Universiteti "tasdiqlayman"
Download 5.09 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pijin tillar
- Sunʼiy tillar
- Ijtimoiy lingvistikaning xususiyatlari
Mahalliy tillar
Kam sonli aholiga xizmat qiladigan tillardir. Mahalliy tillar o‘z yozuviga ega emas. Bunday tillar faqat og‘zaki shaklda mavjud bo‘lib, aholining kundalik aloqa- munosabat ehtiyoji uchun xizmat qiladi. Kreol tillar Yevropa mustamlakachilarining afrikaliklar, Sharq mamlakatlari xalqlari va Amerika hindulari bilan muloqoti natijasida mahalliy aholi tillariga Yevropa tillari (fransuz ingliz portugal) xususiyatlarining singishidan hosil bo‘lgan tillardir. Masalan, Amerikadagi Gaiti oroli mahalliy aholisi tilining fransuz tili bilan aralashuvi natijasida giti-kreol, Lotin Amerikasidagi mahalliy aholi tili bilan ispan tilining aralashuvidan ispan-nauatal kreol tili hosil bo‘lgan. Kreol tillarning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ularda birdan ortiq tilning o‘ziga xos xususiyatlari yaxlit holda namoyon bo‘ladi. Pijin tillar Ham Yevropa tillari bilan mahalliy tillarning aralashuvidan yuzaga keladi. Lekin pijin tillarida so‘zlashadigan jamiyat yo‘q (kreol til jamiyat uchun aloqa- munosabat vositasi sifatida xizmat qiladi). Pijin tillardan port shaharlarida ikkinchi til sifatida foydalaniladi. Sunʼiy tillar Maxsus yaratilgan xalqaro tillardir. Polyak olimi L. Zamengof tomonidan yaratilgan esperanto tili sunʼiy til hisoblanadi. Bu tilning lug‘aviy asosi Yevropa tillaridan olingan, grammatikasi agglyutinativ xarakterda, grafikasi lotin yozuvi asosida. Bu tilda mashhur asarlar tarjima qilingan. Radio eshittirishlar ham tashkil qilingan. Bu tilning keyingi taqdiri muayyan davr bilan bog‘liq. Sotsiolingvistika til va jamiyat munosabatlarini tahlil qilar ekan, umumiy va xususiy qonuniyatlarga tayanadi. Ijtimoiy lingvistikaning xususiyatlari Sotsiolingvistika tilni uni ishlatadigan kishidan mustaqil ravishda mavhum tizim sifatida emas, balki ijtimoiy va madaniy hodisa sifatida tahlil qilish bilan tavsiflanadi. Buning uchun u tillarni va nutq uslubini ular mavjud bo'lgan sharoitda, hayotiy vaziyatlarda o'rganadi va diqqatini sharoitga qaratadi. Shu tarzda ushbu fan ijtimoiy, xususan antropologiya va sotsiologiya bilan aloqada bo'lib, ular bilan shu kabi tadqiqot metodologiyalarini baham ko'radi. 217 Sotsiolingvistika bilimlari birinchi va ikkinchi tillarni o'rganishni osonlashtirish uchun ishlatilgan, chunki ijtimoiy sharoit bu jarayonning asosiy elementi hisoblanadi. Masalan, odam kattalar bilan bolaga o'xshab gapirmaydi. Shuningdek, siz suhbatlashayotgan mavzuga yoki ko'chada do'stlaringiz bilan yoki ish joyida mijozga xizmat ko'rsatayotganingizga qarab, tilni o'zgartiradi. Download 5.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling