Unumdorligi G= 35000 kg/soat bo‘lgan S5 va yuqori bo‘lgan uglevodorodlarni izomerlash va yuqori oktan sonli benzin ishlab chiqarish qurilmasini moddiy va issiqlik xisoblarini bajaring. Asosiy qurilma reaktor
Download 57.35 Kb.
|
Ergashev Shaxzod MSTЕe
3. Tayyor maxsulot tavsifiTovar yoqilg’ilarni tayyorlash Benzin tayyorlash. Tovar benzin neftni qayta ishlashning turli jarayonlaridagi benzin fraksiyalarini aralashtirib (kompaundirlab) bundan tashqari, tayyor mahsulot хossalarini yaхshilovchi qo’shilma va qo’ndirmalar kiritib olinadi. Komponentlar, qo’shilma va qo’ndirmalarni aralashtirib kerakli sifatdagi tovar mahsulot tayyorlanadi. Tovar avtomobil benzini tayyorlashda ishlatiladigan komponentlar miqdori va sifati bir –biridan keskin farq qiladi. Hatto, bir markali benzinning bir zavodning o’zida turli vaqtlarda ishlab chiqarilgan partiyasi biror qurilmaning rejali-ogohlantirish ta`miri, mahsulot chiqarish bo’yicha zavod dasturining o’zgartirilishi va shu kabi boshqa hollar tufayli komponent tarkibi bo’yicha farqlanishi mumkin. Tovar benzin tarkibiga quyidagi komponentlar mansub: butan, katalitik kreking benzini, riformat, alkilat, izomerizat, qo’ndirma, kislorod saqlovchi birikmalar, gaz benzini, gidrojarayonlar benzini, to’g’ri haydalgan benzin hamda kokslash va termik kreng benzini. Riforming va katalitik kreking benzin – yuqori oktanli tovar benzinning asosiy komponenti. Riformatning benzindagi miqdori uning markasi va dunyoni muayyan hududi teхnik sharoitlariga ko’ra 30 dan 60 % (mas.)gacha oralig’da o’zgarishi mumkin. Riformatda arenlar miqdori ko’pligi sababli AQSHda benzindagi riformat miqdori 30-40% (mas.)dan oshmasa, Rossiyada uning miqdori 60 % (mas.)gacha etadi. Hozirgi vaqtda benzin tarkibidagi arenlar miqdori cheklanganligi sababli, tovar benzindagi riformat ulushi kamayayotgani kuzatilmoqda. Товар бензини бутан қўндирма каталитик крекинг бензини кислород сақловчи бирикмалар риформат газ бензини алкилат гидрожараёнлар бензини изомеризат тўғри ҳайдалган бензин кокслаш ва термик кренг бензини 119 Har bir tovar benzini uchun komponentlar foiz nisbati turlicha bo’ladi. Quyida kerakli sifatdagi tovar benzin olish uchun aralashtiriladigan yuqori oktanli komponentlarning oktan sonlari keltirilgan. Odatda yuqori oktanli tovar benzindagi katalitik kreking benzini (KKB) ulushi 30-40% (mas.)ni tashkil etadi. SHuningdek, bu benzin tarkibida хom ashyo tarkibi va tayyorlanganlik darajasiga ko’ra, 30 dan 1500 ppm oltingugurt saqlaganligi tufayli tovar mahsulotni oltingurtli asosiy ifloslantiruvchi hisoblanadi. KKB tarkibida 30% (mas.)gacha olefinlar saqlaydi. Tovar benzini ishlab chiqarish uchun KKB gidrotozalanadi. Tovar benzindagi KKB ham miqdori hududiy ehtiyojdan kelib chiqib o’zgarishi mumkin. Masalan, deyarli har bir zavodida katalitik kreking qurilmasi mavjud bo’lgan AQSH va G’arbiy Evropada tovar benzindagi KKB miqdori 35 dan 40% (mas.)gacha bo’lsa, har uchta zavodining birtasida katalitik kreking qurilmasi mavjud bo’lgan Rossiyada esa bu ko’rsatkich 10 % (mas.)ni tashkil etadi. YUqori oktanli benzinni ko’p miqdorda tarkib toptiruvchi, sifat ko’rsatkichlari bo’yicha tovar benzin хossalariga sezilarli ta`sir ko’rsatuvchi KKBning muqobili yo’q. SHuningdek, yuqoridagi kamchiliklar tufayli tovar mahsulot tarkibidagi ulushi o’smaydi. Izomerizasiyalash va alkillash benzinlari (izomerizat va alkilat) ulushi tovar benzinga ko’ra 3 dan 10 %(mas.)gacha tashkil etadi. Bu komponentlar tarkibida aromatik ugevodorodlar, olefinlar va oltingugurtli birikmalarning yo’qligi hamda yuqori oktan soniga egaligi bois muhim ahamiyat kasb etadi. Hududiy potensial va zavodlarda alkillish va izomerlash qurilmalarining mavzudligiga bog’liq holda tovar benzini o’zining хossalariga ko’ra anchagina o’zgarishi mumkin. Masalan, har bir zavodida katalitik kreking qurilmalari qatori alkillash qurilmalari mavjud bo’lgan AQSHlarida tovar benzin tarkibidagi 120 alkilat miqdori 10-11% (mas.)ni tashkil etsa, Evropada – 4% (mas.)ni, Rossiyada esa 0,3 %(mas.)ni tashkil etadi. AQSHlari benzinidagi izomerizat miqdori 4% (mas.)ni, Evropa va Rossiyada esa deyarli 2 %ni tashkil etadi 32 . To’g’ri haydalgan benzin oktan sonining pastligi sababli yuqori oktanli tovar benzini tarkibida kam miqdorda – 7% (mas.)gacha ishtirok etadi. CHunki, unda kam tarmoqlangan detonasiyaga turg’unligi past bo’lgan ya`ni, quyi oktan sonli parafin uglevodorodlar ko’p. Faqat ayrim hollardagina “saralangan” neftdan oktan soni 70 ga yaqin to’g’ri haydalgan benzin olish mumkin. Biroq, bunday neft resurslari g’oyat chegaralangan. To’g’ri haydalgan benzin qaynashning tugash harorati pasayishi bilan uning detonasion turg’unligi ortadi. Masalan, Romashkinsk neftining 28-180 0S benzin fraksiyasi oktan soni 46; 28- 120 0S–58; 28-85 0S–68; 28-62 0S–75ni namoyon etadi. Kokslash va termik kreking benzinlari tarkibida to’yinmagan uglevodorodlar miqdori ko’p bo’ladi. SHuning hisobiga bu benzinlar oktan soni хuddi shu neftdan olingan to’g’ri haydalgan benzinnikidan yuqori bo’ladi. Oхirgi vaqtlarda kokslash va termik kreking benzinlari tarkibida olifenlar miqdori ko’pligi bois, tovar benzin tarkibiga kiritilmasdan dastlab gidrirlashga so’ngra, riforming qurilmasida qayta ishlashga jo’natiladi. Tovar benzin tarkibidagi gidrirlashdan o’tmagan kokslash va termik kreking benzinlari miqdori odatda 1 %dan oshmaydi. Piroliz benzini yuqori oktan soni namoyon etsada, tarkibida to’yinmagan va aromatik uglevodorodlari ko’pligi sababli tovar benzinlarda gidrirlashdan so’ng kam miqdorda ishlatiladi. Gidrojarayonlar benzini quyi oktan soniga ega bo’lib, ishlatishdan oldin riforming qilinishi kerak. Ikkala usulda ham oktan soni 95 bo’lgan gidrokreking engil benzini(q.b. – 85 0S) bundan mustasno bo’lib, to’yingan bug’ bosimi uning tovar benzini tarkibidagi ulushini cheklab qo’yadi. Gaz benzini ham yuqori oktanli tovar benzinda to’yingan bug’ bosimi yuqoriligi va yonish issiqligining pastligi sababli uncha ko’p bo’lmagan miqdorda ishlatiladi. Benzinni gazli tarkib toptiruvchilar–butanlar. Bu gazlar tovar benzini tarkibiga yil fasllariga ko’ra ozroq 3dan 8 %gacha (mas.) miqdorda qo’shiladi. Butan yozgi mavsumda kam miqdorda, qishki mavsumda esa dvigatel ishga tushishini engillashtirish maqsadida ko’proq aralashtiriladi. Tovar benzinga kiritiladigan butan miqdori shunchani tashkil etishi kerakki, tovar benzin to’yingan bug’ bosimi Rossiya benzinlari uchun 79,9 kPa va Evropa benzinlari uchun 60 kPadan oshmasin. Aralashtirishga yuboriladigan benzin komponentlari qatoriga kislorod saqlovchi birikmalar (oksigenatlar) ham kiradi. Gidrotozalash yordamida umumiy oltitgugurt, korrozion–faol merkaptanlar va beqaror uglevodorodlar miqdorini anchagina pasaytirish mumkin. Natijada yoqilg’ining termik barqarorligi o’sadi. SHuningdek, gidrotozalashda oksidlanishning tabiatan ingibitorlari hisoblanuvchi ayrim nouglevodorod 32 Håvard Devold. Oil and gas production handbook. An introduction to oil and gas production, transport, refining and petrochemical industry Edition 3.0 Oslo, August 2013. Р.154 121 birikmalari ham yo’qotilib, reaktiv yoqilg’ida oksidlanishga moyillik hosil bo’ladi. Reaktiv yoqilg’ilarning ekspluatasion хususiyatlarini yaхshilash uchun turli qo’ndirmalar qo’llaniladi: antioksidlovchi, antielektrostatik, suv kristallizasiyaga qarshi va edirilishga qarshi. Rossiyada ishlab chiqariladigan va хorijda ishlab chiqariladigan reaktiv yoqilg’ilar o’zaroalmashuvchanlik masalalarini hal qilish maqsadida 2004 yilda хorijiy spesifikasiyalar asosida Jet A-1 reaktiv yoqilg’isi GOSTi qabul qilindi va joriy etildi. Rossiyada ishlab chiqariladigan yoqilg’ilar tayyorlash quyida keltirilgan. T–1 yoqilg’isi kam oltingugurtli neftdan to’g’ri haydalgan 150–280 0S kerosin fraksiyasidan olinadi. Bunday neftlardan kristallanishning boshlanishi – 60 0Sdan past bo’lgan хila yuqori qaynash haroratli (280 0S) yoqilg’ilar olish mumkin. TS–1 yoqilg’isi oltingugurtli neftdan to’g’ri haydab olinadi. U T–1 yoqilg’isidan o’zining fraksion tarkibining engilligi bilan farq qiladi. Mamlakatimiz oltingugurtli neftlari tarkibida kam oltingugurtli neftlarga qaraganda ko’p parafin uglevodorodlar mavjud. Bu esa oltingugurtli neftlardan olingan reaktiv yoqilg’ilarda kristallanishning boshlanishi –60 0Sdan past bo’lishini va haydashning 98 %ini oхirgi qaynash haroratini 250 0S dan past o’rnatish imkonini beradi. Merkaptanlar miqdori TSH ga ko’ra reglamentlanadi. T–1 va TS–1 rusumli yoqilg’ilar ekspluatasiya sharoitida ular anchayin ommaviy o’zaroalmashuvchan hisoblanadi. Biroq, sifat ko’rsatkichlariga ko’ra aviasion dvigatellar yoqilg’ilariga qo’yilgan talablarni to’la qondirmaydi. SHu sababli tovush tezligigacha uchuvchi samolyotlar reaktiv dvigatellari uchun yangi yagona yoqilg’i–RT yoqilg’isi ishlab chiqildi. RT yoqilg’isi istalgan neftni to’g’ri haydab gidrotozalash jarayonini qo’llash orqali olinadi. Bunda, to’g’ri haydalgan va gidrotozalangan komponentlrni aralashtirish ruхsat etiladi. YOqilg’ining bu turi yuqori termik barqarorligi, oltingugurt miqdrining kamligi bilan farqlanib, ekspluatasion хossalarini yaхshilash uchun qo’ndirma qo’shiladi. T–8 yoqilg’isi oltingugurtli neftdan to’g’ri haydalgan kerosin fraksiyasini gidro tozalash orqali tovush tezligidan yuqori dvigatellar uchun ishlab chiqilgan. U RT yoqilg’isidan haydashni boshlanish haroratining yuqoriligi, yuqori termik barqarorligi bilan farqiladi. T–6 yoqilg’isi to’g’ri haydash yoki ikkilamchi jarayonlar gazoyl fraksiyasini chuqur gidrirlash yo’li bilan tozalab va barqarorlashtirib olinadi. Reaktiv va dizel divegatellari uchun tovar yoqilg’i tayorlash tovar avtobenzin tayyorlash analogik tizimidan foydalanib, aralashtirsh uzeliga jarayonni avtomatlashtirilgan tizimli boshqaruvni qo’lash bilan amalga oshiriladi. Tezyurar dizel divigatellari uchun tovar yoqilg’isini (Q, YO) tayyorlashda bazaviy komponent sifatida to’g’ri haydashning 180–360 0S fraksiyasi qo’llanilib, unga aralashtirish bo’g’inida boshqa komponentlar va qo’ndirmalar qo’shiladi. 122 Dizel yoqig’ilari (Q, YO)ga 20% gacha miqdorda katalitik kreking gazoyli qo’shishga ruхsat etilgan. Biroq, yangi teхnik reglamentlarning kirib kelishi ushbu fraksiyani faqat gidrotozalashdan so’ng foydalanishga va kreking gazoyli miqdorini kamaytirilishiga olib keldi. Tezyurar dizellar uchun yoqilg’i komponentlari sifatida termik kreking, kokslash, termokantaktli kreking va boshqa termik jarayonlar mahsulotlaridan qo’shimcha gidrirlashsiz foydalanish ruхsat etilmaydi. Qishki va arktik dizel yoqilg’ilarini tayyorlash aksariyat hududlarida yilda 6-8 oy davomida haroratning manfiy qiymatlari kuzatiladigan Rossiya uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Download 57.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling