University of economics and pedagogy


Download 1.79 Mb.
bet45/111
Sana22.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1649611
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   111
Bog'liq
2 5352771411192590174

2-mashq. So‘zlarni o‘qing. Asosda qo‘shimcha qo‘shilishi natijasi­da sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni belgilang.

Angla, sanoqsiz, yashovchan, pasaymoq, susaymoq, yig‘loqi, dumaloq, qaynoq, sayroqi, so‘roqsiz, o‘rna, qulog‘i, bo‘yog‘i, tomog‘i, tilagi, yuragi, shahrimiz, ko‘ngli, singlisi, mening, undan, bunday, ekkani, eshikka, bog‘ga, boqquncha, ekkuncha, chohga.




3-mashq.So‘zlarni qo‘shib yoki ajratib yozish qoidalari asosida ikki guruhga bo‘lib ko‘chirib yozing.

Ko‘z//oynak, sotib//olmoq, alla//qachon, shu//yerga, baland//parvoz, xom//semiz, tinchlik//sevar, umum//davlat, shaharlar//aro, shirin//so‘z, jigar//rang, besh//kokil, otash//qalb, g‘ayrat//qilmoq, bilag//uzuk, Yakka//saroy, Olti//ariq, Qum//qo‘rg‘on, Sot//voldi, kino//yulduz, radio//markaz, tele//tanlov.




4-mashq.Bosh harflarning ishlatilish sabablarini tushuntirib bering.

Tohirjon, Shuhratbek, Sayfi Saroyi, Habib Abdullayev; Xiva, Zarafshon, Mirzacho‘l, Amudaryo, Norin, Chortoqsoy; Qurama, Bobotog‘, Hisor; Markaziy Osiyo, Shimoliy Amerika, Janubiy Koreya; Quyosh, Merkuriy, Saturn; «Mahalla» jamg‘armasi, «Matiz» avtomobili, «Turon» ishlab chiqarish birlashmasi; «Mustaqillik» ordeni, «O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti», Navro‘z bayrami; O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi, Don mahsulotlari davlat-aksionerlik korporatsiyasi «O‘zdonmahsulot», YUNESKO tashkiloti.




5-mashq.Ko‘chirish qoidalariga zid ravishda qism­larga ajratilgan so‘zlarni belgilang va ularni to‘g‘rilab daftaringizga ko‘chirib oling.

Den-giz, ta-a-lluq-li, ke-tin-giz, o-ta-la-ri, Nam-Du, ko‘n-gil, tran-sport, mesh-chan, sa-o-dat, ma-’lumot, B-MT, Er-on, a-ka-xon, u-kam, ton-ggi, sanoq-li.




Savol va topshiriqlar

1.Chiziqcha qanday o‘rinlarda ishlatiladi?


2. Juft so‘zlar qanday yoziladi?
3. Bo‘g‘in ko‘chirish qoidalari haqida so‘zlab bering.
4. Kishilarning ismi, familiyasi, otasining ismi nima sababdan bosh harf bilan yoziladi?
5. Joy nomlarining imlosi haqida so‘zlab bering.
6. Korxona, zavod-fabrika nomlariga misollar keltiring va ularda bosh harflarning ishlatilish o‘rinlarini tushuntiring.
7. Qanday so‘zlar qo‘shib yoziladi?
8. Qanday so‘zlar ajratib yoziladi?
9. Chiziqcha bilan yoziladigan so‘zlarga misollar keltiring.
10. Egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda qanday so‘zlarda tovush o‘zgarishlari ro‘y beradi?
11. Kelishik qo‘shimchalarining qo‘shilishi natijasida asosda ro‘y beradigan o‘zgarishlar haqida so‘zlab bering.
12. Ikki, olti, yetti so‘zlariga jamlovchi son yasovchi qo‘shimchalarni qo‘shing. Tovush o‘zgarishlariga diqqat qiling.
13. Imlo qoidalari deb nimaga aytiladi?
14. Unlilar imlosi deganda nimani tushunasiz?
15. Undoshlarning imlosidagi xarakterli o‘rinlar haqida so‘zlang.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling