Universiteti ro’yxatga olindi №


“Tolibon”, AQSh va Markaziy Osiyo. Afg‘onistondagi vaziyat haqida


Download 295.74 Kb.
bet11/15
Sana11.05.2023
Hajmi295.74 Kb.
#1454140
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Tolibon

5.“Tolibon”, AQSh va Markaziy Osiyo. Afg‘onistondagi vaziyat haqida


AQSh boshchiligidagi NATO davlatlari qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqib ketilishi fonida mamlakatdagi “Tolibon” harakati o‘z nazorat hududlarini kengaytirishda davom etmoqda. “Daryo” kolumnisti Sarvar Jalolov bu safargi chiqishida “Tolibon” harakatining tarixi, Afg‘onistondagi vaziyat va bo‘layotgan voqealarning Markaziy Osiyoga ta’siri haqida fikr yuritadi.
2-iyul kuni AQSh va NATO qo‘shinlari Afg‘onistondagi eng yirik harbiy bazasi — Bagramdan butunlay chiqib ketgani ma’lum qilindi. AQSh prezidenti Jo Bayden ikki oy oldin e’lon qilgan 20 yillik urushdan keyin 2021-yil 11-sentabrgacha Afg‘onistondan harbiylarini to‘liq olib chiqish rejasida bu katta qadam bo‘lib, endilikda mamlakatda koalitsiyaning 2500—3500 atrofida askarlari qolgani aytilmoqda.
1-may kuni AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya kuchlari Afg‘onistondan so‘nggi harbiylarini chiqarishni boshlagach, “Tolibon” harakati o‘z nazoratidagi hududlarni keskin kengaytira boshladi. Shu paytgacha “Tolibon” ham muzokara, ham jang, shuningdek, hukumat chekinishi tufayli 50 dan ortiq tumanni egallab, umumiy nazoratidagi tumanlar sonini 80 dan oshirdi. Afg‘onistondagi vaziyat keskin o‘zgarishlarga uchrayotgan bir paytda bu mavzuga chuqurroq nazar tashlashni taqozo etmoqda.

Tolibon”ning qisqacha tarixi


Tolibon” Sobiq Ittifoq qo‘shinlari 1989-yilda Afg‘onistonni butunlay tark etgach 1992-yilda Afg‘oniston Demokratik Respublikasi qulashi natijasida sovet qo‘shinlariga qarshi kurashgan turli kuchlar o‘rtasida boshlangan fuqarolik urushi paytida1994-yilda mudarris Muhammad Omar tomonidan o‘z talabalari ishtirokida tashkil etilgan.
Dastlab Afg‘oniston janubidagi dala qo‘mondonlarining aholiga nisbatan zulmiga qarshi kurashni maqsad qilgan harakatga Pokistondan muhojirlikdan qaytgan o‘n minglab talabalar qo‘shilib tez orada Qandahor viloyatini, 1995-yilda Hirot viloyatini, 1996-yilda Qobulni egallagan va Afg‘oniston Islom Amirligi nomli davlatsifat tuzilmaga asos solgan.
1996—2001-yillarda mavjud bo‘lgan ushbu tuzilma Afg‘oniston hududining 75 foizini nazorat qilgan. Faqatgina shimoldagi 25 foiz hudud tojiklar yetakchisi Ahmad Shoh Mas’ud, o‘zbeklar yetakchisi Abdurashid Do‘stum, shuningdek, hazoralar va “Tolibon”ga muxolif pushtunlar tomonidan nazorat qilingan. “Tolibon” hukumati faqatgina uch davlat – Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Pokiston tomonidan tan olingan.
2001-yilda 11-sentabr voqealaridan keyin AQSh boshchiligidagi koalitsiya Afg‘onistonga bostirib kirib, teraktlarni uyushtirgan “Al-Qoida” terrorchilik tashkiloti bilan hamkorligi uchun “Tolibon” hukmronligiga ham chek qo‘ydi. “Tolibon” yetakchilari qo‘shni Pokistonning pushtunlar yashaydigan hududlariga qochib o‘tdi va harakatni o‘sha yerdan turib boshqara boshladi.
100 minglab G‘arb qo‘shinlari Afg‘onistonda bo‘lishiga qaramay “Tolibon” asta-sekinlik bilan mamlakatning ko‘plab hududlari ustidan nazoratni qaytarib oldi. Bular asosan qishloq hududlari bo‘lib, viloyat markazini birinchi marta 2015-yilda egallandi – o‘shanda ham, bir yil keyin ham Qunduz shahri AQSh havo qo‘shinlari yordamida qaytarib olindi.
Bir qaraganda “Tolibon” o‘ta tartibli boshqaruv tuzilmasiga ega va o‘z nazoratidagi hududlarda parallel hukumat, jumladan, sud vazifalarini ham bajaradi. Boshqa tarafdan so‘nggi yillarda ko‘plab kichik guruhlar ham o‘zlarini “Tolibon”ning bir qismi deb e’lon qilgan, biroq muvofiqlashtirilmagan harakatlari markazlashgan yetakchilik mavjud emasdek tasavvur uyg‘otadi.
2013-yilda Qatarda o‘zining siyosiy byurosini ochishini e’lon qilgach “Tolibon” xalqaro muzokaralarda to‘g‘ridan to‘g‘ri qatnashishiga imkoniyat paydo bo‘ldi. AQShning o‘zi “Tolibon” bilan 2018-yilda to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni boshlagan va 2020-yil fevralda kelishuvga erishgan edi. Unga binoan AQSh o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketishga, “Tolibon” esa koalitsiya qo‘shinlariga hujum qilmay turmaslikka, shuningdek, “Al-Qoida” va boshqa jangari va terrorchilik tashkilotlari bilan hamkorlik qilmaslikka rozi bo‘lgandi.


Download 295.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling