University of economics and pedagogy


-mashq. Matnni o‘qing. Ularda ishlatilayotgan unli va undosh tovushlarga diqqat qiling, talaffuzi va yozilishini kuzating


Download 1.79 Mb.
bet42/111
Sana22.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1649611
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   111
Bog'liq
2 5352771411192590174

5-mashq. Matnni o‘qing. Ularda ishlatilayotgan unli va undosh tovushlarga diqqat qiling, talaffuzi va yozilishini kuzating.
BUYUK DAVLATCHILIGIMIZ ASOSLARI
Ko‘hna Turon — ona Turkistonda azaldan bitta g‘oya, bitta tushuncha hamma narsadan muqaddas sanalib kelingan. Bu g‘oya Vatan, ona yurtga muhabbat, mangu ehtirom tuyg‘usidir. Shu tabarruk zaminning munosib farzandlaridan biri sanalgan Yusuf Xos Hojib boqiy davlat uchun to‘rtta tirgak kerakligini «Qutadg‘u bilig» asarida qayta-qayta ta’kidlagan edi. Bular kuch-qudrat, aql-farosat, sabr-toqat va bilimdir. Tarixdan ma’lumki, shularga asoslangan davlatlar hech qachon kam bo‘lmagan. Qoraxoniylar, somoniylar, saljuqiylar, g‘aznaviylar, xorazmshohlar, temuriylar davrida yuqoridagi so‘zlarga amal qilingan. Adolat, ma’rifat va yuksak ma’naviyat tarixiy davlatchilikning hamishalik poydevori sanalib kelingan qudratli davlat barpo etgan Amir Temurning o‘z muhriga «Rosti – rusti», ya’ni «Kuch adolatdadir» deb yozdirib qo‘yganida ham ayni mana shu fikr barqarordir.
Hurmatli yurtboshimiz o‘z nutqlaridan birida: «Milliy g‘ururi, milliy iftixori baland millatni yengib bo‘lmaydi», — deb aytgan edilar.
Darhaqiqat, o‘tmishdan saboq olib, kelajagini dadil barpo etayotgan millatni yengish sira mumkin emas.O‘zbek davlatchiligining asoslari juda mustahkam.
96-mashq. Uyga vazifa. «Ma’naviyat — qalbim quyoshi» yoki «Ma’na­viyati­miz daholari» mavzularida matn tuzib, unli va undosh to­vush­­­larni izohlang.
Savol va topshiriqlar
1. Lab undoshlarining talaffuzi va imlosidagi farqlarni tushuntiring.
2. Til undoshlarining talaffuzi va imlosidagi farqlarni tushuntiring.
3. X va h undoshlarining talaffuzi va imlosi haqida so‘zlab bering.
4. Qaysi jarangli undoshlar talaffuzda jarangsizlashadi?
Mantiqiy zanjir usuli
Bu usul ko‘pincha tezda faollashtirilish va o‘rganilayotgan mav-zuning mohiyatiga etish o‘ta muhim bo‘lgan mavzularni o‘rganishda yoki shunday xususiyatlarga ega bo‘lgan guruhlarda qo‘llaniladi. O‘qituvchi ushbu mavzu bilan uzviy bog‘liq so‘zlar ketma-ketligini (gapni, fikrni, qoidani, faktni, tushuntirishni, gipotezani, xronologik ketma-ketlikni, sabab-oqibat zanjirini va hokazo) ixtiyoriy ravishda tanlab oladi va ularni bir qancha alohida so‘z qismlariga bo‘lib, alohida qog‘ozlarga yozib chiqadi. Keyin talabalar (tinglovchilar) guruhlariga fikrlarini jam-lab muhokama qilish natijasida, so‘zlarni ma’no-mohiyatiga ko‘ra to‘g‘-ri tartibda joylashtirish vazifasini beradi. Bir qancha tinglovchi/talaba bu ishni bajarib, guruh yagona bir xulosaga kelganidan so‘ng, o‘qituvchi ularga bu fikr o‘rganilayotgan ma’ruza matnida qanday ma’noda ke-lishiga e’tibor berishni va ma’ruzadan so‘ng uni iloji boricha aniqroq va batafsilroq aniqlashga harakat qilish kerakligini bildiradi. Demak, endi talabalar ma’ruza davomida bu so‘z/fikr qachon va qay tarzda hamda qanday ma’noda kelishiga alohida e’tibor beradilar, ya’ni ularning fikri ma’ruza davomida bir tomonga yo‘naltirilgan (fokuslashgan) holatda bo‘ladi. Yo‘naltirilgan fikr-e’tibor esa ularga mavzuni aql nuri bilan yo-ritishga va undan tegishli ma’noni atroflicha o‘qishga olib kelishi tabiiy.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling