University of economics and pedagogy


Tushum kelishigidagi ot doim o‘timli fe’l bilan bog‘lanadi va vositasiz to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi: maktabni


Download 1.79 Mb.
bet24/111
Sana22.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1649611
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   111
Bog'liq
2 5352771411192590174

Tushum kelishigidagi ot doim o‘timli fe’l bilan bog‘lanadi va vositasiz to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi: maktabni sevish, kitobnio‘qish. Tushum kelishigidagi ot o‘timli fe’l bilan yonma-yon kelganda, kelishik qo‘shimchasi tushirilishi mumkin: xat(ni) yozdi. Tushum kelishigi qo‘shimchasi atoqli otlarga, olmoshlarga, sifatdoshlarga qo‘shilganda, bu qo‘shimcha tushirilmaydi: Nodirani uchratdi, hammani kutdi, aytganni qiling.
Qaratqich, tushum kelishigi qo‘shimchalari -n shaklida qisqarishi mumkin va ular o‘zaro omonim holatga kiradi: Otin(ing) boshin(i) burdi.
Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi o‘rin-joy otlariga qo‘shilsa, qaerga? so‘rog‘iga javob bo‘lib, o‘rin holi bo‘lib keladi: maktabga ketdi. Bu qo‘shimcha payt otlariga qo‘shilganda, qachon? so‘rog‘iga javob bo‘lib, payt holi vazifasini bajaradi: yozga qoldirildi. Jo‘nalish kelishigining qo‘shimchasi shaxs va narsa otlariga qo‘shilsa, kimga?nimaga? so‘roqlariga javob bo‘lib, to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi: onasiga yordamlashdi, soatiga qaradi. Bu kelishik shaklidagi otlar ko‘pincha gap oxirida kelib, ot-kesim vazifasini ham bajarishi mumkin: Busovg‘asenga.
Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi k tovushi bilan bitgan so‘zlarga qo‘shilib -ka tarzidayoziladi: ko‘ylak+ga=ko‘ylakka.
Bu kelishik qo‘shimchasi q, g‘ tovushi bilan bitgan kiril yozuvidagi so‘zlarga –qa tarzida qo‘shiladi va shunday yoziladi: o‘q+ga=o‘qqa, bog‘+ga=boqqa. Q, g‘ tovushi bilan tugagan lotin yozuvidagi so‘zlarga qo‘shilib, –qa tarzida talaffuz qilinsa ham, -ga shaklida yoziladi: tog‘+ga=tog‘ga.
Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi mumtoz adabiyotda –a, -na tarzida ham uchraydi: yorima, qo‘lina. Eski o‘zbek tilida bu kelishik qo‘shimchasining –ru,–garu, -karu, -qaru, -g‘aru shakllari ham bo‘lgan (2; 108).
O‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasi o‘rin-joy otlariga qo‘shilsa, qaerda? so‘rog‘iga javob bo‘lib, o‘rin holi bo‘lib keladi: shaharda o‘qiydi. Bu qo‘shimcha payt otlariga qo‘shilganda, qachon? so‘rog‘iga javob bo‘lib, payt holi vazifasini bajaradi: qishda o‘tkaziladi. O‘rin-payt kelishigining qo‘shimchasi shaxs va narsa otlariga qo‘shilsa, kimda?nimada? so‘roqlariga javob bo‘lib, to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi: ukasida bor,aravada tashidi. Bu kelishik shaklidagi otlar ko‘pincha gap oxirida kelib, ot-kesim vazifasini ham bajarishi mumkin: Hammagapotasida.
Jo‘nalish va o‘rin-payt kelishigidagi otlarhambelgili (qo‘shimchali) va belgisiz (qo‘shimchasiz) qo‘llanishi mumkin: Andijon(ga) ketdi, tong(da) esgan shabada.
Chiqish kelishigi qo‘shimchasi o‘rin-joy otlariga qo‘shilsa, qaerdan? so‘rog‘iga javob bo‘lib, o‘rin holi bo‘lib keladi: Toshkentdan keldi. Bu qo‘shimcha payt otlariga qo‘shilganda, qachon? so‘rog‘iga javob bo‘lib, payt holi vazifasini, mavhum otlarga qo‘shilib sabab holi vazifasini bajaradi: tongdan (qachon?) boshlandi, sevinchidan (nega?) yig‘ladi. Chiqish kelishigining qo‘shimchasi shaxs va narsa otlariga qo‘shilsa, kimdan?nimadan? so‘roqlariga javob bo‘lib, to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi: do‘stidan so‘radi. Bu kelishik shaklidagi otlar ko‘pincha gap oxirida kelib, ot-kesim vazifasini ham bajarishi mumkin: Pul otasidan.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling