULISTON-2023
MUNDARIJA:
Kirish
1“Tolibon”ning vujudga kelishi

2«Tolibon»ning hokimiyatga kelishi omillari, berilayotgan va'dalar va Markaziy Osiyo - ekspert bilan intervyu.


3 Dunyo davlatlari «Tolibon»ning Afg‘onistondagi g‘alabasiga qanday munosabatda bo‘lmoqda?

4 Afg‘oniston “Tolibon”ga qanday taslim bo‘ldi?

5 “Tolibon”, AQSh va Markaziy Osiyo. Afg‘onistondagi vaziyat haqida


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

1 “Tolibon”ning vujudga kelishi
1979 yilda sobiq Ittifoqning Afg‘onistonga qo‘shin kiritishi mamlakatni parokanda holatga keltirdi. Afg‘onistonda chet el qo‘shinlariga qarshi kurash boshlandi. Mamlakatda vaziyat keskinlashishi ortidan ko‘plab afg‘onistonliklar vatanini tark eta boshladi. Ularing katta qismi Pokistonga yo‘l oldi. Natijada Pokiston sobiq Itifoqqa qarshilik ko‘rsatayotgan afg‘onlarning tayanch nuqtasiga aylandi. Bu yerda ko‘plab harbiy-o‘quv bazalari vujudga keldi.Ana shu qochqinlar va o‘quv bazalari asosida “Tolibon”ning bo‘lajak aʼzolari tarbiyalandi, deyish mumkin.
Tolibon” — “tolib”, yaʼni madrasa o‘quvchisi so‘zining ko‘plikdagi shakli bo‘lib, harakatning dastlabki aʼzolarini aynan madrasa talabalari tashkil etgan. Ularning ko‘pchiligi qochqinlar lagerida voyaga yetgan yoshlardan iborat edi. Bundan tashqari harakat tarkibida Pokiston pushtunlari ham bo‘lib, ular ham madrasa talabalari hisoblanishgan.
Tolibon” siyosiy harakat sifatida 90 yillar boshida shakllana boshladi. Harakatning ko‘plab aʼzolari Sovet Ittifoqi qo‘shinlariga qarshi urushda ishtirok etgan, tajribali jangchilar edi. “Tolibon” aʼzolarining mutlaq ko‘pchiligini kambag‘al qishloq aholisi tashkil etadi. Shu sababli harakatning qishloq joylarda mavqei ancha baland bo‘lgan.
Baʼzi siyosiy doiralarda “Tolibon”ga Pokiston razvedkasi tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tashkilot sifatida qaraladi. Rasmiy Kobul hozir ham Pokistonni harakatni qo‘llab-quvvatlashda ayblaydi. Albatta, “Tolibon”ning shakllanishida Pokiston rolini inkor etib bo‘lmaydi. Birinchidan, harakat aʼzolarining mutlaq ko‘pchiligi Pokistonda voyaga yetgan. Ikkinchidan, ularga harbiy bilim va ko‘nikmalarni asosan Pokiston armiya va razvedkasi zobitlari berishgan. Keyinchalik aniqlanishicha, “Tolibon”ning ayrim harbiy qismlariga Pokistonning isteʼfodagi zobitlari boshchilik qilishgan. Shuningdek, “Tolibon” mafkurasiga Pokistonning ayrim ulamolari va diniy maktablarining taʼsiri katta bo‘lgan.
 
Ayrimlar “Tolibon”ga pushtunlarning millatchi tashkiloti sifatida qaraydi. Haqiqatdan ham uning tarkibida pushtunlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Harakat asosi va rahbariyati ham pushtunlardan iborat bo‘lgan. Lekin keyinchalik uning tarkibi boshqa millat va yollanma jangchilar hisobiga keskin o‘zgardi.
Tolibon” hokimiyatining o‘rnatilishi
Tolibon” harakati dastlab Afg‘onistonliklarning katta qismi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Hatto 1992-1996 yillarda Afg‘oniston Prezidenti bo‘lgan Burhoniddin Rabboniy ham “Tolibon” ga hayrixohlik bildirib, uni “afg‘on milliy harakati”, deb baholadi. Lekin keyingi voqealar rivoji buning aksini namoyon qildi.

Download 295.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling