Universiteti "tasdiqlayman"


 Korpus va kompyuter lingvistikasining farqli jihatlari


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet155/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

4. Korpus va kompyuter lingvistikasining farqli jihatlari 
Kompyuter va korpus lingvistikasi bir-biriga oʻxshash va ba'zi hollarda bir 
xil degan notoʻgʻri qarashlar uchrab turadi. XX asrning 90-yillari birinchi yarmida 
korpus tilshunosligi til toʻgʻrisidagi fanning alohida qismi sifatida shakllandi. Shu 
bilan birga, u kompyuter tilshunosligi bilan yaqindan hamkorlik qiladi, uning 
yutuqlaridan foydalanadi va, oʻz navbatida, uni boyitadi. 
Bir guruh olimlar korpus lingvistikasini kompyuter tilshunosligining tarkibiy 
qismi sifatida baholashadi: korpus tilshunosligi kompyuter texnikasi yordamida 
tilshunoslik korpusini qurish va ulardan foydalanishning umumiy tamoyillarini 
ishlab chiqadigan birliklarni yaratiladigan kompyuter tilshunosligi. Shu bilan birga, 
odatda, kompyuter asbob-uskunalari, dasturlari, tashkilotning kompyuter 
texnologiyalari va ma'lumotlarini qayta ishlashning keng doirada ishlash 
mexanizmini modellashtirish tarzida tushuniladi. 
Kompyuter tilshunosligi korpus tilshunosligi uchun vositalarni (ya'ni 
dasturlarni) yaratadi. Shu ma'noda ular bir-birini toʻldiradilar. Masalan, korpus 
tilshunoslari korpusda soʻzlarni avtomatik tarzda belgilash uchun maxsus 
vositalarga muhtoj. Agar yuz milliondan ortiq foydalanadigan matn birligi mavjud 
boʻlib, har bir soʻz uchun nutqning bir qismini belgilash kerak boʻlsa, bu jarayonni 
toʻlaligicha qoʻlda amalga oshirib boʻlmaydi, shu bois tizimli dasturiy ta'minot 
talab qilinadi. Unga koʻra soʻzlarni tasnifiy belgilariga koʻra belgilash avtomatik 
ravishda amalga oshiriladi. 
Kompyuter tilshunosligini qoʻllashning ayrim jihatlari quyidagilar: 
1. avtomatik tarjima; 
2. autentik va yarim-autentik matnlardan avtomatlashtirilgan ma'lumotlarni 
olish; 
3. inson va mashina oʻrtasida qulay interfeyslarni yaratish; 
4. tabiiy tillarda aloqaning kantitatif tavsifi. 


223 
Shu bilan birga, kompyuter tilshunosligi “odatda, kompyuter vositalari 
(dasturlari, ma'lumotlarni tashkil qilish va qayta ishlash uchun kompyuter 
texnologiyalari)ni muayyan sharoitlarda, vaziyatlarda, muammoli sohalarda va 
tillardagi modellarning koʻlamini nafaqat tilshunoslikda, balki boshqa fanlarga 
ham qoʻllashni nazarda tutadi”. Korpus tilshunosligi kompyuterni aniq vosita 
sifatida ishlatadi va ularsiz, albatta, u bajaradigan vazifalarni bajarolmaydi.
Korpus tilshunosligi oʻz materiallarini yaratadi, anirogʻi, uni mustaqil 
ravishda tuzadi. Bu esa, mustaqil tilshunoslikni oʻz ichiga oladi – u ishlatilgan 
ogʻzaki materiallarning oʻziga xos xususiyati va vositalari, ya'ni korpuslar tahlili 
uchun dasturlarga egadir. Ilm-fanning mustaqilligi tahlil materiallari yoki tadqiqot 
usullari mavjudligi bilan belgilanadi. Korpus tilshunosligi unisiga ham, bunisiga 
ham ega . 
Korpus lingvistikasiga tilshunoslikning lisoniy korpuslar yaratish va ulardan 
foydalanishni oʻrganadigan boʻlimi sifatida qaraymiz va bu tanlab olingan matnlar 
asosida ifodalangan tillarni oʻrganish demakdir. Ba'zi olimlar esa korpus 
lingvistikasini kompyuter lingvistikasi qamrovidagi soha deya e'tirof etishadi: 
Korpus lingvistikasi – kompyuter lingvistikasi boʻlimi boʻlib, kompyuter 
texnologiyalari yordamida til korpuslarini yaratish va qoʻllash muammolari bilan 
shugʻullanadi. “Kompyuter lingvistikasi – kompyuter texnologiyalardan til 
faoliyatlarini modellashtirishda ma'lumotlar yigʻish, saralash va keng koʻlamda 
foydalanishdir. Ba'zi muammoli vaziyatlarga koʻra, tilning kompyuter modeli 
nafaqat tilshunoslikda, balki u bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan fanlarda ham 
qoʻllash nazarda tutiladi” .
A.N.Baranov ta'kidlaganidek, “kompyuter lingvistikasiga tilga asosiy urgʻu 
berilmasdan, balki eng soʻnggi oʻrinlarda e'tibor qaratilib, bunda tilning kompyuter 
modellashtiruvi tilshunoslik sohalaridagi programmalashtirishga oid texnik 
ta'minot nazariyalarigagina ahamiyat beriladi”. Korpus lingvistikasi esa 
kompyuterlardan vosita sifatida foydalanadi. Tan olish kerakki, agar kompyuterlar 
boʻlmaganida u hozirdagi faoliyatini amalga oshira olmas edi. Fanlarning 
taraqqiyoti natijasida korpus lingvistikasi barcha fanlarda tatbiq etiladi, lekin bu 
orqali ushbu fanlar kompyuter sohasi (computer science)ning bir qismi boʻlib 
qolmaydi. 
Zamonaviy tilshunoslikda har ikkala fanning oʻrganilish darajasi va mazkur 
sohalar boʻyicha dunyo olimlarining izlanishlari va ilmiy qarashlariga tayangan 
holda kompyuter lingvistikasi korpus lingvistikasidan quyidagi xususiyatlariga 
koʻra keskin farqlanishi boʻyicha xulosalar chiqarildi: 
1. nomlanishidagi farq; 
2. mazkur ikki sohaning belgilangan maqsadlari jihatidan: 


224 
a) kompyuter lingvistikasi tilga oid programmalarni ishlab chiqishni oʻz 
oldiga asosiy maqsad qilib qoʻyadi. Ta'kidlash joizki, bu bevosita tilshunoslik 
oldidagi muamolarni hal etishga qaratilmagan; 
b) korpus lingvistikasi esa, fanning maqsadi sifatida mavjud tilning 
korpusini yaratish va uning yordamida tildagi soʻzlar, iboralar hamda boshqa 
lisoniy birliklarning qoʻllanilish chastotasini aniqlashni belgilab qoʻygan. Bu esa 
korpus lingvistikasini aynan tilshunoslikka oid ekanligini koʻrsatadi. 
3) kompyuterning barcha fanlarda foydalanish oʻrni va ahamiyati 
tomonidan: 
a) kompyuter lingvistikasida kompyuter qurilmalari asos boʻlib, ushbu 
fandagi barcha izlanishlar kompyuterlar va ularning afzalliklarini oshirishga 
qaratiladi; 
b) korpus lingvistikasi esa kompyuter qurilmalaridan faqatgina vosita 
sifatida foydalanadi, bunda matnlarni yigʻish va saralash amaliyotlarini bevosita 
ular yordamida amalga oshiradi. 
Har qanday yuksalayotgan fan oʻz amaliyotida kompyuterlar taraqqiyotining 
yutuqlaridan foydalanadi, lekin ushbu fanlar (korpus lingvistikasi, kompyuter 
lingvistikasi, 
kompyuter 
matematikasi, 
kompyuter 
fizikasi) 
kompyutershunoslikning bir qismi sifatida qabul qilinishi joiz emas. Mazkur fanlar 
tahlil ob'ektini tadqiq etishda kompyuterdan vosita sifatida foydalanadi, xolos. 
Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, korpus 
lingvistikasi kompyuter lingvistikasining alohida bir qismi yoki boʻlimi emas. Ular 
yoʻnalish hamda tadqiqot ob'ekti, maqsad va muammolari turlicha boʻlgan 
mustaqil fanlardir. 

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling