University of economics and pedagogy


Download 26.02 Kb.
bet1/2
Sana03.12.2023
Hajmi26.02 Kb.
#1798588
  1   2
Bog'liq
Mustaqil ish (2)


“University of economics and pedagogy”
iqtisodiyot yo’nalishi 1-bosqich (47-23) talabasi
Bakirova Nargizaning
iqtisodiy ta’limotlar ta’rixi fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Qadimgi dunyodagi iqtisodiy ta’limotlar.

Tayyorladi: Bakirova Nargiza


Tekshirdi: Xusanboy Nosirov

Reja:


  1. Qadimgi Osiyodagi iqtisodiy g’oyalar.

  2. Qadimgi Yunonistondagi iqtisodiy ta’limotlar.

  3. Qadimgi Rimdagi iqtisodiy g’oyalar.

Iqtisodiy fan manbalarini avvalo jahon tsivilizatsiyasining beshigi bo'lgan qadimgi Sharqdan izlamoq mantiqan to'g'ridir. Iqtisodiy g'oyalarning shakllanishi insoniyatning paydo bo'lishi bilan boshlangan. Ammo hozirgi paytda qo'lyozmalarda aks ettirilgan g'oyalargina tahlil qilingan. Shu sababli iqtisodiy ta'limotlar tarixi quldorlik jamiyati, aniqrog'i, xususiy mulk paydo bo'lishi bilan boshlanadi, deyish o'rinlidir.


Dastlab quldorlik jamiyati Sharqda sinfiy ajralish boshlangan joylarda, Mesopotamiya (Tigr va Efrat daryolari òralig'ida) va Misrda eramizdan avvalgi IV ming yillikda yuzaga keladi. Bunga asosiy sabab shuki, bu erda texnologik inqilob ro'y berdi, metall qurollar ishlatila boshlandi, qishloq xo'jaligida intensiv, ko'p hollarda sug'orma dehqonchilikka o'tildi, shu asosda nisbatan turg'un qo'shimcha mahsulot olish imkoni tug'ilgan. Oqibatda jamiyatda mehnat taqsimotini rivojlantirishga, ko'pgina hunarmandchilik sohalarining ajralib chiqishiga, sinfiy tabaqalanishga turtki bo'ldi.

Eramizdan avvalgi XVlll asrda Bobil (Vavilon) da (m.a.1792-1750 yy.) podsholik qilgan Xammurapi ba'zi manbalarda Xammurabi) qonun to'plamlari (jami 282 ta) diqqatga sazovor (m.a.1760 y.). Toshga uyib yozilgan muhim va qadimiy, tarixiy hujjatni tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, mavjud davlat sinfiy va sotsial jihatdan ancha mukammal ajralgan. Biz uchun ayniqsa mulkchilik va unga egalik shakllari muhimdir. Qonunda “kuchliar zaifroqlarni cheklamasligi kerak” degan qoida bor. Masalan, qarzdorligi uchun podsho jangchilari va boshqa aholining erlarini sotish yoki tortib olish man etilgan. Sudxo'rlik faoliyati cheklangan, uning miqdori pulda 20, mahsulotda 33 foizdan ortiq bo’lmasligi kerak.


Qadimgi Hindistonning “Manu qonunlarixda (m.a. IV-lll așrlar) ijtimoiy mehnat taqsimotining, hukmronlik va bo'ysunish institutlarining mavjudligi aytiladi Hindistondagi iqtisodiy g'oyalarni aks ettiruvchi qadimgi yodgorlik Artxashastra” (m.a. iV-lll asrlar oralig'ida)dir Bu qadimiy va muhim tarixiy yodgorlikdir (u Chandragupta - podsholigi davrida podsho maslahatchisi Kautile Bishnugupta tomonidan yozilgan degar fikr bor), Unda qulchilikni mustahkamlash asosiy vazifa qilib qo'yilgan. Qulchilik eng past tabaqalarga xos narsa deb sanaladi. Bu asarda “buyumning qiymati” muammosi ko'tarilgan, qiymat miqdori ish kunlari” bilan belgilangan, Rag’batlantirish esa mehnat natijalariga mos ravishda belgilanishi kerak, deyilgan.
Qadimgi Xitoydagi iqtisodiy g'oyalar m.a. VI-III asrlarda shakllangan. Bu g'oyalar Xitoydagi muhim iqtisodiy o’zgarishlar davriga to'g'ri keladi. Temir qurollar tufayli dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topdi, tovar-pul munosabatlari o'sdi, savdo-sotiq kuchaydi. Sinfiy munosabatlar keskinlashdi. Shu sharoitda konfutsiylik ijtimoiy, ahloq va huquq doirasida tabiiy huquq nazariyasini ilgari surdi. Mamlakatdagi aristokratiya va xalq o'rtasida vujudga kelgan quldorlik va xususiy mulk himoya qilinadi. Konfutsiy buyuk jamoa mulkix (dehqonlar jamoasi) va xususiy egalik (quldorlar mulki)ni farqlaydi, so'nggisini ko'proq qo'llaydi. Jamiyatning turli qatlamlari Hudo tomonidan belgilanganligini ta'kidlaydi va uni tabily hol, deydi. Boylikning manbai U mehnat bo'lib, hokimlar boyligi xalq boyligiga asoslanadi. U xalq hisobiga quldorlar boyligi ortishi tarafdori edi, xalqni ko'proq ishlab, kamroq iste'mol qilishga chaqirdi.

Qadimgi Gretsiya (Yunoniston) da ijtimoiy- iqtisodiy hayotning hamma jabhalarida “Quldorlik"- bevosita ishlab chiqaruvchilarni ekspluatasiya qilishning asosiy shakliga aylangan edi. Ishlab chiqarish asosan quldorlik munosabatlariga asoslanib olib borildi, qul asosiy ishlab chiqaruvchi kuch hisoblangan Dastlabki iqtisodiy g'oyalar Gomerning “liada” va “Odisseya” poemalarida aks ettirilgan bo'lib, iqtisodiyotning natural xo'jalik konsepsiyasi ilgari surilgan. Yunon shoiri Gesiad (m.a.8-7 asrlar)ning “Mehnat va qonunlar” asarida boylikning kuchi, hokimiyati aks ettirilgan. U dehqonchilikni ulug'laydi, bu sohada qisman qullar mehnati ham ishlatilgan. U davrda oddiy xalq orasida mehnat ancha qadrlangan. Qulchilik ofatining bosib kelayotganligidan xavfsiragan shoir go'yoki ilgari hukm surgan “oltin asr”, ijtimoiy jabr va og'ir jismoniy mehnatga ehtiyoj bo'lmagan davrni ham yoritgan.


Aristotel uchun ideal (bekam-u ko'st) xo'jalik -bu uncha katta bolmagan dehqonchilik xo'jaligi (unda albatta qular ishlagan) bo`lib, u deyarli kerakli barcha mahsulotni yaratuvchi (natural xo'jalik) bo’lishi shart edi. Ayrim yetishmagan narsalarni esa qo'shnilardan “odil almashuv” asosida olish kerak Bu olimning xizmati shundaki, u birinchilardan iqtisodiyotning ayrim kategoriyalarini berdi va ma'lum darajada ular o'rtasidagi o'zaro bog’lanishni aniqladi. Aristotelning iqtisodiy tizimi bilan A.Smitning “Xalqlar boyligi” asaridagi fikrlar hamohangligini Aristotel ko'rish, qiymat qonunining hosil bolishi mexanizmini tushunish mumkin.
M.a. lll asrda Qadimgi Rim (hozirgi Italiya) da quldorlik munosabatlari o'zining eng yuqori cho'qqisiga ko'tarilgan edi. Rimning boshqa yerlarini bosib olish uchun olib borgan urushlari tufayli yirik imperiya yuzaga keldi, ko'plab qabila va xalqlar qullikka mahkum etildi. Asosan asirlardan iborat bo'lgan qullarning ahvoli Gretsiya qullarinikidan og'irroq bo'lgan yana bir o'ziga xos xususiyat shundaki, agar Gretsiyada qullar ko'proq hunarmandchilik va savdoda ezilgan bo'lsa, Rimda qullar asosan qishloq xo'jaligida ekspluatasiya qilingan. Ishlab chiqarishning quldorlik usulidagi qarama- qarshiliklar shu yerda eng keskin tus oldi va oxir-oqibatda halokatning paydo bo'lishiga olib keldi.


Download 26.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling