Universiteti ziyamuxamedova sabohat abdullayevna bolalar gigiyenasi


Download 396.96 Kb.
bet2/110
Sana23.09.2023
Hajmi396.96 Kb.
#1686267
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Bog'liq
Oʻzbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi oʻz-fayllar.org

_____________________________ 



3
KIRISH 


Ushbu o’quv qo’llanma maktab yoshigacha bo’lgan bolalar uchun tuzilgan
bo`lib, gigiena va bolalar gigiyenasi kursining ma’ruza va amaliy mashg`ulotlarida
asosiy qo`llanma vazifasini o`taydi. Talabalar amaliy mashg`ulotlar davomida
bolalar organizmining anatomik-fiziologik xususiyatlari, ularni tekshirish, to`g`ri
parvarish qilish, ovqatlantirish va bolalar bog`chasi, uning maydoni, binosi,
xonalari, jihozlari, rejim, sog`lik holati, jismoniy etuklik, jismoniy tarbiya,yoshga
oid sport turlari, sportbilan shug’ullananish xonalarining gigienik qoiadalari,
ovqatlanish, musobaqa davri va mashq davriga alohida yo’naltirilgan ovqatlanish
ratsioni va uning gigienik me’yorlari, bolalar uchun zarur bo’lgan energiyaning
gigienik me’yorlari, bolalarning yoshiga qarab uchrydigan kasalliklar va ularni
oldini olish va boshqa shu kabi qator vazifalar gigiyenik tomondan chuqur tahlil
qilinadi.
Bolalar sporti gigiyenasi shuni , u atrof-muhitning o'sayotgan organizmga
ta'sirini o'rganadi va shu asosda sog'liqni saqlashni va mustahkamlashni bola
faoliyatining eng yaxshi darajasini va organizmni yayrab rivojlanishini
ta'minlaydigan sharoitlarni yaratishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqadi.
Bolalar
sporti
gigiyenasining
asosiy
maqsadi

bolalar
sog'lig'i
muvofiqlashtirilgan kun tartibini ishlab chiqishdan iborat. Bunga jismoniy tarbiya,
maktabgacha tarbiya, chiniqtirish, maktabda ta'lim-tarbiyani gigiyenik nuqtayi
nazardan tashkil qilish, mehnat, dam olish, ovqatlanish va hokazolarni tashkil
etish, inson umrini uzaytirish, mehnat qobiliyatini saqlash, tetik va quvnoq bo'lish
uchun ko'pgina masalalarni hal qilish kiradi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tarbiyalashning yagona usulini
saqlash maqsadida avalgi tajribalar, mahalliy sharoit va imkoniyatlarni hisobga
olgan holda bolalar muassasalarining 2 tun: yasli va bolalar bog'chasini yagona
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kombinatiga birlashtiriladi. Bundan
tashqari, yasli va bog'cha yoshidagi bolalarga oid tibbiy va pedagogika masalalar
bir-biri bilan shu qadar bog'lanib ketganki, faqat gigiena fani mutaxassisi bilan


4
pedagog hamkorlikda ishlagan taqdirdagina tarbiyaviy ishni to'g'ri amalga oshirish


mumkin bo'ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar, ularga mo'ljallangan muassasalar xodimlari
bola organizmi chidamliligini susaytirib yuboradigan barcha salbiy hodisalarning
avj olib ketishiga yo'l qo'ymasliklari kerak. Agarda bosh miya po'stlog'i muayyan
qo'zg'aluvchanligi buzilishlarining va ruhiy zo'riqishning oldini olish qiyin bo'lsa, u
holda salbiy ta'sirlarni iloji boricha muddatini qisqartirish va susaytirish mumkin.
Masalan, bola yasliga berilar ekan, unga asta-sekin o'rgata borish foydali bo'ladi,
dastlab bolani yaslida tushgacha qoldiriladi, kunduzi uxlab qolgandan keyin olib
ketiladi va h.k. Shunday qilib, bola uchun ancha qiyin bo'lgan dastlabki haftada
bolalar muassasasida bo'lish muddatini kamaytirish bilan ko'nikish hosil qilish
mumkin. Bolalar
kombinatida bolalarning ma'naviy-ruhiy
va jismoniy
rivojlanishiga asos solinadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar katta yoshli
bolalarga qaraganda yuqumli kasalliklarga tez-tez chalinadilar. Shuning uchun
ham, bolalar kombinati tarbiyachilari, tibbiyot xodimlari sanitariya-gigiyena
qoidalariga va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarga juda mas'uliyat bilan
qarashlari kerak.
Mana shu vazifani ado etish turmush tarzining hamma jabhalarini
takomillashtirish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, jismoniy tarbiya,
sport turlari bilan shug'ullanishni odat tusiga aylantirishga bog'liq.
Maktab yoshidagi bolalar tez o'sib, a'zo va sistemalari rivojlana boradi. Maktab
o'quvchisining har tomonlama barkamol rivojlanishi, zuvalasi pishiq bo'lib o'sishi
uchun to'g'ri ovqatlanish, jismoniy tarbiya va keyinchalik kasb tanlashda gigiyena
qoidalariga ilmiy asosda yondashish talab etiladi.



5


Download 396.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling