Unumdorligi G= 35000 kg/soat bo‘lgan S5 va yuqori bo‘lgan uglevodorodlarni izomerlash va yuqori oktan sonli benzin ishlab chiqarish qurilmasini moddiy va issiqlik xisoblarini bajaring. Asosiy qurilma reaktor


Xom-ashyo mahsulotlarining tavsifi


Download 57.35 Kb.
bet2/10
Sana15.02.2023
Hajmi57.35 Kb.
#1200702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ergashev Shaxzod MSTЕe

2. Xom-ashyo mahsulotlarining tavsifi.


Neft o’ta muhim yonilg’i-energiya manbai bo’lib, benzin, kerosin yonilg’isi, mazut, moylash materiallari va bitumlarni olishda asosiy xom ashyo sifatida ishlatiladi. neft konlari yer bag’rining turli chuqurliklarida, ayrim jinslar orasidagi bo’shliqlarni to’ldirgan holda bo’ladi.
Neft – tiniq qo’ng’irdan qora ranggacha bo’lgan, ba’zan och malla rangli bo’lib, o’ziga xos yoqimsiz hidli, moysimon suyuqlik.U suvdan biroz yengil. Zichligi 750 kg/m3 dan 970 kg/m3 gacha. Neft tarkibida parafin, naften, aromatik uglevodorodlar bo’ladi.Neft turli uglevodorodlar aralashmasi bo’lgani uchun uning aniq qaynash temperaturasi bo’lmaydi. 50 C dagi qovushqoqligi 1.2-55 mm2 /s , solishtirma issiqlik sig’imi 1.7-2.1 kj/kg*k; yonish issiqligi 43.7-46.2 mj/kg ga teng. Neft organik erituvchilarda eriydi, amalda suvda erimaydi, lekin suv bilan turg’un emulsiya xosil qiladi.
Neft tarkibida parafin, naften va aromatik uglevodorodlar bo`ladi, uglerod 82—87%, vodorod —11,5—14,5%, oltingugurt 0,1—5,5%ni tashkil etadi. Bundan tashqari, vanadiy, nikel, kalsiy, magniy, temir, alyuminiy, kremniy, natriy kabi 20 dan ortiq elementlar, 5% gacha har xil aralashmalar —naften kislotalar, asfalt-smola moddalar, merkaptanlar, vodorod sulfid, tiofen va tiofanlar, disulfidlar, piridin, piperidin va b. mavjud. Neft. tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab kam oltingugurtli (0,6% gacha), oltingugurtli (0,6—1,8%) va ko`p oltingugurtli (1,8%dan ortiq) sinflarga bo`linadi.
Neftning rangi qancha och bo’lsa, uning zichligi shuncha kam, oquvchanligi esa katta bo’ladi. Neft zichligi bo’yicha uch turga bo’linadi : yengil neft (0,65–0,87 g/sm³), o’rtacha neft (0,871–0,910 g/sm³) va og’ir neft (0,910–1,3 g/sm³).Yonish issiqligi 43,7–46,2 m/kg (10400–11000 kkall/kg).
Neft uglerod va vodorod atomlarining turli nisbatlaridagi murakkab aralashmasidir. Uning elementar tarkibi quyidagicha bo’ladi: 83–87 % uglerod, 11–14 % vodorod, 0,1-1,2 % kislorod; 0,02–1,7 % azot va 0,01-5,5 % oltingugurt. Tarkibiy qismlarining o’xshashligiga qaramay, turli joydan olingan neftlarning fizikaviy va kimyoviy xossalari har xil bo’ladi.
Neftni qayta ishlashning fizikaviy va kimyoviy usullari mavjud. Suyuq yonilg’ining asosiy qismi neftni to’g’ridan-togri haydash, ya’ni fizikaviy usul asosida yoki termik qayta ishlash, ya’ni kimyoviy usul asosida olinadi. Neftni to’g’ridan–to’g’ri haydash. To’g’ridan–to’g’ri haydashda odatda, quyidagi distilyatorlar olinadi: avtomobil, aviatsiya benzinlari va turli eritivchilar olishda ishlatiladigan benzin distilyatorlari, reaktiv yonilg’I, kerasin olinadigan kerosin distilyatorlari, dizel yonilg’isi olish uchun salyar distilyator va boshqalar.
20-asrning boshlarida neft hosil bo`lishining organik gipotezasi rivojlantirildi va cho`kindi jinslardagi sapropel (organik balchiq) bilan neft uzviy aloqada deb topildi. Bu gipotezaga ko`ra, neft ko`l va dengiz ostida cho`kindi jinslar bilan birga cho`kadigan har xil yirik hayvonlar (qadimgi ixtiozavrlar, kitlar va kashalotlar) dan tortib planktonlargacha bo`lgan jonivorlar va o`simlik qoldiqlaridan hosil bo`lgan. Dengiz va ko`l tubida yig`ilgan organik moddaning bir qismi dengiz jonivorlariga oziq bo`lsa, bir qismi suvda erigan kislorod bilan oksidlanib yo`qolgan va organik moddaning juda oz (2—3% gacha) miqdori dengiz tubida loyqaga aralashib, unga qoramtir tus bergan. Loyqa ichida organik modda kislorodsiz muhitda anaerob bakteriyalar ta`sirida o`zgargan.Cho`kindi jinslar tarkibidagi sapropelning bir necha mln.yillar davomida o`zgarib neft hosil bo`lishi laboratoriya sinovlarida amaliy jihatdan o`rganilgan. Bunda Yer po`stining 1200—1500 m chuqurligidagi organik moddalarning murakkab molekulalari parchalanib, gazsimon, suyuq va qattiq uglevodorodlar ajralib chiqishi mumkin.
Tarixiy manbalarda Suriya va Iroqdan oqib utadigan Furot daryosining sohillarida mil.dan 4—6 ming yil avval, ikki daryo oralig`iga joylashgan Shumer davlati (hoz. Iroq)da, Bobilda, Qad. Misrda yunon va rimliklar idishlar yasashda, haykallarni bezashda, saroy va yo`l qurilishlarida, jasadlarni balzamlash va mumiyolashda Neft ishlatganliklari qayd etilgan. Neft.kuygan joyni, shish, revmatizm va teri kasalliklarini davolashda ishlatilgan. Yunon tabibi Gippokrat neft bilan tayyorlangan dorilar tarkibini, italiyalik mashhur sayyox. Marko Polo (1254—1324) Kavkazda "er moyi" borligini, undan yonilg`i sifatida foydalanish va tuyalarni davolashda ishlatish mumkinligini yozib qoldirganlar. Kadimgi.sharqda neftdan harbiy maqsadlarda ham foydalanganlar. Shuningdek, mil.av. 331 y. neftdan Genuya (Italiya) ko`chalarini yoritishda foydalanganliklari ma`lum. Neft chiqarish qadim zamonlardan ma`lum.Mil. av. Kissiyada neft quduklardan chiqarilgan. Midiya, Bobil va Su-riyada N. ochiq suv havzalari yuzidan yig`ib olingan. O`sha davrda yerni bur-g`ilamasdan yer yoki suv yuzasidagi, qudukdardagi tayyor neftni yig`ib olganlar. 15-asrda Italiyada neftli qumtosh va ohaktoshlarni qizdirib va siqib neft olingan. 1868 y.da Qo`qon xonligida ko`ldan ariqlarda oqib chiqadigan suv yuzasidan neft yig`ib olingan; buning uchun ariqlarga ostidan suv o`tadigan, yuzida esa neft yig`iladigan to`siq qilingan. 17-asrda Bokuda quduqlardan neft chiqarilgan. Bunday quduqlarning chuqurligi 27 m gacha bo`lib, devorlari toshlar yoki yog`ochlar bilan mustah-kamlangan.O`zbekistonda Neft chiqarish 1876 yildan boshlangan. Farg`onaning Qamishboshi qishlog`ida tadbirkor D. P. Petrov tomonidan 19-asrning 80-yillari boshida 25 metrgacha burg`ilangan 2 ta quduqning har biridan kuniga 10 pud (160 kg) gacha neft chiqarilgan.19-asrning 60-yillaridan neft burg`i quduqlari orqali chiqarila boshladi. 1865 yilda AQShda birinchi marta neft mexanik usulda (nasos yordamida) chiqarilgan. Bu usul 1874—95 yillarda Gruziya, Boku va Grozniydagi konlarda ham joriy etilgan. neftni burg`i kuduklari orqali chiqarish usuli, asosan, 20-a.ning 30-yillariga kelib ancha takomillashdi.Ba`zi olimlar Neftni tabiatdagi kimyoviy o`zgarishlar natijasida hosil bo`lgan deb hisoblaganlar. Bu haqda 2 qarama-qarshi fikr — anorganik va organik gipotezalar mavjud. Anorganik gipoteza asoschisi fransuz kimyogari M. Bertlo (1866)neft yer qarida karbonat kislotaning ishqoriy metallarga ta`siri natijasida, shunga o`xshash, D. I. Mendeleyev (1877) yer qa`riga sinish zonalari orqali tushgan suvning uglerodli metall (karbid) larga ta`siri natijasida hosil bo`lgan, degan fikrni bildirganlar.

Download 57.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling