University of economics and pedagogy


-mashq. Sh. Boshbekovning «Temir xotin» dramasidan olingan biror parchani o‘qing, personajlar nutqini tahlil qiling. So‘zlardagi tovush o‘zgarishlarini belgilang


Download 1.79 Mb.
bet40/111
Sana22.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1649611
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   111
Bog'liq
2 5352771411192590174

5-mashq. Sh. Boshbekovning «Temir xotin» dramasidan olingan biror parchani o‘qing, personajlar nutqini tahlil qiling. So‘zlardagi tovush o‘zgarishlarini belgilang.


6-mashq. Quyida berilgan so‘zlarda ro‘y bergan fonetik o‘zgarish­larning turini aniqlang, ularni ustunchalarga joylashtiring.

qorin — qornim, yurak — yuragi, o‘g‘il — o‘g‘lim, shahar — shahrim, ulug‘ — ulg‘ay, undan — unga, mening — sening, og‘iz — og‘zim, ko‘ngil — ko‘nglim.


Tovush orttirilishi Tovush tushishi Tovush almashinishi


7-mashq. Matnni o‘qing. Professor H. Ne’matovning o‘zbek tili rivojiga qo‘shgan hissasi haqida so‘zlab bering.

NE’MATOV HAMID G‘ULOMOVICH


1941-yili tavallud topgan. Filologiya fanlari doktori, professor.


O‘zbek tili tarixi, leksikologiyasi, morfologiyasi bo‘yicha qator asarlar muallifi. Ular orasida «Qadimgi tarixiy yodgorliklarning funksional morfo­logiyasi», professor Ravshan Rasulov bilan hamkorlikda yozgan «O‘zbek tilining sistemaviy leksikologiyasi asoslari» kitoblari alohida ajralib turadi.
H. Ne’matov o‘rta umumiy ta’limda «Ona tili» fanini takomillashtirish bo‘yicha ham barakali xizmat qildi. U o‘rta maktablarning V—IX sinflari uchun «amaliyotdan nazariyaga» tamoyiliga asoslangan yangi tipdagi «Ona tili» darsligining yaratilishiga bosh-qosh bo‘ldi.


Savol va topshiriqlar
1. Fonetik hodisalar deganda nimani tushunasiz?
2. Fonetik hodisalar nima uchun ro‘y beradi?
3. O‘zbek (umumturkiy) so‘zlarining boshi va oxiridagi tovush tuzilishi qanday?
4. So‘z boshidagi qo‘sh undoshlar qaysi tillarga xos va bunday noqulaylik og‘zaki nutqda qanday bartaraf qilinadi?
5. So‘z oxiridagi sht, xt, rg kabi qo‘sh undoshlar qaysi tillarga xos va ular qanday talaffuz qilinadi?
Ma’ruza mavzusi bo‘yicha ma’lumot yozish

Tinglovchi/talabaga besh daqiqa davomida taklif etilgan mavzu bo‘yicha ular biladigan hamma ma’lumotlarini erkin uslubda yozish taklif qilinadi. Besh daqiqa o‘tgandan so‘ng esa ishni ijodiy ravishda yakunlash uchun yana bir daqiqa qo‘shib berish ham yaxshi natijalarga olib keladi. Chunki tig‘iz (kritik) sharoitlarda imkon miyasiga eng yax-shi va samarali fikrlar kelishi mumkin. Keyin esa ularning ba’zilaridan yozganlarini bir-birlariga aytishlarini, munozara qilishlarini yoki barcha sinf o‘quvchilariga o‘qib berishlarini so‘rash mumkin. Ularga ma’ruza davomida qaysi bir fikr, g‘oyalar yoki kimning fikri to‘g‘ri chiqishiga ahamiyat berishni so‘rash ularning fikrini jamlashga va keyinchalik bo‘-ladigan ma’ruzani diqqat-e’tibor bilan tinglashga katta yordam beradi. Bunda, albatta, o‘qituvchi shart-sharoitga va o‘quvchilarning qiziqish darajasiga bog‘liq ravishda bundan boshqa imkoniyatlarni ham keng miqyosda qo‘llashi mumkin.





Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling