Universiteti ziyamuxamedova sabohat abdullayevna bolalar gigiyenasi


Download 396.96 Kb.
bet68/110
Sana23.09.2023
Hajmi396.96 Kb.
#1686267
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   110
Bog'liq
Oʻzbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi oʻz-fayllar.org

Diagnozi. Bilakdan 5-10 ml qon olib, maxsus muhitga ekiladi, bunda
brutsellalar gemokulturasini olish mumkin. Bu uzoq vaqt talab qiladi. Amalda
ko‘proq serologik reaksiyalardan Rayt va Xeddelson reaksiyalari qo‘yiladi.
Keyingi yillarda shu printsipga asoslanib, RPGA va RSK reaksiyalari ham
qo‘llanilmoqda. Allergik reaksiyalardan Byurne reaksiyasi qo‘llanadi. Bemorning
bilak terisi orasiga 0,1 ml brutsellin yuborilib, 48 soatdan so‘ng natijasi ko‘riladi.
Musbat reaksiyada qilingan joy atrofi qizarib va bo‘rtib chiqadi.
Davolash. O‘tkir brutsellyoz bilan og‘rigan bemorlar kasalxonada
davolanadi. Surunkali brutsellyozda faqat kasallik zo‘raygan davrda kasalxonaga


109
yotqiziladi. Levomitsetin bilan streptomitsin yoki tetratsiklin bilan streptomitsin


kombinatsiya holida beriladi. Davolash kursi 10 kun. Odatda, 2-3 davolash kursi
o‘tkaziladi. Brutsellyozning surunkali shakllarini davolashda vaktsinadan
foydalaniladi. Vaktsinani G.P. Rudnev metodi bo‘yicha vena tomiriga 2 bosqichda
yuborish, ayniqsa, samarali. Shuningdek, umumiy quvvatni oshiruvchi dorilar
beriladi. Fizioterapiya yo‘li bilan davolash usullari surunkali brutsellyozda keng
qo‘llaniladi.
Profilaktikasi. Profilaktika chora-tadbirlari veterinariya xodimlari bilan
hamkorlikda amalga oshiriladi. Kasal hayvonlarni parvarish qilishda ehtiyot
choralari (jomakor kiyish va hokazo) ko‘riladi. Aholiga sotiladigan sut
pasterlanadi. Veterinariya xodimlari, qushxona va teri zavodlari xizmatchilari
brutsellyoz vaksinasi bilan emlanadi.
TOUN (O‘LAT)
Toun – kuchli umumiy intoksikatsiya, limfa tugunlari, o‘pka va boshqa
organlarning spetsifik jarohatlanishi bilan kechadigan o‘tkir yuqumli kasallik.
Kasallik og‘ir kechishi, o‘lim hollari ko‘p uchraydi, keng tarqalishga moyilligi
tufayli toun o‘ta xavfli infeksiyalar guruhiga kiradi.
Bu kasallikni toun tayoqchasi qo‘zg‘atadi. U tuxum shaklini eslatadi.
Bo‘yalganda qutblari yaxshi bo‘yaladi. Tashqi muhitda uzoq saqlanadi, past
harorat va muzlatishga chidamli.

Download 396.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling