University of economics and pedagogy


Otlarning kichraytirish, hurmatlash, erkalash va qiyoslash shakllari


Download 1.79 Mb.
bet23/111
Sana22.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1649611
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   111
Bog'liq
2 5352771411192590174

Otlarning kichraytirish, hurmatlash, erkalash va qiyoslash shakllari
Nutqimizda kichraytirish, hurmatlash va erkalash otlari ham qo‘llanadi. Bunday otlar kichraytirish, ba’zan esa ham kichraytirish, ham erkalash ma’nolarini anglatadigan quyidagi qo‘shimchalar bilan yasaladi:
-cha: Akbarcha (kesatish ma’nosida),uycha, ro‘molcha, kitobcha
-choq,-chak,-chiq: qo‘zichoq, kelinchak, qopchiq
-(a)loq: qizaloq, bo‘taloq
-jon: ukajon, Rahimjon
-xon: Odilxon, Salimaxon
-oy: Qunduzoy, Tursunoy
-begim: Nodirabegim
-nisa: Zebunisa
-bibi: Oyshabibi
-bek: Otabek
-xo‘ja: Akbarxo‘ja
-gina: yolg‘izginam, bolaginasi
-day(-dek): oyday, shamoldek
D i q q a t! –gina qo‘shimchasi kichraytirish, erkalashdan tashqari, achinish ma’nosini ham ifodalaydi. Bu qo‘shimcha –gina ayiruv yuklamasi bilan omonimdir. Farqlari: -gina yuklamasi barcha qo‘shimchalardan keyin qo‘shiladi; -gina yuklamasi urg‘u olmaydi, -gina qo‘shimchasi esa urg‘u olishi mumkin.

Otlarning egalik qo‘shimchalari bilan shaxs-sonda o‘zgarishi, shuningdek, otlarning kelishik qo‘shimchalarini olib o‘zgarishi turlanish deyiladi.


Kelishik shakllari
Otlarni boshqa so‘zlarga tobelantirib bog‘lash uchun xizmat qiladigan shakllar kelishik shakllari deyiladi. Kelishik shakllari otlarning gapda bajaradigan sintaktik vazifalarini belgilab beradi va doimo tobe so‘zga qo‘shiladi. Otlarda oltita kelishik shakli mavjud:
Bosh kelishikning maxsus qo‘shimchasi yo‘q va bu kelishikdagi otlar ko‘pincha ega (Dars boshlandi.), ot-kesim (Mening do‘stim – talaba.), undalma (Og‘ayni, bugun birga dars tayyorlaylik.), ba’zan sifatlovchi aniqlovchi (Mashina asfalt yo‘lga chiqib oldi.) vazifalarini bajaradi.
Qaratqich kelishigidagi ot doim ot bilan bog‘lanadi va qaratqich aniqlovchi vazifasini bajaradi: maktabning hovlisi, kitobning varag‘i. Qaratqich kelishigidagi so‘z qaratqich, u bog‘lanib kelgan so‘z esa qaralmish deb ataladi. Qaratqich va qaralmish yonma-yon kelgan paytda kelishik qo‘shimchasi tushirilishi mumkin: maktab bog‘i. Bu belgisiz qaratqich kelishigi deyiladi. Agar qaratqich va qaralmish o‘rtasida so‘z qatnashsa yoki qaratqich kelishigi atoqli otlarga, olmoshlarga, sifatdoshlarga qo‘shilsa, kelishik qo‘shimchasi tushirilishi mumkin emas: maktabning salqin bog‘i, Salimning kitobi, mening ukam, o‘qiganning foydasi. Bu belgili qaratqich kelishigi deyiladi.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling