University of economics and pedagogy


Otlarni kesimga xoslovchi shakllar


Download 1.79 Mb.
bet26/111
Sana22.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1649611
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   111
Bog'liq
2 5352771411192590174

Otlarni kesimga xoslovchi shakllar:
Otlar gap tarkibida kesim vazifasini bajarganda ega bilan shaxs v
a sonda moslashadi. Bunda otlarga qo‘shiluvchi –man, -san, -miz, -siz, -dir qo‘shimchalari, shuningdek, bo‘lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq, ekan, emish, emas, edi so‘zlari ot orqali ifodalangan kesimni ega bilan moslashtiradi: Sentalabasan. Navro‘z qutlug‘ bayramdir. Maktabbilim o‘chog‘i hisoblanadi. Sendo‘stim eding.
Qarashlilik shakli:
Bu shakl –niki qo‘shimchasi bilan ysaladi va narsa yoki shaxsning shu qo‘shimcha olgan narsa yoki shaxsga tegishli ekanligini bildiradi. Bu shaklning egalik shakllaridan farqlari: 1) egalik ma’nosi shaxs ko‘rsata oladi, qarashlilik esa shaxs ko‘rsata olmaydi; 2) egalik shakli egalik qo‘shimchasini olgan so‘z bildirgan narsa yoki shaxsning boshqa
biror narsa yoki shaxsga tegishliligini bildiradi, qarashlilik shakli esa biror narsa yoki shaxsning –niki qo‘shimchani olgan so‘z bildirgan narsa yoki shaxsga tegishliligini, qarashli ekanligini ifoda.
Egalik va qarashlilik qo‘shimchalari bir otga baravar qo‘shilishi mumkin: kitob ukamniki. Qarashlilik shaklidagi so‘z qarashli bo‘lgan so‘z ifodalagan so‘z bilan birga qo‘llansa, doim kesim vazifasida keladi. Ba’zan qarashli bo‘lgan narsani bildiruvchi so‘z qo‘llanmasligi mumkin. –niki qo‘shimchasi otdan tashqari olmosh, va otlashgan so‘zlarga ham qo‘shilishi mumkin: bizniki, ikkinchisiniki, boshqasiniki, kelganniki. Bu qo‘shimcha ko‘plik, egalik, hurmat ifodalovchi qo‘shimchalardan keyin, kelishik qo‘shimchasidan oldin qo‘shilad
Otlar besh xil usul bilan yasaladi:
1.Ot yasovchi qo‘shimchalar bilan.
2. So‘zlarni qo‘shish yoki juftlash bilan.
3. So‘zlarni qisqartirish bilan.
4.Turkumdan turkumga so‘z ko‘chishi yordamida.
5. So‘zlarni takrorlash yordamida.
1.Yasovchi qo‘shimchalar bilan ot yasash (morfologik yoki affiksatsiya usuli)
Ot yasovchi qo‘shimchalar o‘zak bilan birikkan holda quyidagi ma’nolarni bildiruvchi otlar yasaydi. 1. Shaxs otlari. 2. Narsa-buyum otlari. 3. O‘rin-joy otlari. 4. Mavhum otlar.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling