Universiteti ziyamuxamedova sabohat abdullayevna bolalar gigiyenasi


Download 396.96 Kb.
bet58/110
Sana23.09.2023
Hajmi396.96 Kb.
#1686267
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   110
Bog'liq
Oʻzbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi oʻz-fayllar.org

Epidemiologiyasi. Kasallik faqat odamga mansub. Infeksiya manbai, ya’ni
kasallik mikroblarini tarqatuvchi manba – bemor odam bakteriya tashuvchi
hisoblanadi. O‘zida kasallik belgilari bo‘lmagan, lekin organizmidan mikroblar
ajralib turadigan odam bakteriya tashuvchi  deyiladi.
Bakteriya tashuvchilar laboratoriya analizlari olish vaqtida aniqlanadi. Qorin
tifi mikroblari organizmdan najas va siydik bilan ajralib chiqadi. Kasallik avjiga
chiqqanda hamda tuzalish (rekonvalestsentsiya) davrida mikroblar nihoyatda ko‘p
ajraladi. Suv, oziq-ovqat, ro‘zg‘or anjomlari, iflos qo‘l vositasida mikrob sog‘lom
odam organizmiga og‘iz orqali tushadi. Kasalliklardan so‘ng turg‘un immunitet
hosil bo‘ladi, ya’ni odam qorin tifi bilan deyarli qayta kasallanmaydi.
Klinikasi. Kasallikning inkubatsion (mikrob organizmga tushganidan
kasallik alomatlari paydo bo‘lguncha o‘tgan) davri o‘rta hisobda 2 hafta. Odatda,
kasallik asta-sekin boshlanadi. Lohaslik, bosh og‘rig‘i, et uvishishi, uyqusizlik,


98
ishtaha yo‘qolishi kasallikning dastlabki belgilari hisoblanadi. Ular kundan-kunga


zo‘rayib boradi. Harorat ham asta-sekin ko‘tarilib, 4-5 kundan so‘ng 39-40
0
darajaga etadi va 1-2 haftagacha shu holatda saqlanib turadi. Bemorning labi va
og‘zi quriydi, tili qalin karash bilan qoplanadi. Qorni shishadi, uning o‘ng yonbosh
sohasida ko‘pincha quldirash aniqlanadi. Jigari kattalashadi. Kasallikning 8-10-
kundan boshlab, ko‘krak va qorin terisida uncha ko‘p bo‘lmagan (6-12 dona)
pushti rang dog‘lar paydo bo‘ladi. Ular barmoq bilan bosilganda yo‘qoladi. Nisbiy
bradikardiya (puls tezlashishining harorat ko‘tarilishiga mutanosib emasligi) ham
xarakterli. Kasallik normal kechganda harorat asta-sekin yoki to‘satdan pasayadi,
boshqa belgilar ma’lum fursatda yo‘qoladi. Ayrim hollarda kasallik qaytalanishi
yoki asorat qoldirishi mumkin. Ichak yarasi teshilib, peritonit rivojlanishi va qon
ketishi qorin tifining eng og‘ir asorati hisoblanadi. Ba’zan kasallik zo‘rayadi yoki
qaytalanadi.

Download 396.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling