University of economics and pedagogy
ORFOEPIYA (TALAFFUZ) QOIDALARI
Download 1.79 Mb.
|
2 5352771411192590174
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ unlisi
- Ayrim undoshlar orfoepiyasi: B undoshi
- D undoshi
ORFOEPIYA (TALAFFUZ) QOIDALARI
To‘g‘ri talaffuz qoidalarining yig‘indisi orfoepiya (grekcha orphos – to‘g‘ri, epos – nutq)deb yuritiladi. To‘g‘ri talaffuz, avvalo, shaxsning madaniy yetukligidan dalolat beradi. Og‘zaki nutqda har xil talaffuz qilinadigan tovush, qo‘shimcha yoki so‘zlardan adabiy til uchun qabul qilingan bittasi to‘g‘ri talaffuz me’yori hisoblanadi. Unlilar ofoepiyasi: I unlisi bir, siraso‘zlarida qisqa, ilm, muhim, doir so‘zlarida cho‘ziq, q, x, g‘ tovushlaridan keyin kelganda ruscha ы tovushiga yaqin talaffuz qilinadi. Mix, tig‘, xil kabi so‘zlardagi i tovushi esa e tovushiga yaqin aytiladi. U unlisikuch, tutun kabi so‘zlarda qisqa, uyg‘ur, yozuv so‘zlarida cho‘ziq va torroq talaffuz qilinadi. O‘ unlisio‘tin, o‘roq, to‘liq kabi so‘zlarda keng, o‘rik, ko‘lmak kabi so‘zlarda esa torroq talaffuz qilinadi. E unlisiFeruz, dehqon, telefon, adres so‘zlarida i tovushiga yaqin aytiladi. Ayrim so‘zlar tarkibida unlilar ua, oa, ao, ai, ia, aa ko‘rinishida qator kelishi mumkin. Bunda ular yo bir unli tarzida talaffuz qilinishi, yoki orasiga undosh tovush qo‘shib talaffuz qilinishi mumkin: muallim – malim, soat – sohat(Farg‘.), soat – sog‘at (Toshk.). Ayrim undoshlar orfoepiyasi: B undoshikitob, maktab so‘zlari oxirida kelganda p tarzida, kelaber, sabab, kabob, dorboz so‘zlari o‘rtasida kelganida v tarzida aytiladi. V undoshi chetdan kirgan avtobus, avtomat, Ivanov so‘zlarida f kabi aytiladi. G undoshik, q bilan tugagan so‘zlarda k va q tarzida aytiladi: ek+gan=ekkan, chiq+gan=chiqqan. D undoshiobod, ozod kabi so‘zlar kelganda t kabi aytiladi, xursand, farzand kabi so‘zlarda undoshdan keyin kelganda esa tushib qoladi. J qorishiq portlovchi undoshiavj, mavj so‘zlarida ch kabi aytiladi. J sirg‘aluvchi undoshi chetdan kirgan furajka, telejka kabi so‘zlarda sh kabi aytiladi. Z undoshisakkizta, tuzsiz kabi so‘zlarda yonidagi tovush ta’sirida s kabi aytiladi. Nundoshimanba, tanbur, shanba kabi so‘zlarda m kabi aytiladi.Fundoshifakt, taft kabi so‘zlarda p kabi aytiladi. Q undoshimaqsad, taqsimot, to‘qson, oqshom kabi so‘zlarda x kabi aytiladi. Chet tillardan kirgan traktor, direktor kabi so‘zlarning urg‘usiz bo‘g‘inidagi unli deyarli talaffuz qilinmaydi, lekin yozuvda saqlanadi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling