Universiteti ziyamuxamedova sabohat abdullayevna bolalar gigiyenasi
Download 396.96 Kb.
|
Oʻzbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi oʻz-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Profilaktikasi.
Diagnostikasi. Tashxis qo‘yish uchun qusuq massasi yoki oshqozon
yuvilgan suvdan 0,5 l li sterillangan bankaga yig‘iladi. Isitma bor hollarda bilakdan gemokulturaga qon olinadi. Najasi Myuller, Tiga muhitlariga va tuzli bulonga ekiladi. Kasallanishga sababchi deb gumon qilingan ovqat qoldiqlari ham bakteriologik tekshirish uchun yuboriladi. Davolash. Kasallik qanday kechishidan qat’i nazar, bemor kasalxonada davolanishi kerak. To‘g‘ri ko‘rsatilgan birinchi yordam bemor tez tuzalishida muhim rol o‘ynaydi. Oshqozonni ichimlik sodaning 2% li eritmasi yoki nimrang margansovka eritmasi bilan chayish va tozalash klizmalari birinchi yordam muolajalaridir. Kasallik og‘irroq kechgan hollarda organizm yo‘qotgan suv va minerallar o‘rnini qoplash uchun gemodez, fiziologik eritma, Ringer eritmasi va boshqalar vena tomiriga va teri ostiga tomchilatib, 1-2 l miqdorida yuboriladi. Yurak tomirlar faoliyatini yaxshilash uchun kofein, kordiamin, kamfora, efedrin va boshqalarning birortasidan foydalaniladi. Qo‘l-oyoq muzlab qolganda grelka qo‘yiladi. Profilaktikasi. Ovqat toksikoinfeksiyalari profilaktikasida oziq-ovqat korxonalarida sanitariya-gigiena qoidalariga qat’iy rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Yoz kunlari tayyor ovqatni muzlatkichda saqlash kerak. Terisida yiringli kasalliklar bo‘lgan va angina bilan og‘rigan odam oziq-ovqat tayyorlashda ishtirok etmasligi lozim. BOTULIZM 101
tizimining og‘ir jarohatlanishi bilan kechadigan kasallik botulizm deyiladi. Bu bakteriyaning toksini juda kuchli zaharli modda hisoblanadi. Uni chiqaradigan mikrob anaerob, ya’ni havo kirmaydigan muhitda ko‘payadi va zahar ishlab chiqaradi. Bunday muhit kolbasada va turli sabzavot, qo‘ziqorinlarni konservalaganda hosil bo‘ladi. Agar ularni tayyorlash jarayonida botulin tayoqchasi tushib qolsa, bu mahsulotlar kasallanishiga sabab bo‘ladi. Uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlari, ayniqsa, xavotirli. Klinikasi. Kasallikning inkubatsion davri bir necha soatdan 1-2 kungacha davom etadi. Kasallik ko‘ngil aynishi, bosh og‘rishi va aylanishi bilan boshlanadi. Kasallikning asosiy belgilari toksinning markaziy nerv tizimiga ta’siri bilan bog‘liq. Bunda dastlab bemorning tomog‘iga bir narsa qadalayotgandek bo‘ladi, so‘ng yutish qiyinlashadi. Ichilgan suv burun orqali qaytib tushadi. Ovoz pasayadi, ba’zan chiqmay qoladi (afoniya). Ko‘z qovoqlari osilib tushadi (ptoz). Bemor narsalarni xira ko‘radi. Ko‘pincha ko‘zi g‘ilaylashadi. Shu boisdan bitta narsa ikkita bo‘lib ko‘rinadi (diplopiya). Ko‘z qorachig‘i har xil kattalikda bo‘ladi (anizokoriya). Kasallik ko‘pincha og‘ir kechadi. O‘lim hollari ham uchrab turadi. Diagnoz qo‘yish maqsadida oshqozon yuvilgan suv (qusuq massasi), bilakdan olingan 4-5 ml qon laboratoriyaga yuboriladi. Davolash. Bu kasallikda imkoniyat boricha tezda birinchi yordam ko‘rsatish kerak. Bu maqsadda oshqozon 5% li ichimlik soda eritmasi yoki margantsovka eritmasi (ular bo‘lmaganida iliq suv) bilan yaxshilab yuviladi va tozalash klizmasi qilinadi. Bakteriologik tekshirishga material olib bo‘lingandan so‘ng polivalent botulizmga qarshi zardob yuboriladi. U bemor ahvoliga qarab, 25000-100000 TB dozada avval vena tomiriga, keyinchalik mushaklar orasiga yuboriladi. Profilaktikasi. Kolbasa tayyorlashda, baliq dudlashda va konserva tayyorlashda sanitariya-gigiena qoidalariga qat’iy rioya qilish lozim. Download 396.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling