Fonetikaning maqsadi va vazifalari. Fonetikaning maqsadi - fonetik birliklarning fizik-akustik, anatomik- fiziologik va lingvistik-funksional asoslarini o'rganish, ularning til me\ani7inidagi rolini aniqlashdan iborat. Bunday maqsad uning quyidagi vazifalarini belgilaydi: a) tovush, urg'u. melodika kabi birliklarning yuzaga kelish qonunivatlarini o'rganish; b) talabalarni yuqoridagi qonuniyatlar va shu qonuniyatlarga oid ilmiy-nazariy fikrlar bilan tanishtirish; d) adabiy tilning fonetik-fonologik tizimiga oid munozarali masalalami aniqlash, ularga munosabat bildirish; e) talabalarda fonetik tahlil ko'nikmalarini shakllantirish; talabalarga shu sohada ishlagan fonetist-fonologlar haqida qisqacha ma'lumot berish.
Fonetik birliklarning turlari.Har qanday tilning fonetik birliklari dastlab ikki guruhga - segment va supersegment birliklarga bo'linadi: a) segment birliklarga nutq tovushlari va bo'g'in kiradi. Bunday birliklar so'z yoki morfemalar tarkibida birin- ketin keladi, yotiq (gorizontal) yo'nalishda bir-biriga ulanib, zanjirsimon tarzda joylashadi. Masalan: kitob sokzidagi 5 ta tovush (k, i, t, o, b) va ikkita bokgkin (ki-tob) segment birliklar, demak, shu sokz tarkibidagi qismlar sanaladi; b) supersegment birliklarga urgku, ohang, melodika, pauzalar kiradi. Bunday birliklar sokzga, frazaga, gapga yoki nutqqa yaxlit aloqador boklib, ularni sokz, gap yoki nutqdan ajratilgan holda tasawur qilib boklmaydi. Shuning uchun ularni ustama hodisa (M. Mirtojiyev) deb nomlash hollari ham uchraydi.
Fonetik birliklarning tildagi vazifalari
Fonetik birliklarning tildagi vazifalari quyidagilardan iborat: 1) shakllantimvchi vazifa
Do'stlaringiz bilan baham: |