Universiteti ro’yxatga olindi №
Download 295.74 Kb.
|
Tolibon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Germaniya
- Buyuk Britaniya
Pokiston
Pokiston TIV 15 avgust kuni murojaat bilan chiqdi, unda mamlakat «Afg‘onistondagi voqealar rivojini diqqat bilan kuzatib borayotgani» ma'lum qilingan. «Biz umid qilamizki, Afg‘onistondagi barcha tomonlar bu ichki siyosiy inqirozni hal qilish uchun birgalikda ish olib borishadi», degan Pokiston TIV matbuot kotibi Zohid Hafiz Chaudri. «Pokistonning Kobuldagi elchixonasi pokistonliklarga, Afg‘oniston fuqarolariga, diplomatik va xalqaro jamoatchilikka konsullik ishi va Pakistan International Airlines parvozlari koordinatsiyasi bo‘yicha zarur yordamni ko‘rsatmoqda», deyilgan xabarda. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda Pokiston hukumati vakillari Afg‘onistonda hukumat almashinuvidan xursand ekanliklarini yashira olmayotgani aks etgan videolar tarqalgan. Germaniya Germaniya Kobuldagi elchixonasi xodimlarini Hamid Karzay nomidagi aeroportga ko‘chirgan. «Elchixona personali allaqachon aeroportga yetib keldi va ishga kirishmoqda», degan mamlakat tashqi ishlar vaziri Hayko Maas. «Bugun xavf ostida qolgan xodimlar va boshqalarning xavfsizligini ta'minlash va Afg‘onistondan olib chiqish uchun tezkor choralar ko‘rish maqsadida Germaniya federal hukumati xavfsizlik xizmati xodimlari yig‘ilishini chaqirdim», deya qo‘shimcha qilgan u. Germaniya elchixonadagilarni evakuatsiya qilishni dushanba kuni ham davom ettiradi. Buyuk Britaniya Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi hukumat fuqarolarga Afg‘onistonni tark etishda yordam ko‘rsatishini ma'lum qilgan. Xabarga ko‘ra, shu vaqtgacha xodimlar va ularning oila a'zolaridan iborat bo‘lgan 3300 kishi olib chiqilgan. Bundan tashqari, vakillar palatasi yetakchisi Jyeykob Ris-Moggning CNN bilan suhbatda ma'lum qilishicha, britan parlamenti ta'tildan shoshilinch qaytadi — 18 avgust kuni Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilish uchun. Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Afg‘onistondagi vaziyat munosabati bilan hukumatning favqulodda yig‘ilishini chaqirgan. Maxsus qo‘mita yig‘ilishida vazirlar, davlat xizmatlari departamentlari rahbarlari, politsiya vakillari, maxsus xizmatlar, razvedka xizmatlari va bosh vazir qatnashishi zarur deb bilgan boshqalar hozir bo‘ladi. Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi 15 avgust kuni Kobulga britan fuqarolari evakuatsiyasi uchun 600 nafar harbiy jo‘natdi. Suratda Kobulga yetib kelgan 16-havo-desant brigadasi harbiylari. Leading Hand Ben Shread / Ministry of Defence / AP / Scanpix / LETA Download 295.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling