Universiteti ro’yxatga olindi №
Download 295.74 Kb.
|
Tolibon
- Bu sahifa navigatsiya:
- AQSh
Afg‘oniston
2014 yildan buyon mamlakatni boshqarib kelgan prezident Ashraf G‘ani prezidentlik saroyini tark etib, Tojikistonga uchgan. Ungacha mamlakatning avvalgi prezidenti Hamid Karzay o‘z oilasi bilan Kobulda qolishini ma'lum qilgandi. U ziddiyatni tinch yo‘l bilan hal etishga chaqirgan. «Kobulning hurmatli fuqarolari! Men siz bilan shu yerda qolmoqchiman, oilam, qizlarim, bolalarim ham shu yerda qoladi. Umid qilamanki, mamlakatimiz va poytaxtimiz taqdiri tinch yo‘l bilan, muzokaralar orqali hal etiladi», deya yozgan u feysbukdagi sahifasida. «Biz afg‘on muammosi „Tolibon“ bilan muzokaralar, birodarlik va vatanparvarlik asosida hal etilishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz», deya qo‘shimcha qilgan u. Afg‘oniston mudofaa vaziri, general Bismilla Muhammadiy Kobul aholisini ular xavfsizlikda ekaniga ishontirishga uringan: «Men barchangizni Kobul xavfsizligi ta'minlanishiga ishontiraman», degan u yakshanba kungi chiqishida. «Xalqaro kuchlar afg‘on xavfsizlik kuchlari va mudofaa kuchlari bilan hamkorlik qilishga tayyor», deya qo‘shimcha qilgan u. AQSh AQSh davlat kotibi Entoni Blinken toliblarning yurishi «kutilganidan tezroq kechgani» haqida gapirgan. Ammo, uning fikricha, AQShning Afg‘onistondan olib chiqilishi qarori o‘zini oqlagan: «U yerda kuchlarimizni qoldirib ham status-kvoni (urushgacha bo‘lgan holat) saqlab qolish mumkinligi haqidagi g‘oya shunchaki yanglish fikr», degan Blinken CNN korrespondentiga. U AQShning endigi asosiy maqsadi — barcha amerikaliklarni mamlakatdan xavfsiz sharoitda olib chiqish ekanini qo‘shimcha qilgan. «Biz toliblardan hech narsa so‘ramadik . Biz agar ular bu jarayonga aralashsa, bizning tomonimizdan tezkor va qat'iy javob bo‘lishini aytdik». AQShning Kobuldagi ishonchli vakili Ross Uilson Yashil hududdagi Amerika elchixonasini tark etib, shahar aeroportiga kelgan. Aeroportga elchixona binosidan yechib olingan AQSh bayrog‘i ham keltirilgan, uni AQShga olib qaytishadi. Avvalroq AQSh prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod AQSh fuqarolari to‘liq evakuatsiya qilinmaguncha, «Tolibon» jangarilari Kobulga kirmasligini talab qilgandi. CNN manbasi xabariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar elchixonasining barcha xodimlari olib chiqilishi 17 avgust kuni tongda yakunlanishi rejalashtirilgan. Download 295.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling