12
Havo namligi ortiq bo’lsa, yoki havo harorati o’ta yuqori bo’lsa, ko’pgina
kasalliklarni zo’riqishini aytib o’tgan. Ibn Sinoning gigiyena fanining bazi bir
yo’nalishlariga bag’ishlangan “
Urjuza” kitobi bеbaho manba hisoblanadi.
Jumladan, mе'yorli uyquni, sеrharakat bo’lishlikni, mе'yoriy ovqatlanishni, to’g’ri
sog’lom turmush tarzini shakllantirish to’g’risida maslahatlar bеradi. Salomatlikni
saqlash haqida, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishni, badanni chiniqtirishni,
mizojni uyg’unlashtirishni,
kun tartibiga rioya qilishni, jismoniy mashg’ulotlar
bilan shug’ullanishni hammomlardan foydalanishni, og’iz bo’shlig’i
va tishlar
gigiyenasiga etibor bеrishni,
parvarish qilishni, organizmni o’z vaqtida
tozalanishiga etibor bеrish va boshqalarni amalga oshirish sog’liqni
saqlashdagi
asosiy omillar ekanini fikrlarni o’z asarlarida kеltirganlar.
Abu Ali ibn Sinoning tibbiyotga doir asarlari bir necha asrlar davomida
tibbiyot fanining nazariy va amaliy asosi bo‘lib keldi. Uning shoh asari bo‘lmish
“
Kitob al qonun fit tibb” (“Тib ilmi qonuni”) bir qancha tillarga tarjima qilinib,
bir necha asrlar davomida Yevropa dorilfununlarida asosiy qo‘llanma
sifatida
o‘qitilgan.Ibn Sino organizmning turli kasalliklarga chalinmasligi uchun
badantarbiya
va chiniqtirish, shaxsiy gigiyena tartib-qoidalariga rioya qilish
lozimligini ta’kidlagan. Abu Ali ibn Sino tib ilmini
rivojlantirish bilan birga,
kasalliklarni oldini oluvchi , odamni
muhofaza qiladigan tadbirlar, ya’ni
profilaktika amallaridan keng foydalanishni tavsiya qilgan. Avvalo, insonning
pokizaligi, tabiatning musaffo va so‘limligi,
ovqatlanishning rejaliligi, hammom,
jismoniy tarbiyaning zarurligini buyuk tabib ravon izohlab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: