Universiteti ziyamuxamedova sabohat abdullayevna bolalar gigiyenasi


Download 396.96 Kb.
bet67/110
Sana23.09.2023
Hajmi396.96 Kb.
#1686267
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   110
Bog'liq
Oʻzbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi oʻz-fayllar.org

ANTROPOZOONOZ INFEKSIYASI
Infeksiya manbai hayvonlar hisoblanadi. Ulardan odamga yuqadigan
kasalliklar zoonozlar deb ataladi. Bu guruhga brutsellyoz, toun, tulyaremiya,
kuydirgi va boshqalar kiradi.
BRUTSELLYOZ 
Kasallikni brutsellalar qo‘zg‘atadi. Hozirgi vaqtda brutsellalarning 6 ta
asosiy turi ma’lum. Ko‘proq Br. Meletensis mayda hayvonlarda Br. abortus bovis


108
qoramollarda va Br. Abortussuis cho‘chqalarda uchraydi. Brutsellalar 60



da
qizdirilganda yarim soatdan keyin 80-85

da 5 daqiqadan keyin nobud bo‘ladi.
Quyosh nuri va dezinfeksiyalovchi moddalar ta’sirida tez nobud bo‘ladi.
Epidemiologiyasi. Kasal hayvonlar infeksiya manbai hisoblanadi.
Brutsellalar odam organizmiga og‘iz orqali yoki yaqin aloqa yo‘li bilan tushadi.
Ular kasal hayvonlar suti bilan bir necha yilgacha ajralib turadi. Bunday sutni
qaynatmay ichish kasallik yuqishiga sabab bo‘ladi. Brutsellalar hayvonlar
organizmidan siydik va go‘ngi orqali ham ajraladi. Kasal hayvonlar ko‘pincha
chala bola tashlaydi. Oqibatda, veterinariya xodimlari, cho‘ponlarga, qushxona
xizmatchilariga brutsellalar aloqa yo‘li bilan yuqadi. Brutsellyoz kasal odamdan
boshqa odamga yuqmaydi.
Klinikasi. Kasallikning inkubatsion davri 1-4 hafta. Kasallik kechish
muddatlariga va belgilariga ko‘ra, turli-tuman ifodalanadi. Unda harorati
ko‘tarilishi, titroq bosishi, qattiq terlash, jigar va taloq kattalashishi kuzatiladi.
Isitma ancha uzoq vaqt davom etadi. Isitma egri chizig‘i ko‘pincha to‘lqinsimon
bo‘ladi. Gavda haroratining yuqori bo‘lishiga qaramay, umumiy intoksikatsiya
unchalik ifodalanmaganligi brutsellyoz uchun xos xususiyatdir. Kasallikning
surunkali shakllarida tayanch-harakat apparati (qo‘l-oyoqlar) bo‘g‘imining
jarohatlanishi kuzatiladi. Bemorlar, shu sohalarda og‘riqdan, harakat
cheklanganligidan shikoyat qiladilar. Qo‘ltiq osti va chovdagi limfa bezlari
ko‘pincha kattalashadi. Vaqtida davolanmasa nogiron bo‘lib qolish mumkin.

Download 396.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling