99
berilmaydi, yutish uchun muz parchalari beriladi, qoringa ichiga muz solingan
xalta qo‘yiladi. S vitamin, vikasol, aminokapron kislotadan ukol qilinadi.
Ichak
teshilganida bemor operatsiya qilinadi.
Profilaktikasi. Qorin tifi profilaktikasida vodoprovod suvi bilan ta’minlash,
pashshaga qarshi kurash, shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish, xususan, ovqat
oldidan qo‘lni sovunlab yuvish muhim rol o‘ynaydi. Kasallik epidemiyasi ro‘y
bergan taqdirda, bemorni erta aniqlash maqsadida, hamshiralar uyma-uy tekshirib
yuradi. Bu ishga Qizil yarimoy jamiyati faollari ham jalb qilinadi. Bemor
kasalxonaga jo‘natilgach, uyi dezinfeksiyalanadi.
Kasallikka qarshi kurashda
vaksina bilan emlash ham muhim ahamiyatga ega. Respublikamiz sharoitida aprel,
may oylari emlash uchun qulay davr hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: