Universiteti zamonaviy iqtisodiyot fanidan 2-mustaqil ish mavzu: Zamonaviy iqtisodiyotda biznes va tavakkalchilik


Biznesni muvaffaqiyatli olib borishga ko`maklashuvchi tadbirkorlikning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat


Download 71.74 Kb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi71.74 Kb.
#1524080
1   2
Biznesni muvaffaqiyatli olib borishga ko`maklashuvchi tadbirkorlikning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat 1.Mulk sohibi bo`lish. Tadbirkorlar resurslar yoki mahsulotlarning egasi bo`lishi kerak. Ular o`z mulkiga tayanib yoki o`zga mulkini ijaraga olib ishlaydi.
2. Foyda olishga intilish. Tadbirkorning boyishdan iborat iqtisodiy maifaati bo`lib, unga foyda olish orqali erishiladi.
3. Iqtisodiy erkinlik. Tadbirkor bozorga qarab nimani, qancha, qanday texnologiyada ishlab chiqarishni, yaratilgan tovarni kimga, qachon va necha pulga sotishni, qaysi bank bilan aloqa qilishni, o`ziga sherik topishni, xullas, har qanday iqtisodiy faoliyatni hech bir toifasiz, o`z bilganicha amalga oshiradi.
4. Iqtisodiy mas'uliyat. Tadbirkor mas'uliyatni o`z zimmasiga olib, ko`rgan foyda-zarariga o`zi javob beradi.
5. Iqtisodiy tavakkalchilik. Tadbirkor tavakkal qilib, `yo ustidan, yo ostidan` degan qabilida ish tutadi, iqtisodiy xavf-xatarni zimmasiga olib, chuv tushib qolishdan qo`rqmaydi.
Qonun-qoidalarga rioya qilish. Tadbirkor sa'y-harakatlarining o`z qoidalari bor, ularga itoat qilish ham farz ham qarz hisoblanadi.
Raqobat ko`rashida qatnashish. Tadbirkor har doim boshqalar bilan `kim o`zadi` qoidasiga ko`ra bellashuvi shart.
Tadbirkorlik siri. Biznes ishida texnologiya, yangi tovar yaratish, bozor topish, narx belgilash, kontrakt tuzish va boshqalar sir saqlanadi.
Halollik bilan ish yuritish. Tadbirkorlik halol yo`l bilan pul topishga asoslanish zarur. qalloblik, g`irromlik va aldamchilik uning tabiatiga zid. Masalan, Hazrati Muhammad (s.a.v.) odamlarga `halol yo`l bilan nafaqa topinglar` deb marhamat qilganlar. Shu sababli `halol top` degan qoida tadbirkorlikka ham xos bo`lgan.
O`zbekiston qonunlariga ko`ra tovar ishlab chiqaruvchilar iste'molchilarning tovar sifatiga bo`lgan talabini qondirishi, tovar sifatini kafolatlashi shart. Davlat shu qonunlar ijrosini nazorat qiladi.
`Davlat iste'molchilarning tovar (ish, xizmat) sotib olish va undan foydalanish chog`idagi huquqlari hamda qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi`.
Nufuz (imij)ga ega bo`lish. Nufuz halq orasida, tadbirkorlar doirasida obro`-etiborli bo`lishni bildiradi. Tadbirkor o`z sha'nini avaylashi, firma nomini e'zozlab, unga dog` tushirmasligi, yaxshi nom chiqarishi shart.
Tadbirkorlikda o`z-o`zini boshqarish tartibi bor. Davlat firma ishiga aralashmaydi, balki iqtisodiy siyosati bilan tadbirkorlarga ko`maklashadi, qonunlar orqali tadbirkorlik uchun sharoit yaratadi. Masalan, O`zbekiston Respublikasining qonunlariga ko`ra davlat tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlaydi, tadbirkorlar mulkinipg daxlsizligiii ta'minlaydi.
Bozor iqtisodiyotining turli mulk shakllariga asoslanishini tadbirkorlikda yaqqol ko`rish mumkin. Insonga naf keltiruvchi har qanday ne'matlar albatta kimningdir mulki. Faqat hech kimga kerak bo`lmagan narsaning egasi yo`q. Bozor iqtisodiyoti kerakli narsani yaratib, uni bozor orqali iste'mol etishga asoslanar ekan, u albatta mulkchilikni talab qiladi.
Mulk moddiy va maishiy boyliklarni qonuniy ravishda va belgilangan tartibda kishilar tomonidai o`zlashtirish shaklidir.
O`zlashtirish tartibini mulkiy huquq belgilaydi, u kimning mulkdor bo`lishi, mulkdan, foydalanish qoidalari, mulkni davlat tomonidan kafolatlash kabilarni belgilab qo`yadi. O`zbekistondagi mulk Respublika Konstitutsiyasi va `Mulkchilik to`g`risida`gi qonunga binoan boshqariladi.
Tadbirkorlar mulkiy munosabatning sub'yekti, ya'ni ishtirokchisi bo`ladilar. Ular mulk qilib o`zlashtiradigan narsalar yer, bino, inshoat, asbob-uskunalar, mashina-mexanizmlar, yaratilgan tovarlar, ilmiy g`oyalar, loyihalar, tovar belgilari va boshqalardan iborat. Bular mulkiy munosabatlarning ob'yektidir. Mulkning uch bosqichi bor:
a) egalik qilish;
b) foydalanish (ishlatish);
v) tasarruf etish.
Ularning yaxlitligi mulkchilikni yaratadi. Tadbirkorlarning mulkiy maqomi ikki yoqlama bo`lib, birinchidan, ular o`z mulkiga tayanib ish yuritadilar, ya'ni moddiy resurslar va yaratilgan tovarlar ularning o`ziniki. Ikkinchidan, ular o`zgalar mulkini ijaraga olib ham faoliyat yuritadilar, bunda mulkka vaqtinchalik egalik qiladilar va mulkdan foydalanadilar, ammo uni tasarruf etib xo`jayinlik qila olmaydilar. Baribir, har ikki holda ham yaratilgan tovarlarning egasi tadbirkor bo`lib qolaveradi. Tadbirkor o`z mulkidan naf ko`rishi shart, shundagina uning iqtisodiy manfaati yuzaga chiqadi. Tadbirkor o`z mulkini ishlatib foyda topadi, o`z mulkini qimmatiga sotib, daromad ko`radi, o`z mulkiga tayanib mehnat qiladi va shu yo`l bilan pul topadi va, nihoyat, u o`z mulkini merosga qoldiradi yoki xayr-ehson yo`lida hadya qiladi. Mulkni qanday ishlatishni tadbirkor o`zi hal qiladi, ya'ni buning eng maqbul yo`lini o`zi tanlab oladi. Tadbirkor o`z mulkidan naf ko`rgani uchun mulkiy mas'uliyatni, ya'ni mulkni oqilona ishlatish javobgarligini zimmasiga oladi.
Tadbirkor biznes boshlashda nimalarni bilish kerak U eng avvalo, tadbirkorlik faoliyatini qanday amalga oshirishni, qanday sharoitda amaliy harakat qilishni, tadbirkor oldida uchraydigan to`siqlarni hal qilish yo`llarini va qanday yutuqlarga erishishni bilishi kerak. Tadbirkor - ishlab chiqarishni tashkil etishni hamda mahsulotni sotishni, bozor munosabatlari sharoitida yuzaga keladigan aniq sharoitlarni baholashni va to`g`ri yo`l tanlashni bilishi kerak. Hyech kim, hech qachon tadbirkorga nima qilishni o`rgatmay va og`ir paytdlarda yordamga kelmaydi. Har bir tadbirkor faqat o`z kuchiga, bilimiga va zakovatiga ishonishi va suyanishi lozim.
Tadbirkorlikdagi muhim omil bu tadbirkorning shaxsiy xususiyatlaridir. Tadbirkor bo`lishi uchun tashki holatdan tashqari faqat shaxsan o`ziga bog`liqlik tomonlari borki, sarmoya va huquqiy muhit to`la mavjud bo`lganda ham busiz u haqiqiy tadbirkor bo`la olmaydi. Bu uning ishbilarmonlik, tijorat qobiliyatidir.
Ishbilarmonlik juda keng tushunchaga ega. Bu avvalo, nazariy va amaliy bilimlar yigindisi bo`lib, bunda birinchi navbatda, iqtisodiyot asosini, aynan bozor iqtisodiyotini bilish zarur. Ma'lumki, iqtisodiyotni tushunmay, bozorning farkiga bormay turib tadbirkor bo`lish mumkin emas.Tadbirkorlar bozor iqtisodiyotining ijodkorlaridir. Chunki ular oddiy ijrochi emas, balki bozor iqtisodiyoti, uning munosabatlari, mexanizmlariga ijobiy yondashuvchilar, rivojlantiruvchilardir, bozor to`g`risidagi tushunchani kengaytiruvchi, uning turliligini ta'minlovchi real holatini boyituvchi shaxslardir.
Bozorni o`z vaqtida sezib borish, uning holatini oldindan kura bilish, bozorning ertangi talab darajasida ish kurish xar tomonlama bilimdon, sezgir, o`tkir bo`lishni talab etadi. Bu aholi turmush darajasi, daromadlar harakati, turli tabaqadagi aholi talabining o`zgarib borishini oldindan bilish va barcha ishlab chiqarish, tijorat faoliyatini shu holatga moslashgan holda o`zgarib borish uchun intilish demakdir.
Buning uchun tadbirkor xar tomonlama bilimdon bo`lmog`i zarur. Shundagina u mazmunan ishbilarmon bo`lishi mumkin. U zamonaviy texnika, texnologiya, tashkilotchilik, bilimdonlik darajasida bo`lmasa, orqada koladi, rakobatga bardosh bera olmaydi va bozor ishtirokchisi sifatida yuqori darajaga erisha olmaydi. Tadbirkor ish yuritish sohasida barcha omil, chora-tadbir, voqyealikka bir xil munosabatda bo`lib, hammasini o`z diqqat markazida tuta bilish qobiliyatiga ega bo`lishi kerak.
Tadbirkor shakllanishiga bir qator omillar ta'sir etadi - ma'lumoti, xarakteri, oilaviy ta'sir, oldingi ish va hayotiy tajribasi, o`z ishiga munosabati, rejalari va h.k.
Bozor iqtisodiyotini shakillantirish jarayonida yuqori malakali tadbirkorlarga ega bo`lish uchun ma'lum ishlarni amalga oshirish kerak. Bu avvalo mutaxasislar tayyorlash, o`qitish va o`qish jarayonlarni shunga moslashtirish demakdir.
Mamlakatimizda bu sohada juda katta ishlar olib borilmoqda va mutaxassislar tayyorlashda muhim o`zgarishlar yuz bermoqda. Tadbirkor-biznesmenlar tayyorlash kengaytirilmoqda, yetakchi mamlakatlarda o`qishga minglab yoshlar yuborilmoqda. O`qish, o`qitish, mutaxassislar tayyorlash tizimi bozor talabi asosida qayta ko`rilmoqda.
Tadbirkorga xos xususiyatlardan biri uning madaniyatidir. Tadbirkorlik madaniyatini asosiy belgilari sifatida quyidagilarni ko`rsatishimiz mumkin:
1. Tadbirkorlik madaniyati - bu madaniyat omillarini hamma yo`nalishlari bo`yicha zamonaviy tashkil qilish (moddiy va ma'naviy);
2. Bu madaniyatning ayrim elementlari rivojlanishi bo`yicha g`oya, maqsad, vazifalarning bir-biriga mos kelishi;
3. Tadbirkorning amaldagi qonunchilik doirasida faoliyat yuritishi;
4. Tadbirokrning ijtimoiy-iqtisodiy, texnikaviy, zamonaviy ilm-fan yutuqlariga tayanishi;
5. Tadbirkor o`z faoliyatida xodimlarini va hamkorlarini eng qadrli kishilari sifatida qabul qilishi kerak;
6. Tadbirkor har doim kelajakka ishonch va umid bilan qolganlarni o`ziga ham ishontira olishi lozim.
Maqsadga erishish uchun tadbirkorga korporativ madaniyatning ahamiyati beqiyosdir. Tadbirkorlik faoliyatida o`z biznesini boshqarish - bu korporativ madaniyatni rivojlantirishdir. Tadbirkorning korporativ madaniyatni boshqarish pog`onalari quyidagichadir:
1. Madaniyatning rivojlanish an'analari va holatini tahlil qilish;
2. O`rganilayotgan davrda mavjud muammolarni aniqlash;
3. Paydo bo`lgan muammolarning obyektiv va subyektiv omillarini aniqlash;
4. Mavjud muammoning yechimini topadigan imkoniyatlar va yo`llarini ko`rsatish;
5. Chuqur o`rganilgan va tahlil etilgan mulohazalardan foydalanish.
Tadbirkorlik faoliyatini aksiyadorlik mulki shaklida ham, jamoa mulki shaklida ham, xususiy (yakka) mulk shaklida ham amalga oshirish mumkin. Birok aksiyadorlik mulki shakli va jamoa mulki shakli doirasida uni tashabbus ko`rsatish, qarorlar qabul qilish va o`z faoliyati uchun javobgarlik masalalarida xodimlar va menejerlarga xususiy mulk egasi imkoniyatlari qanchalik darajada berilishiga bog`liq ravishda amalga oshirish mumkin.
Savdo, maishiy xizmat, mahalliy sanoat, ijtimoiy sohalar korxonalarini davlatnikidan xususiyga aylantirish jarayoni ancha qiyin o`tdi. Bu yerda avval xususiylashtirish yiriklashtirilgan ishlab chiqarish bo`limlari bo`yicha bajarildi, ularning zaminida ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlari tuzildi.

Foydalanilgan Adabiyotlar.


1. "Iqtisodiyot bakalavri".
Rossiya iqtisodiyot akademiyasi. G.V. Plexanov, Kadrlar malakasini oshirish markazi.
2. Borisov E.F. Iqtisodiyot asoslari. - M.: Huquqshunos, 2005.
3. Voloxov V.I. Rossiya iqtisodiyoti. - M., 2007 yil.
4. Iqtisodiyot nazariyasi kursi: Ma'ruzalar / Jami. Tahrirlangan E.I. Lobkovich. - M.: 2007 yil.
5. Iqtisodiyot nazariyasi asoslari bo'yicha darslik (tahr. V.D.Kamaev). - M., 2006 yil.
6. Iqtisodiyot. Darslik (tahr. A.S.Bulatov). - M., 2002 yil.
7. Iqtisodiy nazariya (siyosiy iqtisod). Qo'llanma... - M., 2005 yil.
Download 71.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling