Universiteti ro’yxatga olindi №


Afg‘oniston “Tolibon”ga qanday taslim bo‘ldi?


Download 295.74 Kb.
bet8/15
Sana11.05.2023
Hajmi295.74 Kb.
#1454140
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Tolibon

Afg‘oniston “Tolibon”ga qanday taslim bo‘ldi?


Afg‘onistonning tayanchlaridan biri — Mozori-Sharifni qo‘lga kiritgan “Tolibon” bir hafta ichida egallagan shaharlari sonini 20 dan oshirdi. Jalolobod jangsiz egallangach, Kobul ham xuddi shunday taslim qilindi va “Tolibon” butun Afg‘onistonni to‘liq nazoratga olganini e’lon qildi. “Tolibon”ning yirik shaharlarni juda tez va butun mamlakatni egallashi qanday sodir bo‘ldi? Afg‘onistonda “Tolibon” nazorati qancha vaqt davom etadi? “Daryo” kolumnisti Sarvar Jalolov ushbu savollarga javob topishga harakat qiladi.


Poytaxt Kobul janubi-g‘arbidagi G‘azni shahridagi maydonda “Tolibon” bayroqlari ilingan.

Davlatga aylanolmagan davlat


Davlat tashkilotlari biror mahsulot yoki xizmat ishlab chiqqanda, odatda ikki “iste’molchi”dan biriga mo‘ljallangan bo‘ladi. Biri aholi, ikinchisi — rahbariyat. Odatda aynan aholi uchun biror nima ishlab chiqilsa, uning samarasi uzoqroq vaqtdan keyin ko‘rinishi mumkin, biroq shunga yarasha uzoq muddatga foydali bo‘ladi. Rahbariyatga ko‘rsatish uchungina ishlab chiqilgan narsa esa juda tez samara ko‘rsatadi, chiroyli ko‘rinishga ega bo‘ladi va hatto aholiga ham qulaylik yaratishi mumkin. Lekin rahbariyatning ushbu masalaga qiziqishi qolmasa, unga butunlay e’tibor ko‘rsatmay qolinadi va qanchalik yaxshi qilinganiga qaramay yo‘qolib ketishi mumkin.
G‘arbning Afg‘onistonda qurgan davlatini ham shunga o‘xshatish mumkin. Bu davlat Afg‘onistonda ham iqtisodiy, ham siyosiy, ham ijtimoiy jihatdan juda tez va katta o‘zgarishlarga olib keldi. Aholiga ham yaxshi foyda berdi — iqtisodiyot, biznes rivojlandi, ta’lim va sog‘liqni saqlashda o‘zgarishlar bo‘ldi. Ayniqsa ayollar ta’lim olishidagi o‘sish eng katta muvaffaqiyatlardan bo‘ldi. Biroq bu davlatni ham harbiy, ham siyosiy va hatto ulkan moddiy yordam orqali iqtisodiy jihatdan “ushlab” turgan AQShda qiziqish pasayishi bilan bu davlat ustunlariga darz keta boshladi.
2014-yilda yangi Afg‘onistonning ilk prezidenti — Hamid Karzayning ikkinchi vakolat muddati tugab, prezidentlik saylovida ishtirok etmadi. Saylovning ikkinchi turida Ashraf G‘ani 55 foiz ovoz bilan o‘z g‘alabasini e’lon qilgach, uning raqibi — sobiq tashqi ishlar vaziri va 1990-yillarda “Tolibon”ga qarshi kurashgan Shimoliy Alyansning muhim shaxslaridan bo‘lgan Abdulla Abdulla buni tan olmadi va ovozlarni qayta sanashni talab qildi. AQSh davlat kotibi Jon Kerri vositachiligida o‘tgan muzokaralar va uzoq tortishuvlardan keyin qayta sanashdan keyin mag‘lub deb topilgan tomon uchun vakolatlari bosh vazirdan ancha ko‘p bo‘ladigan oliy hukumat rahbari lavozimi yaratilishiga kelishildi. Shunday qilib, G‘ani prezident, Abdulla oliy hukumat rahbari sifatida hokimiyatni bo‘lib oldi.
Tobora o‘zini tiklab borayotgan “Tolibon” uchun AQSh boshchiligidagi koalitsiya qo‘shinlarini kamaytirishni boshlagan bir paytda bo‘lingan markaziy hukumatdan ham yaxshiroq sovg‘a bo‘lishi mumkinmi? G‘ani prezidentligi davrida Abdulla bilan yashirin-oshkora kurashni davom ettirdi. “Tolibon”ga qarshi kurashi tufayli afg‘onlar orasida katta obro‘ga ega bo‘lgan Shimoliy Alyansning sobiq yetakchilari — dala qo‘mondonlarini rasmiy hukumatda martaba, pul yoki bilvosita to‘siqlar qo‘yish orqali “zararsizlantirdi”. Jumladan, kecha Mozori-Sharif uchun jangda “Tolibon”dan yengilgan Abdurashid Do‘stum va Ata Muhammad Nurga ham yuqori lavozimlar berilgan edi.
2019-yildagi prezident saylovida ham 2014-yildagi holat takrorlandi. G‘ani o‘zini g‘olib deb e’lon qilib inauguratsiya o‘tkazgan bir paytda Abdulla ham o‘z tadbirida prezident sifatida qasamyod qildi. AQSh 1 milliard dollarlik moddiy yordamini kesish bilan tahdid qilgach, bir necha oydan keyin tomonlar yana kelishuvga erishdi va Abdulla uchun yangi — Milliy yarashuv oliy kengashi rahbari lavozimi tashkil etildi va “Tolibon” bilan tinchlik muzokaralarini olib borish vakolati topshirildi.
Umuman, G‘ani va Abdullaning hokimiyatni bo‘lib olgan holda Afg‘onistonni boshqarishga urinishidan asosan “Tolibon” yutdi. Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Devid Kemeron bu haqida shunday fikr bildirgan edi: “G‘ani va Abdulla Afg‘onistonni korrupsiyalashgan davlatdan fantastik darajada korrupsiyalashgan davlatga aylantirdi”. Korrupsiya avj olishi natijasida aholining ham davlatdan ko‘ngli qolib borardi. Bu o‘z navbatida hatto boshidan “Tolibon”ga ashaddiy qarshi bo‘lgan shimoldagi etnik guruhlar orasida ham ushbu harakatni 1990-yillarda sovetlar qoldirgan korrupsiyani yo‘qotadi deb o‘ylashganidek muqobil variant sifatida ko‘rish boshlandi. Ayniqsa ta’lim yetib bormagan qishloq hududlarida.


Download 295.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling