University of economics and pedagogy


-mashq. So‘zlarning talaffuzi va yozilishiga e’tibor bering


Download 1.79 Mb.
bet41/111
Sana22.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1649611
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   111
Bog'liq
2 5352771411192590174

1-mashq. So‘zlarning talaffuzi va yozilishiga e’tibor bering.
Obod, adab, fabrika, maqsad, to‘qson, burun, xayol, xalq, tadbir, ruxsat, ijtimoiy, iztirob.
2-mashq. Gaplarni ko‘chirib yozing. Undosh tovushlarning talaffuzi va yozilishiga diqqat qiling.
Har kimga ozor bera ko‘rma — dunyo barchaga barobardir. Tamagirlik — ofat. Tamagirlik bilan adolat bir-biriga ziddir. Boylikka hirs qo‘yish — joduning sirtmog‘iga tushib qolish bilan barobar. Vaqt — keskir qilichdir. U hech narsaga qaramay shart o‘tadi-ketadi, sen esa voyvoylagancha qolaverasan. Rostlikning mevasi totli, natijasi esa samaralidir. Xushfe’1 bo‘lish yaxshi odat. Kishining fe’1-atvori o‘zini begona qiladi, o‘zgani xesh. U hatto otani boladan judo qiladi. Hakimdan so‘radilar: «Rostgo‘y deb kimni aytsa bo‘ladi?» U javob qildi: «Tili bilan dili bir bo‘lgan odam rostgo‘y, haqgo‘y odam hisoblanadi».
Turnalar samoda chizsa guldasta,
Qoyadek bo‘lsa-da burgut viqori.
Toshlar orasidan mo‘ralab asta,
Ko‘kargan maysani ko‘rdim yuqori.
(Sh. Qosimov)
3-mashq. Gaplarni ko‘chirib yozing. Undoshlarning yozilishiga diq­qat qiling.
Ulug‘vor maqsad oldida turganingda, mehnatni rohat bil. (Arab maqoli) Qabrga emas, qalbga haykal qo‘ymoq kerak. Mag‘lubni tepib o‘tmak mardlik emas. (Pahlavon Mahmud) Hargiz talabi shuhrat etmakim: ofat turur. (Abduxoliq G‘ijduvoniy) Kimki tashlandiq yerni obod qilsa, bu yer o‘shaniki bo‘ladi. Bu yerda zolim kishining (hatto) ter to‘kishga ham haqqi yo‘q. (Abu Iso Muhammad at-Termiziy) Mehnat kishini uch balodan saqlaydi: yurak siqilishidan, axloqiy buzilishdan, muhtojlikdan. Sabrning tagi sariq oltin.

Har ko‘zki, agar olmasa ibrat, ko‘rdir,


Har luqma, agar bermasa lazzat, sho‘rdir.
Har to‘n, agar o‘zgarmasa, to‘nmas, u kafan,
Har xonaki, birdek turaversa, go‘rdir.
(Abdulqodir Bedil)
4-mashq. Maqollarni ko‘chirib yozing. Undoshlarning yozilishiga diqqat qiling.
G‘am yema, beg‘am ham bo‘lma. Bog‘ingni zog‘dan saqlamoqchi bo‘lsang, unga e’tiborda bo‘l. Pokliging — sog‘lig‘ing. Yomg‘ir bilan yer ko‘karar, duo bilan el. Onangni kaftingda tutsang, singlingni kiftingda tut. Shirin yolg‘ondan ko‘ra achchiq haqiqat yaxshi. Chayonning kasbi chaqish. Sen o‘zingni maqtama, birov seni maqtasin. Suv ichadigan quduqqa hech qachon tosh otma. Ko‘ngil ko‘ngildan suv ichar.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling