Unutamadım gitti♡


Download 0.63 Mb.
bet39/39
Sana24.04.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1394405
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Unutamadım gitti

#frozen
47-qism.

Ikkisi uydan chiqib ketgach Lyusi eshikka suyangancha ikkala yengini sekin birma-bir ko‘tardi .. ikki bilagida qon qotib qolgandi .. Lyusiga hozir jon og‘rig‘i sezilmasdi. Alamli kulib .. biroz oldingi suhbatni esladi..


- Mayklni tinch qo‘y ..
- men uni allaqachon qinch qo'yganman.. ishon..
- yo‘q .. sen uni yana o‘zinga og‘dirib olish niyatida san.. Elis yig‘lab gapirdi..
- Elis men undan nafratlanaman.. uni menga qizig‘i yo‘q ..
- rostdanmi ..?
- ha ..
- yolg‘on .. Lyusi sen juda yomon san.. meni o'rnimga o‘zingni qo‘yib ko‘r .. sevganing bilan yaqinda to‘yingiz bo'lish arafasida .. ammo boshqasi orangizga tushayapti .. sevging .. baxting uchun kurashmasmiding.. faqat qalban javob qaytar ..
O‘sha inson tomon talpinsa qay ahvolga tusharding.. nima qilgan bo'larding..
Lyusi chindan bu holatni tasavvur qilib ko'rdi. Nima qilgan bo‘lardi .. shuni o‘ylab qarshisida alam va g‘azab aralash yosh to‘kib turgan dugonasiga qarab ..
- Elis .. meni kechir .. men xatoyimni tushunib yetdim .. ishon .. men buni albatta to‘g‘irlayman..

Shuni eslab turgan payt yana eshik taqillab qoldi . Lyusi tezda yengini tushirib .. sekin eshik oldiga bordi.


- kim bu
- men Jeysonman .
Qiz eshikni ochib .. biroz Jeysonga qarab turdi . Va uni mahkam quchib oldi..
- Jeyson .. sen hayotimda uchratgan eng .. yaxshi insonimsan.. eng yaxshi do‘st.. eng yaxshi dardkash.. eng yaxshi maslahatchimsan..
Yigit hayron ..
- Lyusi tinchlikmi ..? Nega birdan bu gaplarni aytib qolding..?
- o‘zim shunchaki .. soxta tabassum bilan ..
Jeyson qizga qarab turib..
- Lyusi .. bilaman senga hozir oson emas .. Sevgan insoning boshqasi bilan turmush qurayabdi.. ammo bunga endi ko‘nikishing kerak .. ortiqcha siqilish ruhingga qattiq ta'sir qilmasa deb qo'rqaman..
- to‘g‘ri aytasan .. endi o‘zimni ortiq qiynamayman .. deb yana sohta kulib qo‘ydi . Jeyson bunga o‘zini ishongandek ko‘rsatib ..
- mayli unda men boray .. hol so‘ragani kelgandim .. deb quchib hayrlashishdi. Endi yigit o'zini ortga olayotgan payt .. qiz yana ham qattiqroq quchib .. sekin qo‘yib yubordi ..
- rahmat senga Jeyson .. hamma hammasi uchun .. o‘zingni asra ..
- Lyusi sen men bilan vidolashayapsanmi..
- yo‘q bu nma deganing .. kulib gapirardi .. ammo ko‘zi yoshlanishni boshladi .. shunchaki aytdim .. ha yana men bir ish qilishim mumkin .. nimaligini so‘rama .. ( yigit endi savol bermoqchi bo‘lganida gapini bo‘ldi va iloji boricha o‘zini yig‘idan tiyib) lekin bu yaqin orada bo‘ladi .. ishon men bunga majburman .. o‘shanda mendan nafratlanma va hafa bo‘lma maylimi ..
- Sen qiz .. bugun juda boshqacha san
- menga so‘z ber
- ho‘p yaxshi so‘z beraman ..
- qani endi boraver .. deb kulib qo‘li bilan hayr ishorasini qilib kuzatib qo‘ydi. Jeyson mashinasiga hayron o‘tirdi va ketdi .. qayta uyga kirdi. O‘ychang atrofga qaradi .. bolalikda tushgan rasmlarini tomosha qilib chiqdi .. uyni har bir burchagini ko‘zdan kechirib chiqqach .. stolga joylashdi .. bu uyda .. bu shaharda o‘tgan hayotini yodga oldi .. shu jumladan qalbidan birinchi marotaba joy egallay olgan insonni ham . U bilan o‘tgan har lahzasini .. ham yig‘lab, ham kulib esladi .. va bir nuqtaga tikilib uzoq o‘ylanishdan so‘ng nihoyat..

- Elis haq .. endi Mayklni unutishim kerak .. buning uchun esa .. ( biroz sukunatdan so‘ng .. qat'iy) bu yerdan ketishim lozim .. ha shunday qilaman ..


Qisqacha: mana Lyusi aeroportdan chiqar ekan .. hayoli o‘sha shaharda qolgandi. Atrofni yoshlanishga ulgurgan ko‘zlari bilan tomosha qilar ekan .. past va titroq ovozda dedi - meni kechir ..
Hayotda biz kutmagan va hohlamagan hodisalar juda ko‘p bo‘ladi . Biz hammasiga tayyor turishimiz .. to‘g‘ri yo'lni tanlay olishimiz lozim . Bir gina xato va bari tamom. Baxtga erishishimiz ham o‘z qo'limizda.. uni qo‘ldan chiqarish ham.. albatta buni o‘zimiz bilmagan yoki hohlamagan tarzda qilamiz. Orzularimizni.... baxtimizni... yolg‘iz imkoniyatimizni... qo‘ldan chiqaramiz... bunga majbur bo‘lamiz ... so‘ngida esa jabrdida yana o‘zimiz ...

1- fasl
Tamom.
Sizlar bilan sevimli yozuvchingiz #frozen bo‘ldi.. Diydor uchrashguncha omon bo‘lingizlar ..♡♡♡
Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling