Unumdorligi G= 35000 kg/soat bo‘lgan S5 va yuqori bo‘lgan uglevodorodlarni izomerlash va yuqori oktan sonli benzin ishlab chiqarish qurilmasini moddiy va issiqlik xisoblarini bajaring. Asosiy qurilma reaktor


Download 57.35 Kb.
bet1/10
Sana15.02.2023
Hajmi57.35 Kb.
#1200702
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ergashev Shaxzod MSTЕe


Unumdorligi G= 35000 kg/soat bo‘lgan S5 va yuqori bo‘lgan uglevodorodlarni izomerlash va yuqori oktan sonli benzin ishlab chiqarish qurilmasini moddiy va issiqlik xisoblarini bajaring. Asosiy qurilma reaktor.
MUNDARIJA
bet

  1. Kirish…..........................................................................................................3

  2. Xom - ashyo mahsulotlarining tavsifi.............................................................8

  3. Tayyor mahsulot tavsifi...................................................................................11

  4. Jarayonning fizik - kimyoviy asoslari............................................................15

  5. Texnologik sxema bayoni...............................................................................16

  6. Texnologik hisob…………………………………………………………….21

6.1 Moddiy va issiqlik hisobi...............................................................................21

  1. Asosiy jihozning bayoni ................................................................................23

  2. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish....................................................25

  3. Mehnatni va atrof-muhitni muhofaza qilish...................................................28

10.Xulosa............................................................................................................31
11.Adabiyotlar.....................................................................................................33

.

1.Kirish


1. NEFT VA GAZ TO‘GRISIDA UMUMIY MA'LUMOTLAR.
1.1. NEFT VA GAZNING DUNYO MIQYOSIDAGI O‘RNI.
Xozirgi zamon iqtisodiyotida energiya resurslari etakchi ro‘l o‘ynaydi. Xar bir davlat ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishi energomanbalarni ist'emol qilish darajasi bilan o‘lchanadi. Butun dunyoda qazib olinayotgan foydali qazilmalarning 70% i energya manbalari xisoblanadi. Energomanbalarning asosiy turlari: ko‘mir, neft, tabiiy gaz, gidro va yadro energyasidir.
Neftni bundan ko‘p qazib chiqarish va ishlatish uning resurslarining (zaxiralari) XXI asr oxirida tugashiga olib kelishi mumkin.
Xozirda neftning energiyaning asosiy manba bo‘lib qolganligi uning iqtisodiy va siyosiy mavkeini oshirdi. Neft zaxiralarining borligi va uni eksport qilish mumkin ekanligi, neftga boy davlatlarning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotida juda katta ro‘l o‘ynamoqda.
Neftning dunyo bozoridagi bahosi oxirgi yillar ichida barqaror o‘sib bormoqda va 2004 yilga kelib 1barel (159 l) neft 50 dollardan sotildi.
Avvallari neftni baholashni xalqaro neft karteli boshqarar edi. 1960-yilda 1m3 neftni 22 dollardan xarid qilinib, iste'molchilarga qimmatga sotilar edi.
Neft qazib chiqaruvchi rivojlanayotgan davlatlar birlashib, uzlarining eksport qiluvchi (Organization of Petroleum Exporting Countres, OPEC) OPEC tashkilotini tuzdilar. Tashkilot rasman Venesuella tashabbusi bilan tashkil etilgan. Bu tashkilot neftni qazib olishni va a'zo mamlakatlarning neft eksporti siyosatini muvofiqlashtiradi xamda a'zo mamlakatlar manfaatlarini ximoya qiladi.
Xozirgi vaqtda yoqilg‘ining bu turlari jaxonda energiyaga bo‘lgan extiyojning 70-75% ini qondiryapti. Neft va gazni qazib chiqarishni ko‘paytirish evaziga energiya iste'mol qilish ortib bormoqda. Yer qurrasida neft zaxiralari 250-300ta xududda mujassamlashgan bo‘lib, bu zaxiralar xozirgi vaqtda 95,0 mlrd. tonnadan ziyodroqdir. Neft konlari ishga tushirilgandan buyon (1850-yildan 1990-yilgacha) esa yer qa’ridan 50 mlrd. tonnadan ortik neft qazib chiqarildi.
Neft va tabiy gazning yirik zaxiralari O‘zbekiston xududida xam joylashgan: (Qashkadaryo viloyati, Farg‘ona voxasi) bu yerlarda o‘nlab million tonna neft va o‘nlab mlrd. m3 gaz bor. Neftning umumiy miqdori bundan xam ko‘p bo‘lishi mumkin, lekin uning ko‘p zaxira konlari aniqlanmagan.
Sanoatda sarflanayotgan kapital mablag‘larning uchdan bir qismiga yaqini respublika energetika resurslarini rivojlantirishga ketmoqda. Respublikada neftni qayta ishlash va neft maxsulotlariga bo‘lgan extiyojni qondirish borasida juda katta ishlar olib borilmoqda.
MARKAZY OSIYODA NEFTNI QAYTA ISHLASH SANOATINING O‘SISHI VA BUGUNGI RIVOJLANISHI

Markazy Osiyoda qadim zamonlaridayoq neftdan foydalanib kelingan. Neftning o‘ziga xos o‘tkir xidi tufayli undan qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda foydalanilgan.


Neftning o‘simlik va xayvon organizmlarini chirishdan saqlashi ham ma'lum bo‘lgan. Shuning uchun xam neft va uni qayta ishlash Markazy Osiyo sanoatining eng qadimiy tarmoqlaridandir. 1826-yilda – Shelekonda 1,7 ming tonna neft kazib chiqarilgan. 1913-yilda esa 129 ming tonna neft qazib chiqarilgan. XIX asr oxirlarida Farg‘ona vodysida (Shimyon konida) neft qazib chiqarish boshlangan. 1913-yilda bu erdan 13 ming tonna neft chiqarilgan. Neftni qayta ishlab, kerosin olish maqsadida 1904-yilda Markazy Osiyoda birinchi Vannovsk, xozirgi Oltiariq neftni qayta ishlash zavodi qurilgan.
Respublikamizda qazib chiqarilgan neft yuqori sifatli bo‘lib, engil, parafinli, yuqori oktanli, benzinda oltingugurt miqdori kamdir. Neftni qazib chiqarish sanoati tez sur’atlar bilan rivojlana bordi. Farg‘ona vodiysida Polvontosh, Janubiy Olamushuk, Shaxrixon - Xujaobod neft konlari ishga tushirildi. 1950-yilga kelib O‘zbekistonda neft chiqarish 1 mln. 342000 tonnaga yetdi. Neft qazib chiqarishning ko‘payishi sanoat, transport va qishloq xo‘jaligining rivojlanishi neftni qayta ishlash sanoati oldiga quvvatini oshirish, neftni qayta ishlash jarayonini tezlashtirish, maxsulot xilini ko‘paytirish va sifatini yaxshilash talabini qo‘ydi.
Markazy Osiyo respublikalari va Janubiy Qozog‘iston xalq xo‘jaligi uchun katta miqdorda moylash materiallari va yonilg‘i talab qilina boshlandi. Bu extiyoj Ozarbayjon va Rossyadan maxsulot tashib keltirish evaziga kondirila boshlandi. Bu yerda avtobenzin, dizel yoqilg‘isi, kerosin va mazut bilan bir qatorda, qurilish va yo‘l qurilishida ishlatiladigan bitum, yonilg‘i va elektrod koksi, erituvchi modda va parafin ishlab chikarish o‘zlashtirildi. (quvvati yiliga 60mln. tonna neft bo‘yicha).
1.3. MARKAZY OSIYODA NEFTNI QAYTA ISHLASH SANOATINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Motor yoqilg‘isi va moylariga, bitum va koksga, mazut va suyo‘itirilgan gazga tez sur'atlar bilan o‘sib borayotgan extiyoj neftni qayta ishlash va neft - kimyo sanoati oldiga neft maxsulotlarini ishlab chiqarish xajmini, ularning sifatini yaxshilash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yuzasidan va respublikaning neft maxsulotlariga bo‘lgan extiyojini ichki rezervlar xisobiga oshirish yuzasidan ulkan vazifalar qo‘ymoqda.


Respublika neftni qayta ishlash sanoati shu extiyojlarni hozircha to‘la qondirmoqda. Yaqin vaqtgacha O‘zbekistonga motor yoqilg‘isining 69% i boshqa davlatlardan keltirilar edi. Yaqin yillar ishida O‘zbekistonda asosiy neft maxsulotlari ishlab chiqarish iste'mol xajmi darajasida ko‘payib bordi. Xozirgi kunda Farg‘ona va Oltiariq neftni qayta ishlash zavodlarida yiliga 8,6 mln. tonna neft qayta ishlanmoqda. 1996-yilda Buxoro NQIZ ishga tushdi /5 mln. tonna/ va respublika o‘zining extiyojini to‘la qondira boshladi. Yaqin yillar ishida Farg‘ona NQIZ mavjud quvvatlardan to‘la foydalanish xisobiga Markazy Osiyoni moylash materiallari bilan ta'minlaydi. Neft bitum ishlab chiqarish 1,5 baravar, neftni qayta ishlashning umumiy xajmida ikkilamchi jarayonlar salmog‘i 1,5 baravar ortadi. Xomashyoni katalitik krekinglash xajmi ikki baravar ko‘paydi. Gidrokreking jarayonlari joriy etildi. Neft kimyosi rivojlantirilmoqda.
2012-yilga kelib Uzbekistonning asosiy shaharlari; Toshkent, Andijon, Buxoro, Farg‘ona va Samarkanddagi avtomobillar etil eritmasi (to‘rt etil qurg‘oshin) qo‘shilmagan benzindan foydalanishadi, degan umiddamiz.
2014-yilgacha respublika shahar va qishloqlarining 78% i gazlashtirildi, kolganlari xam gazlashtirilmokda.


Download 57.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling