Universiteti ro’yxatga olindi №
Taslim bo‘lish “strategiyasi”
Download 295.74 Kb.
|
Tolibon
Taslim bo‘lish “strategiyasi”
Ushbu videoxaritada “Tolibon” aprel oyidan buyon Afg‘oniston hududlari ustidan nazoratni qanday kengaytirgani ko‘rsatilgan. Hududlarni egallashni qishloqlardan boshlagan toliblar iyun oyidan jadallashib, tuman markazlarini egallay boshladi va iyul oxiriga kelib 75 foiz tumanlarni egalladi. Oxirgi bir hafta ichida esa 22 ta viloyat markazi (jami 34 ta viloyat mavjud), ikki kunda esa butun Afg‘onistonni egalladi. Butun boshli shaharlarni va mamlakatni bunchalik tez egallagan “Tolibon” shunchalik qudratlimi? Gap shundaki, “Tolibon” qishloqlarni va tuman markazlarini, asosan, jangsiz egallayotgan bir paytda G‘ani hukumati buni taktik chekinish deb atab, aholiga va infratuzilma obyektlariga zarar yetkazmaslik uchun harbiylar chekinayotgani, “Tolibon” bilan tungi vaqtlarda va bo‘sh yerlarda urushib egallangan hududlar qaytarib olinishini ta’kidlagandi. Afg‘on armiyasi haqiqatan ham bir necha hududlarni qaytarib olishni uddalab, bu bayonotlarda jon bordek taassurot uyg‘otgandi. Biroq oxirgi haftalardagi intensivlashuv bu baribir vaqtincha bo‘lganini ko‘rsatdi. Xo‘sh, nega 300 ming kishilik afg‘on armiyasi o‘zidan 3—4 baravar kam “Tolibon” jangchilariga qarshilik ko‘rsatmayapti? Sababi, to‘g‘riroq ifodalangan variant — qarshilik ko‘rsatolmayapti emas, balki qarshilik ko‘rsatmayapti. Harbiylar o‘z o‘rinlarini shunchaki tashlab ketmayapti — u yerdagi qurollar va harbiy texnikani ham “Tolibon” qo‘liga qoldirib ketyapti. Afg‘oniston bo‘yicha ishonchli reputatsiyaga ega jurnalistlar ham armiya jang qilishni bilmasligi emas, buni istamayotgani asosiy muammo ekanligini ta’kidlamoqda. Mozori-Sharifdan Abdurashid Do‘stum bilan qochgan Balx tojiklari yetakchisi Ata Muhammad Nur hukumat rasmiylari va harbiylar hech bir qarshiliksiz taslim bo‘lgani hamda qurol va texnikalarini “Tolibon”ga topshirayotganini uyushtirilgan fitna sifatida ta’kidlagan. Afg‘oniston bo‘yicha taniqli ekspert Jennifer Murtazshvili bu G‘ani hukumati “Tolibon”dan ko‘ra Shimoliy Alyans yetakchilariga qarshi kurashishdan ko‘proq manfaatdor ekanligi haqida taassurot shakllangani va bu kelajakka ham ta’sir qilishini aytgan. “Download 295.74 Kb. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling