University of economics and pedagogy


Download 1.79 Mb.
bet13/111
Sana22.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1649611
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   111
Bog'liq
2 5352771411192590174

Talaffuz va ohang
Talaffuzda ohang muhim o‘rin tutadi. Ohang vositasida so‘z birikmalari va gap, uning bo‘laklari farq qilinadi: Yangiyo‘l (ot, atoqli ot) – yangi yo‘l (so‘z birikmasi). Gap bo‘laklari talaffuz qilinganda, ular orasida to‘xtam (pauza) qilinadi. Ikkita to‘xtam orasidagi nutqiy bo‘lak sintagmadeb yuritiladi. To‘xtamning ko‘chishi gap mazmuniga ta’sir qiladi: 1. Mashinadan / ikki bolali ayol tushdi. 2. Mashinadan ikki / bolali ayol tushdi. 1-gapda ayol bitta, bola ikkita, 2-gapda esa ayol ikkita.


3-Mavzu: Leksikologiya, uning ob’ekti, turlari, vazifalari. Ona tili lug‘at tarkibining ma’no jihatdan tavsiflanishi.?
Reja:

  1. Leksikologiya, uning obyekti va vazifalari

2. Leksika haqida tushuncha.
3. So’zning leksik va gramatik ma’nosi.
Tayanch so’z va iboralar: Leksika, leksikalogiya, lug‘aviy ma’no, grammatik ma’nosi
Leksikologiyaning obyekti tilning lug'at boyligidir. Bu boylik tilshunoslikda leksika deb ataladi, u muayyan tildagi barcha so'zlarni va shu so'zlar bog'lanishidan tarkib topgan ko'chma ma’noli turg'un konstruksiyalarni (frazemalarni) o'z ichiga oladi. Leksika atamasi ba’zan tor ma’nolarda ham qo'llanadi: dialektal leksika, kasb-hunar leksikasi, ilmiy leksika, vulgar leksika, Tohir Malik asarlari leksikasi kabi. Leksikologiyaning predmeti — lug'at boyligining strukturaviy va sistemaviy xususiyatlarini, taraqqiyot qonuniyatlarini, tilning boshqa sathlari (fonetik sath, grammatik sath) bilan aloqasini tadqiq qilish. Leksikologiyaning vazifalari: a) muayyan til lug'at boyligidagi eskirish va yangilanish jarayonlarini, bu jarayonlarda lisoniy va nolisoniy (lingvistik va ekstralingvistik) omillarning ishtirokini o'rganish; b) lug'aviy birliklarning funksional-semantik tavsifmi berish, eskirgan, yangi va zamonaviy qatlam- larini, tematik guruhlari va mikrosistemalarini aniqlash, lisoniy va uslubiy xususiyatlarini yoritish; d) talabalarni leksikaga oid nazariy bilimlar bilan qurollantirish, ularda leksik-semantik tahlil ko'nikmalarini shakllantirish .

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling