Unutamadım gitti♡
Download 0.63 Mb.
|
Unutamadım gitti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Unutamadım gitti♡
#frozen
2-qism. Darvozadan kirar ekanman .. boshimning balosi bo'lmish Elis dugonam yugurib kelib quchib oldi... u bilan 1-kursda dugona bo'lganmiz . O‘rtada bo‘lgan kanikulda ham meni hech tinch qo‘ymadi joni sog‘ bo‘lsin . U ham menga o'xshagan oppoq lekin sochlari qora va doim jingalak bo‘lib turadi . Bo‘yi deyarli men bilan teng . Bir aybi bor uni hisobga olmasam do‘stlikni maromiga yetkaza oladi ya‘ni doim betob bo‘lsam yoki muammo paydo bo‘lsa yonimda turadi .. Sir saqlashni ham eplay oladi.. Aybi esa juda ko‘p gapiradi .. haddan tashqari .. ko‘p. - voy Lyusi dugonajon seni shunchalik sog‘indimkiii.. - ha albatta ahir ko‘rishmaganimizga "ikki" kun bo‘ldi .. - hech o‘zgarmaysanda doim zahring gaping bilan qo'shilib ketadi deb kulib qo‘lidan ushlab xonalariga yo‘l olishdi .. Barcha kursdoshlar bilan salom-alik qilib chiqqach .. ikkinchi partaga o‘tirishdi. Hamma bir-birini sog‘inganidan suhbatlashib o'tirishardi . Qizlar ham 2 do‘sti bilan qizg‘in suhbat olib borishardi . Do'stlarining ismi Tomas va Jeyson edi. Ular yaqin do‘stlar edi . Har doimgidek Elis gap bermas edi.. E: - hammangizdan ko‘ra Lyusiyimni ko‘p sog‘indim deb yana qizni quchoqlab oldi. T: - ha adashmasam ikki kun avval telda gaplashganimizda ikkingiz birga edingiz.. E: - nima qilibdi shunga.. T: - nahot ikki kunda sog‘ingan bo‘lsang .. E: - albatta sog‘inamanda bu meni egizagimdek bo‘lib qolgan .. T : - ha .. Lyusi shukur qilsang bo‘ladi .. yaxshi ham Elis egizing emas... L : - nega unday deyapsan .. ? T: - bo‘lmasa qulog‘ingni qo‘lingga tutqazardi.. deb kuldi .. unga Jeyson va Lyusi ham qo'shildi.. Elis esa arazlab oldiga qarab oldi .. Shu payt honaga Rektor .. fan o'qituvchisi va ortlaridan bir yosh va juda did bilan kiyingan .. kelishgan yigit kirib keldi.. Uning aqldan ozdiradigan chiroyi va nigohi bor edi . Lekin o‘ta jiddiy qiyofada turardi . Huddi nimadandir hafa yoki norozidek.. Hamma qizlar undan ko‘z uzolmay qolishdi . Albatta bizni qahramonimizdan tashqari... Rektor ularni yangi o'quv yili bilan tabriklab omad tilab .. yigitni "yangi kursdoshingiz " deb tanishtirib chiqib ketdi .. Fan o‘qituvchisi yigitga qarab o‘zini tanishtirishini so‘radi.. Yigit yangi kursdoshlariga bir- bir qarab chiqib o‘zini tanishtira boshladi .. - Salom.. ismim Maykl .. Kecha shahringizga ko'chib keldim.. bu yerlik emasman . Avvalgi o‘qishimdan ayrim sabablarga ko‘ra bu yerga ko'chirildim .. yigit to‘xtab qoldi .. chunki bir qizga ko‘zi tushgan edi .. qiz umuman atrof bilan ishi yo‘q kitob o‘qib o'tirardi.. atrofdagi barcha qizlar uni jon qulog‘i bilan eshitib .. termulib o‘tirishar.. shu qizdan boshqa .. Yigit bundan asabiylashdi u o‘zicha.. " qiz uni mensimayapti hatto odam o‘rnida ko‘rmayapti " deb tushundi hozirgi holatni .. ♡Unutamadım gitti♡ Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling