Universiteti ro’yxatga olindi №


Afg‘oniston hozir kimning nazoratida?


Download 295.74 Kb.
bet12/15
Sana11.05.2023
Hajmi295.74 Kb.
#1454140
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Tolibon

Afg‘oniston hozir kimning nazoratida?
NATOning oxirgi hisob-kitoblariga ko‘ra ayni paytda “Tolibon”ning 85 ming kishilik muntazam armiyasi bor va mamlakatning 20 dan 35 foizgacha hududini nazorat qiladi. Afg‘onistonda jami 421 ta tuman bo‘lib, 34 ta viloyatdan 26 tasida “Tolibon” va Afg‘oniston hukumati o‘rtasida hududni nazorat qilish uchun kurash kechmoqda. “Tolibon”ning siyosiy byurosi bayonotiga ko‘ra harakat mamlakat hududining 80 foizini nazorat qilayotganini da’vo qilmoqda. Jumladan, ko‘plab tumanlarning markazlari hukumat nazoratida bo‘lsa ham, atrofdagi yerlar “Tolibon”ga qarashi aytilgan.

Foto: The National
Siyosiy vaziyat ham beqaror – prezident G‘ani atrofidagi 3-4 kishi va xotinidan boshqa hech kimni eshitmasligi, hammaga shubha bilan qarashi tufayli yaxshi mavqega ega emasligi aytilgan. G‘ani “Tolibon”ni yangi saylovlargacha muvaqqat birlashgan hukumat tarkibiga kirib turishga undamoqda, biroq “Tolibon”ga bu qiziq bo‘lmay qolgan. Hukumat hozir ham, G‘arb qo‘shinlari chiqib ketgach ham nima qilish kerakligi bo‘yicha rejaga ham, tasavvurga ham ega emas.
Tolibon”ning oxirgi ikki oyda egallayotgan hududlarning aksariyati aynan o‘rtacha va katta shaharlar atrofidagi yerlarga to‘g‘ri keladi, shaharlarning o‘zini G‘arb qo‘shinlari chiqib ketishi bilan egallashi kutilmoqda. Shunday bo‘lsa ham “Tolibon” yirik shaharlarni egallash uchun kutib o‘tirmayapti – avval ham bir necha marta “Tolibon” qo‘lidan qaytarib olingan Qunduz va mamlakatning yirik markazlaridan bo‘lgan Mozori Sharif kabi viloyat markazlariga kirishga urinish bo‘lgan.


Download 295.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling