Universiteti "tasdiqlayman"
Download 5.09 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sotsiolingvistika
SOTSIOLINGVISTIKA
Sotsiolingvistika (lot societas — jamiyat va lingvistika) — tilshunoslik, sotsiologiya (jamiyatshunoslik), ijtimoiy psixologiya va etnografiya fanlari tutashmasida rivojlanuvchi va tilning ijtimoiy tabiati, uning ijtimoiy vazifalari, tilga taʼsir koʻrsatish mexanizmi hamda tilning jamiyat hayotida tutgan oʻrni bilan bogʻliq koʻplab muammolar majmuini oʻrganuvchi ilmiy nazariy soha hisoblanadi. Ushbu muammolarning ayrimlari („til va jamiyat“) umumiy tilshunoslik doirasida ham oʻrganiladi. Sotsiolingvistikaning fanlar aro maqomi u foydalanadigan tushunchalar majmuida namoyon boʻladi. Sotsiolingvistika – tilning jamiyatdagi xizmatini o`rganish sohasidir, u tilning jamiyatdagi o`rni va xizmati, uning qo`llanilishdagi xususiyatlarini ilmiy tadqiq etadi. Sotsiolingvistika tillarning jamiyatda qo`llanishiga ko`ra rasmiy, davlat,elat, kabilar tillariga ajratadi.Odatda umumiy tillar rasmiy va davlat tili deb eʼlon qilinadi. Baʼzi davlatlarda 2-3 dan ortiq tillar rasmiy til deb eʼlon qilingan Tadqiq metodlari tilshunoslik yoʼnalishini belgilashi va ilmiy maktab koʼp hollarda metod nomi bilan atalishi sababli “qiyosiy-tarixiy tilshunoslik”, “Naturalistik tilshunoslik”, “Komparativistika”, “Geneologik tilshunoslik”, “Formal tilshunoslik”, “Funksional tilshunoslik”, “Аreal tilshunoslik”, “Struktur tilshunoslik”, “Deskriptiv tilshunoslik”, “Matematik tilshunoslik”, “Kompyuter tilshunosligi”, “Psixologik tilshunoslik” (psixolingvistika) kabi yoʼnalishlarga bagʼishlangan ish va fayl-u saytlarda shu yoʼnalish uchun yetakchi boʼlgan tadqiq metodlari haqida maʼlumot olish mumkin. Yana shuni eslatib oʼtish lozimki, maʼlum bir lingvistik tadqiq metodini oʼzlashtirish tilshunoslikning maʼlum bir yoʼnalishini mukammal oʼzlashtirish bilan barobar. Buning uchun u ma'lum bir jamoada foydalanishning haqiqiy holatlarini tekshiradi, shaxslarning og'zaki ravishda qanday munosabatda bo'lishlarini va ba'zi kodlar va idiomatik qoidalarni baham ko'rishini tahlil qiladi. 215 Barcha jamiyatlarda nutqning o'ziga xos uslubi mavjud bo'lib, bu o'z navbatida suhbatdoshlarning yoshi, jinsi, tayyorgarlik darajasi va ijtimoiy sinfiga qarab o'zgaradi. Download 5.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling