Unumdorligi G= 35000 kg/soat bo‘lgan S5 va yuqori bo‘lgan uglevodorodlarni izomerlash va yuqori oktan sonli benzin ishlab chiqarish qurilmasini moddiy va issiqlik xisoblarini bajaring. Asosiy qurilma reaktor
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish
Download 57.35 Kb.
|
Ergashev Shaxzod MSTЕe
8.Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish.
Hozirgi kunda barcha ishlab chiqarish birlashmalarining katta quvvatga ega bo’lgan liniyalarini avtomatik ravishda masofadan turib boshqarishni talab etmoqda. Ko’p yillik tajribalar shuni ko’rsatadaki, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarni (A. B. T.) sanoat korxonalariga joriy etish ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdrini 5 – 7 % oshirish, zahira xom – ashyo miqdorini 20 – 25% qisqartirish, mablag’lar almashuvini 16 – 18% ga kamaytirishni imkonini berdi. Ishlab chiqarish korxonalarida avtomatlashtirilmagan boshqarish sistemalarining yaratishdan ishlab chiqarish birlashmalariga joriy etishdan asosiy maqsad iqtisodiy masalalarini o’z ichiga olgan ma’muriy boshqarish sistemasini ko’pgina emas, balki korxona ishini optimal rejalashtirish va operativ boshqarish texnologik qurilmani ish rejimlarini optimallashtirish, shuning kimyoviy texnologik jarayonlarni fazoviy o’zgarishlarini (bosim, harorat, sarf, sath va boshqalar) rostlash kabi muammolarni yig’indisini hal etishdir. Avtomatik – texnologik jarayonlarni, odamning bevosita ishtirokisiz boshqarishda nazorat – o’lcha asboblari, rostlagichlar va boshqa qurilmalrni qo’llashdir. Ishchilarning texnologik jarayonida ishtirok etish darajasiga ko’ra avtomatlashtirish quyidagi turlarga bo’linadi: Avtomatik nazorat – texnologik jarayonlarning hozirgi holati haqida operativ ma’lumot olish va uni qayta ishlash uchun kerakli bo’l’gan sharoitni ta’minlaydi. Avtomatik rostlash - texnologik jarayonning berilgan parametrlari avtomatik rostlagichlar yordamida saqlanadi. Bundan operatorlar avtomatik rostlash sistemasi (A. R. S.) ning to’g’ri ishlashini kuzatib turadi. Avtomatik boshqarish – texnologik jarayonlarni berilagn ketma – ketlikda avtomatik ravishda amalga oshirish hamda boshqarish obyektiga ma’lum ketma – ketlikda ta’sir ko’rsatishdir. Shu nuqtai nazardan ham olib qaralsa, avtomatlashtirish hozirgi davrning yutuqlari hisoblanadi. 21-10/600 - qurilmasida texnologik jarayon quyidagich avtomatlashtirilgan: K-1 kolonnasidagi yuqori va pastki qism harorati TIR-1 va TIR-3 orqali o’lchab boriladi. P-2 kolonnasidagi yuqori va pastki qism harorati TIRC-4 va TIRC-8 lar orqli nazorat qilinadi va P-3/1,2,3 dagi bug’ sarfi orqali sozlanadi. Sath LT-5 orqali o’lchanib NS-5 klapanidan avtomatik ravishda sozlanadi. Bosim esa PIRC-9 da o’lchanib NS-9 da chiqayotgan bug’ sarfini boshqarish orqali avtomatik sozlanadi. Kalonnalardagi bosim PIRC-13,14,15 orqali o’lchanib NS-13,14,15 dan chiqayotgan bug’ sarfini boshqarish orqali sozlanadi. E-2 dagi bosim PE-12 orqali nazorat qilinadi. E-1 dagi sath LIRC-15 orqali o’lchanib NS-15 dan chiqayotgan benzin sarfini boshqarish orqali avtomatik sozlanadi. P-4 dagi sath LT-11 orqali, bosim esa PE-10 orqali nazorat qilib turiladi. Xulosa qilib aytganda hozirgi kunda avtomatlashtirish texnalogiyani ajralmas qismiga aylangan. Chunki jarayonlarni avtomatlashtirish ishchi kuchi resurslarini tejashga, jarayonlarni xafsiz olib borilishiga maxsulot sifatini yaxshilanishiga va energiya resurslarini tejashga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Shu sababli jarayonlarni avtomatlashtiruvi yildan yilga rivojlonib bormoqda. O’ylaymanki kelajakda ko’plab ishlab chiqarish soxalarida, shuningdek neftni qayta ishlash soxasida ham jarayonlar ham to’la avtomatlashtiriladi.
Download 57.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling