University of economics and pedagogy


-mashq.Uyga vazifa. Gaplarni o‘qing. Nutq tovushlarining qanday ijtimoiy ahamiyat kasb etayotganini belgilang


Download 1.79 Mb.
bet34/111
Sana22.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1649611
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   111
Bog'liq
2 5352771411192590174

4-mashq.Uyga vazifa. Gaplarni o‘qing. Nutq tovushlarining qanday ijtimoiy ahamiyat kasb etayotganini belgilang.
So‘NGGI BEKATDAGI BITIKLAR
Eshitmay turib eshiting va eshitib turib eshitmaslik san’atini mukam­mal egallang.
Biron ishga kirishganda bilaman deb kirishmang. Bilmayman deb kirishsangiz, ko‘proq narsani bilib olasiz. Bilib bilmagandan ko‘ra, bilmay bilgan yaxshiroq.
Tor ixtisoslikni chuqur egallang. Keng bilimli bo‘lishga intiling.
Faol dam oling, badanni toza tuting, imon-e’tiqodli bo‘ling. Uxlaganda tiniqib uxlang.
Bosh omborxona yoki osori atiqalar muzeyi (ajoyibxona) ham emas. Uni har xil keraksiz narsalar bilan to‘ldirib tashlamang.
Bardam bo‘ling. Bo‘lar-bo‘lmas gaplarga parvo qilmang. Xafagazak, savdoyi bo‘lib qolishdan saqlaning.
Ona tilida fikrlashga, toza gapirishga, nutqingizni har xil yot unsur­lardan saqlashga harakat qiling. Qayerda va kim bo‘lmasin, ona tilini kamsi­tishlariga aslo yo‘l qo‘ymang. Til mavsumiy libos emaski, ob-havoning o‘zgarishiga qarab almashtirilsa. Onayizor, Vatan, millat har biri bittadan, Ona tili ham bitta. Agar o‘z xalqingiz orasida gungalak-soqov va yot bo‘lib qolishni istamasangiz, ona tilini puxta o‘rganing, boshingizga ko‘taring. Kishi boshqa tilda bilimli bo‘la oladi, ammo faqat ona tilidagina bekam-u ko‘st bo‘lishi mumkin. Ona tilini e’zozlashni, qadrlashni va asrashni ma’rifatli millatlardan o‘rganing. (G‘aybulla as-Salom)
Savol va topshiriqlar
1. Tovushlarning akustik tomoni deganda nimani tushunasiz?
2. Tovushlarning talaffuz tomonini tushuntirib bering.
3. Tovushlarning vazifaviy tomoni haqida so‘zlang
2-mavzu: Grafika va orfografiya. Оrfografiya va orfoepiya. Моrfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. O‘zbek tilida so‘z yasalishi. So‘zlarning tuzilish jihatdan turlari.
Reja:

  1. Grafika haqida ma’lumot. Ona tili grafikasi (yozuv tizimi) haqida ma’lumot. Harf tilning asosiy grafik vositasi ekanligi. Tovush va harf. Аlifbo (аlfavit). Оrfografiya va orfoepiya.

  2. Моrfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. Morfema va uning turlari.

  3. Unli tovushlar, tilning gorizontal, vertikal harakatiga ko’ra hamda

lablarning ishtirokiga ko’ra unli tovushlar tasnifi.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling