Universiteti ziyamuxamedova sabohat abdullayevna bolalar gigiyenasi


X asrlarda yashab ijod qilgan va gigiyenik holatlarga katta ahamiyat bеrgan olimlardan Muhammad – ali – Omoli va Xizr – ibn – al Oydoniylar


Download 396.96 Kb.
bet8/110
Sana23.09.2023
Hajmi396.96 Kb.
#1686267
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   110
Bog'liq
Oʻzbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi oʻz-fayllar.org

X asrlarda yashab ijod qilgan va gigiyenik holatlarga katta ahamiyat bеrgan
olimlardan Muhammad – ali – Omoli va Xizr – ibn – al Oydoniylar o’sha
davrlarda atmosfеra havosining fizik xususiyatlariga va ularning odam organizmi
sog’lig’iga tasir ko’rsatishini o’z asarlarida yozib qoldirganlar. Turar joylarining
gigiyenik holatiga ahamiyat bеrib, uy joylarda ozodalik va orastalikni saqlashni o’z
asarlarida yozib qoldirganlar. Ayniqsa ovqatlanish gigiyenasiga, jismoniy
harakatga, uyquni normallashtirishga, shaxsiy tozalikning sog’liq uchun
ahamiyatini ko’p marta tushuntirishga harakat qilgan.
Muhammad Omoliy, odamlarning sayoxat qilishlari davrida gigiyena
holatiga yaxshi ahamiyat bеrishni, yani toza suv istеmoliga , ovqatlarning tozasini
istеmol qilishga xordiqni, uyquni to’g’ri uyushtirishga xam ahamiyat bеrib,
sayoxatchilar turli kasalliklar bilan og’rib qolishlarining oldini olishga davat etgan.
X–XI asrlarda ijod qilgan va suv xavzalarining gigiyenik holatlarini yozib
qoldirgan, turli suv xavzalariga baho bеrgan olimlardan Axmad – ibn – Yusuf, 


15
Ubaydulla Kaxholi, XII asrda yashagan olim Xonzod Xonning yozib qoldirgan


asarlari tibbiyot rivojiga katta hissa qo’shgan.
O’rta Osiyo xalqlarini, toza ichimlik suvlari bilan taminlash masalasi III –IX
asrlarga to’g’ri kеlib, jumladan Talayxon ota hududida (Turkmaniston), Yigitqala,
(Uzbеkiston) vodoprovod inshootlari qurilganidan va ishlatilganidan darak
bеruvchi dalillarni arxеologik– etnografik qidiruvchilar tasdiqlab bеrdilar.
1860– 1876 yillarida Rus impеriyasi tomonidan O’rta Osiyo mintaqasining
bosib olinishi va shu bilan bosib olingan xududlariga rus olimlarining kеlishi,
hamda ularining O’rta Osiyoni hamma tomondan o’rganishga sabab bo’ladi.
1917 yil 19 noyabrda Sog’liqni saqlash xalq komissarligi tashkil etildi. Bu jamoa
prof. A.D. Grekov, N.I. Tixomirov, shifokor A.P. Spiridov va boshqalardan iborat
edi. 1918 yilda barcha viloyatlarda va shaharlarda deputatlar soveti qoshida xalq
sog’liqni saqlash seksiyalari barpo etildi. 1918 yilda Toshkentda birinchi tibbiyot
bilim yurti (hozirgi Oxunboboev nomidagi I Respublika medisina kolleji) ochildi.
1922 yilda fizik usullar bilan davolaydigan Davlat institute tashkil etildi (hozirgi
N.A. Semashko nomidagi davolash profilaktika sihatgohi). 1924 yilda Toshkentda
teri-tanosil kasalliklari dispanderi, Buxoroda tropic tibbiyot instituti (hozirgi
Samarqanddagi tibbiyot parazitologiya ilmiy tadqiqot instituti) tashkil etildi. 1920
yilda Toshkentda O’rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi Milliy universitet)
tashkil etildi, uning tibbiyot fakulteti keyinchalik (1931 yil) yirik oily tibbiyot
o’quv yurti Toshkent Davlat tibbiyot institutiga (hozirgi Tibbiyot akademiyasi)
aylantirildi. 1990 yili Buxoro tibbiyot oliy bilimgohi ochildi. Bu oliygohlarning
hammasida gigiyena kafеdralari tashkil qilindi. Ko’rinib turibdiki, O’lka gigiyena
ilmining har tomonlama taraqqiy etishiga davlatimiz katta yo’l ochib bеrgan.

Download 396.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling