Universiteti ziyamuxamedova sabohat abdullayevna bolalar gigiyenasi
Download 396.96 Kb.
|
Oʻzbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi oʻz-fayllar.org
Epidemiologiyasi. Tabiatda yovvoyi kemiruvchilar: yumronqoziq, sug‘ur,
sichqonlar, port shaharlarida kalamushlar infeksiya manbai hisoblanadi. Odamga kasallik aloqa yo‘li bilan yoki burga vositasida kemiruvchilardan yuqadi. Bemor odamdan sog‘lom odamga bubondan ajralgan yiring vositasida yoki nafas yo‘llari orqali (o‘pka tounida) yuqadi. Odamda toun kasalligi qayd qilinganda, darhol sog‘liqni saqlash organlariga ma’lum qilinadi. Bitta odam kasallansa ham karantin joriy etiladi. Klinikasi. Kasallikning inkubatsion davri bir necha soatdan 10 kungacha, o‘rta hisobda 3-6 kun. Kasallikning bubonli, o‘pka va septik turlari ma’lum. Keyingi ikki formasi birlamchi va ikkilamchi bo‘lishi mumkin. Hamma turlarida 110
va undan yuqori ko‘tarilishi, qattiq titrash, bosh og‘rishi, alahlash, qusish bilan boshlanadi. Tounning bubonli turida limfa tugunlari kattalashib, bubon hosil qiladi. Keyinroq chov bezlarining buboni kuzatiladi. Bubon 4-5 kundan so‘ng yumshab teshiladi va yiring ajralib turadi. Tounning o‘pka formasi juda og‘ir kechadi. U qattiq yo‘tal, ko‘krakdagi og‘riq, gavda haroratining juda yuqori (41 gacha) bo‘lishi, balg‘am ajralishi bilan xarakterlanadi. Kasallikning septik turi organizmning kuchli umumiy intoksikatsiyasi bilan namoyon bo‘ladigan juda og‘ir formasidir. Bemor alahlaydi, harorati juda yuqori bo‘ladi, nafasi qisadi, rangi ko‘karib ketadi, pulsi ipsimon bo‘ladi. Teri va shiliq qavatlarga qon quyiladi. Qon qusish, ichakdan qon ketishi, qon aralash siydik ajralishi kuzatiladi. Diagnozi. Laboratoriya tekshiruvi uchun gemokulturaga qon, o‘pka turida balg‘am, bubon turida bezdan punktat olinadi. O‘lgan kemiruvchilarning jasadi ham tekshiriladi. Olinadigan material juda yuqumli ekanligini hisobga olib, u og‘zi zich berkiladigan shisha idishlarga solinadi. Ustidan 5-10% li lizol eritmasida ho‘llangan latta o‘raladi va boshqa idish ichiga solinadi. Uni ham o‘rab, qopqog‘i zich yopiladigan qutichaga solib, plombalanadi va maxsus odam orqali laboratoriyaga jo‘natiladi. Download 396.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling