University of economics and pedagogy


-mavzu.Leksikologiya, uning obyekti, turlari, vazifalari. Ona tili lug’at tarkibining maʼno jihatdan tavsiflanishi


Download 1.79 Mb.
bet46/111
Sana22.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1649611
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   111
Bog'liq
2 5352771411192590174

3-mavzu.Leksikologiya, uning obyekti, turlari, vazifalari. Ona tili lug’at tarkibining maʼno jihatdan tavsiflanishi.
Reja:
1. Leksema va so’z, ularning o’zaro farqlari.
2. So’zning leksik va grammatik maʼnosi.
3. Bir maʼnoli va ko’p maʼnoli so’zlar. So’zning o’z va ko’chma maʼnosi.
4. Maʼno ko’chirishning asosiy turlari (metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik).
5. Maʼnoning torayishi va kengayishi.
Tayanch so’z va iboralar: leksikologiya, tilning lug’at tarkibi, leksema, so’z, so’zning leksik ma’nosi, so’zning grammatik maʼnosi, bir maʼnoli so’zlar, ko’p maʼnoli so’zlar so’zning o’z ma’nosi, so’zning ko’chma maʼnosi, metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik, maʼno torayishi, ma’no kengayishi.
Semantik xususiyatlar tahlili
Bunda tinglovchi (talaba) larga ma’lum bir ko‘rinishdagi va tuzi-lishdagi jadval tuzish taklif qilinadi. Ushbu jadval birinchi ustunining birinchi satrida ularga yaxshi ma’lum bo‘lgan bir hodisa, dalil yoki faraz hamda ikkinchi satrda bugun o‘rganiladigan mavzu bilan bog‘liq hodisa, dalil yoki farazning yo‘nalishi qo‘yiladi. Jadval birinchi satri-ning qolgan katakchalarida esa mavzu bilan bog‘liq asosiy ko‘rsat-kichlar yozib chiqiladi. Talabalarga hosil bo‘lgan jadvalning ikkinchi va uchinchi satrlaridagi bo‘sh katakchalarni to‘ldirish taklif qilinadi. Agar ular tegishli ma’lumotlar yo‘qligi yoki uni yaxshi bilmasliklari sababli jadval katakchalarini to‘ldira olmasalar yoki javoblarining to‘g‘ri ekan-ligiga unchalik ishonmasalar, buni ma’ruza davomida eshitgan ma’lu-mot, qoida yoki faktlardan foydalanib amalga oshirishlari (tekshirish-lari) mumkinligini yotig‘i bilan tushuntirish kerak bo‘ladi. Demak, endi talabalar ma’ruza davomida uni tinglash va tegishli ma’lumot olish uchun yordam beradigan yordamchi vositaga ega bo‘ladilar. Bu usul matematika, fizika, iqtisodiyot kabi aniq fanlarni o‘rganishda juda ham qo‘l kelishi va foyda berishi mumkin.
(Ma’lumot olish) bosqichiga tinglovchilar (talabalar) (Chaqiruv, Tayyorlanuv) bosqichidan so‘ng bir qadar tayyor bo‘ladilar. Chunki u-lar bu bosqichga ma’ruza mavzusi bo‘yicha bilganlarini imkoniyat dara-jasida eslab olgan, o‘zlariga mavzuga oid aniq savollar bergan, oldila-riga tegishli maqsadlarni qo‘ygan va demak, ushbu mavzuga qiziqqan holda keldilar. Bu bosqichda ham quyida keltirilgan bir qancha metodik usullarni qo‘llash mumkinki, ular dars samaradorligini birmuncha oshiradi.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling